40,,.Qayqi tayoq’’ deganda nima nazarda tutiladi?
Egilgan,qiyshiq tayoq
41.Bobo, sir-u holim ma’lum qilayin,
Sendan endi bir dedovni so’rayin. Alpomish ushbu so’zlarni kimga aytadi?
Qultoyga
42.Alpomishga kimlar homiylik qilardi?
Shohimardon pir va qirq Chilton
43.Qalmoq yo’lidagi birinchi kechada charchab uxlab yotgan Alpomish ruhini Barchinniki bilan uchrashtirgan kim edi?
Chiltonlar
44.Alpomish cho’ponning qo’shxonasida yotib ko’rgan tushini yana kimlar ko’radi?
Barchin va Qorajon
45.Alpomish va Barchinoy ko’rgan tushini Qorajon qayerda ko’radi?
Kashal g’orida,to’qson qalmoqning ichida
46.Suqsuroy kim?
Barchinni kanizi
47. Barchin ko’rgan tushini kimga aytar edi?
Kanizi Suqsuroyga
48.Qorajon ,,Tepaning boshida Yusuf tal’atli,Rustam sifatli,chovkar otli birov yonboshlab yotibdi’’degan manzaraga qayerda duch kelardi?
Murodtepada
49.Qorajonni kim Oybarchinni huzuriga sovchi qilib yuboradi?
Alpomish
50.Qalmoqning yurtidan Barchinning poygasida qancha ot qatnashdi?
To’rt yuz to’qson to’qqiz ot qatnashdi
51.,,O’zbak ! Sen bunday boyni yo’g’onlik qilma, g’aribi go’riston bo’lib o’lma…’’ushbu so’zlarni Alpomishga kim aytadi?
Ko’kaldosh
52.,,kampir o’ldi’’ , ,,it irillar’’ bular qanday marosim?
To’y rasm- rusumlari
53.Folklorchi olimlarning aytishicha ,,Go’ro’g’li’’dostoniga qancha dostonlar kiradi?
Yuzdan ortiq
54.,,Alpomish’’ necha nusxadan iborat?
Qirqdan ortiq
55.,,Doston ‘’so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Forscha so’z bo’lib ,qissa,hikoya,sarguzasht,ta’rif ma’nolarini anglatadi.
56. Xalq dostonlari qanday turlarga ajratiladi?
1.Qahramonlik 2.Jangnoma 3.Romantik 4.Tarixiy 5.Kitobiy dostonlarga ajratiladi.
57.Dostonlardagi she’rlar necha bo’g’inli bo’ladi?
O’n bir bo’g’inli
Dostları ilə paylaş: |