-man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari fe’lning munosabat shakllarida ham ismlarning munosabat shakllarida ham bor. Ularni qanday farqlaymiz?
J: Ushbu shakllar fe’lga qo’shilsa fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi. Ismlarga qo’shilsa ismlarning munosabat shakli hisoblanadi.
Masalan, Ertaga boraman – fe’lning munosabat shakli.
Men talabaman – ismlarning munosabat shakli
Ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi munosabat shakllari yana qanday nomlanadi?
J: bog’lamalar deb ataladi
Bog’lamalarga qaysi shakllar (qo’shimchalar) kiradi?
J: -man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari, bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlari kiradi.
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Gapda nechta ismlarning munosabat shakllari qo’llanilgan?
J: 3 ta. ( ning, i, ni)
Azizaning opasi nahotki talaba hisoblanadi. Gapda nechta ismlarning munosabat shakllari qo’llanilgan?
J: 3 ta ( ning, si, hisoblanadi)
Nima sababdan –im, -ing, -i … qo’shimchlari egalik qo’shimchalari deyiladi?
J: Chunki ular shaxs yoki narsani uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini, ya’ni egasi borligini bildiradi. ( kitobim – kitobning egasi I shaxs ekanligini –im egalik qo’shimchasi bildiryapti)
Onangiz judayaxshi ayol ekan. Gapda nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi ishtirok etgan?
J: II shaxs, birlik
Nima nomlariga qo’shilgan III shaxs egalik qo’shimchalari shaxsga qarashlilikni emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nolarini ifodalaydi.
J: viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlariga qo’shilgan
Bobur bog’i, Amir Temur maktabi, Toshkent shahri kabi so’zlardagi III shaxs egalik qo’shimchasi qanday ma’no ifodalayapti?