Tayyorladi: Oqoltin tumani 9-maktabning ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Eraliyeva Zilola 9 –SINF ADABIYOT FANI UCHUN SAVOL- JAVOBLAR 1.Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli bu …? So’z
2.Badiiy adabiyotning eng qadimgi shakli nima hisoblanadi? Xalq og’zaki ijodi.
3.Xalq og’zaki ijodining qaysi janri kuy bilan ijro etiladi. Qo’shiq ,doston
4.Badiiy adabiyot qanday turlarga bo’linadi? Lirik,epik,dramatik.
5.Shoir Faxriyor tongning otishini qanday tasvirlagan? ,,Tong o’rniga qayg’ular otar Kimni?,,
6.Azal ham sen,abad ham sen,na avval birla oxirkim, Anda yo’q ibtido paydo,munda yo’q intiho paydo. Ushbu misralar kimning qalamiga mansub? A.Navoiy.
7.Boybo’ri bilan Boysari kimning farzandi edi? Alpinbiyni.
8.,,Shoy’’ so’zining ma’nosi nima? Shoh
9.Biylar hafa bo’lib chupronga qancha tillani tashladilar? Sakson tillani
10.Biylar Shohimardon pirining ravzasiga yetish uchun necha kun yo’l yurdilar? Uch kun
11.Biylar ravzada necha kun tunab qildilar? Qirq kun
12.Boybo’rining farzandini ismi…? Hakimbek
13.Shohimardon piri kimning o’ng kiftiga besh qo’lini uradi? Hakimbekning
14.Boysarining farzandini ismi…? Oybarchin
15.Qaldirg’ochoyim kimning farzandi? Boybo’rining
16.Hakimbek,Qaldirg’ochoyim,Oybarchinlar maktabda necha yoshgacha tahsil oldilar? Yetti yoshgacha
17.Hakimbekni maktabdan chiqarib qanday ilmlarni o’rgatmoqchi bo’ladi? Shohlik,sipohlik ilmini
18.Oybarchinni maktabdan chiqarib olib unga qanday ilmni o’rgatmoqchi bo’ladi? Ko’kqamish ko’lida qo’y sog’dirish,chorvachilik ilmini
19. ,,Birinj’’ so’zining ma’nosi…? Bronza
20.Hakimbekning Alpinbiy bobosidan qolgan parli yoyining og’irligi qancha edi? O’n to’rt botmon