67. Undalmalar gapning qaysi o’rinlarida keladi?
Gapning boshida,ichida va oxirida
68. Undalma o’zi qo’shilayotgan gapga qanday uslubiy ma’noni yuklaydi?
So’zlovchining tinglovchiga bo’lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarni ifodalaydi.
69. Undalmalar gapning o’rtasi va oxirida kelganda, qanday subyektiv munosabatlarni anglatadi?
Emotsionallik bo’yog’I ortiqroq bo’ladi.
70. Gapda kirishlar nima uchun xizmat qiladi?
So’zlovchining bayon qilinayotgan fikriga bo’lgan subyektiv bahosi, turli munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi,nutqning ifodaliligi,ta’sirchanligi,ekspressivligini ta’minlaydi.
71. Kirishlar nima sabab deyarli rasmiy uslubda qo’llanmaydi?
Ular mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun.
72. Kirishlar qanday birliklar shaklida bo’lishi mumkin?
Kirishlar alohida so’z, so’z birikmasi,gaplar yoki undan kata birliklar shaklida bo’lish mumkin
73. Kirishlar qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
Vergul, qavs ,tire
74. Kiritmalarning kirish so’zdan farqi qanday?
Kirishlar so’zlovchi fikriga munosabatni ifodalasa, kiritmalar esa so’zlovchining bayon qilinayotgan fikriga qo’shimcha izohi, to’ldiruvchi ma’lumotni ifodalaydi.
75. Kiritmalar asosan qaysi tinish belgisi bilan ajratiladi?
Qavs
76. So’zlashuv uslubida asosan qo’shma gapning qaysi turi ishlatiladi?
Bog’lovchisiz turi
77. Ilmiy va rasmiy uslubda qo’shma gaplarning qaysi turi ko’proq ishlatiladi?
Boglangan qo’shma gap
78. Tilning eng yirik birligi nima?
Matn
79. Iqtibos nima?
Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha
80. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo’lib,muayyan nutqiy qolip,qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllariga ega bo’lgan uslub qanday uslub?
Rasmiy uslub
81.Fikrning aniq va mantiqiy izchil bayon qilinishi qaysi uslubga xos?
Ilmiy uslub
Dostları ilə paylaş: |