10. J. Asar urush yillarida 14 ta bolani va urushdan so’ng 3ta bolani bag’riga olgan, ularga mehr–muruvvat ko’rsatgan, temirchi Mahkam otaning jasoratiga bag’ishlangan. Muallif chinakam insonparvarlikning yorqin ifodasini yirik epik planda tasvirlab bergan. Shu sababdan asar HAZRATI INSON deya nomlanishi ham bejiz emas.
Ijodiy matn 12. [20 ball] Javob:
BIZ SENI ASRAYMIZ, ONA TABIAT Biz 6-sinfda o‘qiymiz. Bir kuni ustozimiz tabiat qo‘yniga sayohatga olib chiqdi. Biz sinfimiz bilan “Botanika bog‘i”ga bordik. U yerda turli-tuman gullar, o‘simliklar daraxtlarni ko‘rdik. Ularni turlari bilan yaqindan tanishdik. Biz ham tabiatimizni asrab avaylash uchun, gullarni parvarishiga o‘z hissamizni qo‘shdik:
Gullarga suv quydik, tagini yumshatdik, begona o‘tlardan tozaladik. Bog‘dagi manzarali daraxtlarning to‘kilgan barglarni terib turli o‘yinlar o‘ynadik.
Sayohatimiz davomida bog‘ni asrash maqsadida u yerdagi to‘kilgan barglarni supirib, tozalab, o‘z hissamizni qo‘shdik. Sinfdoshlarimiz bilan turli xil suratlarga tushdik. Bir so‘z bilan aytganda sayohatimiz ajoyib va esda qolarli bo‘ldi.