6-sinf o‘quvchilari uchun”Adabiyot fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasini ishlab chiqish va namunaviy variant tuzish amaliy loyihasi



Yüklə 6,27 Mb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü6,27 Mb.
#196274
1   2   3   4
ADABIYOTNI TUSHUNISH 2

Baholash texnologiyasi.

Topshiriq

Ball

Topshiriq

ball

1

3

8

3

2

3

9

2

3

3

10

2

4

2

11

20

5

2

12

10

6

3







7

3

Jami

56



Ballni bahoga almashtirish jadvali

Ball

Baho

48-56 ball

5(a’lo)

34-47 ball

4 (na’munali)

25-33 ball

3 (qoniqarli)

0-25 ball

2( qoniqarsiz)


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI
UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMI” KAFEDRASI



BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH DARAJASINI BAHOLASH TIZIMI
(6-sinf uchun)


SAVOLLAR KITOBI

  1. Lirik asarni tushunish va tahlil qilish (5 ta topshiriq)

  2. Epik asarni tushunish va tahlil qilish (5 ta topshiriq)

  3. Ijodiy matn tuzish(1 ta topshiriq)

IV.Og‘zaki hikoya qilish (1 ta topshiriq)



  1. Lirikani tushunish va tahlil qilish (5-ta topshiriq)

JAYHUN SHAMOLLAR
Qayda yursam sogʻintirar,
Ona yurtim tomonlari.
Xayolimda sahar-sahar
Esar Jayhun shamollari.


Umr qisqa, manzil uzoq,
Yillar bizdan ketar yiroq.
Mangu qoʻshiq kabi guvlab,
Esar Jayhun shamollari.


El mehri soʻnmas yuzingdan,
Ulugʻ daryoyi azimdan.
Qoraqalpoq, Xorazmdan,
Esar Jayhun shamollari.


Ibroyim der el nafasi,
Jayhunning sirli sharpasi,
Umrimning boqiy sabosi,
Salom, Jayhun shamollari.
Ibrohim Yusupov

VАTАN
Dunyo kezib goʼzal-goʼzal yurtlar koʼrdim,
Jannatmonand oʼlkalarda hayron yurdim,
Аmmo, sendek yuragimga aziz bo‘lgan
Biror yurtni topolmadim, ona yurtim!
Men noningdan shirinroq non topolmadim,
Men nomingdan azizroq nom topolmadim,
Shoningdan ham yuksakroq shon topolmadim,
Tarixlarda nomi yuksak, ona yurtim!
Xoru xasing azizroqdir javharlardan,
Tuprogʼingning gardi laziz gavharlardan,
«Dunyo koʼrki menman» degan shaharlardan
Siqimgina xoking aziz, ona yurtim!
Istiqloling muʼtabardir onamdayin,
Bamisoli onam aytgan alladayin,
Аjdodlarim qoni tomgan daladayin,
Muqaddassan, mukarramsan, ona yurtim!
Xurshid Davron
Topshiriqlar:

  1. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan “Xoru xas” so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang. (3 ball)

  1. Mayda tikanak o‘t

  2. Somon parchasi

  3. Mayda chuyda xashak

  4. Mayda chuyda toshlar



  1. Har ikki she’r mazmuni uchun umumiy bo‘lmagan fikrni toping (3 ball)

  1. Ikki ijodkor ham o‘zga yurtlarda bo‘lgan.

  2. Tabiat ne’matlari Yuksak darajada ulug‘langan.

  3. Ona yurt ko‘rki tarannum qilingan.

  4. Vatan mustaqilligi ta’rif etilgan.



  1. Namuna asosida har ikki she’rdagi qo‘llangan badiiy tasvir vositalarini toping va tahlil qiling. (3 ball)

Badiiy tasvir vositasi

Qanday umumiy belgiga asoslangan

Mangu qoʻshiq kabi guvlab,
Esar Jayhun shamollari.
(O‘xshatish)

Qo‘shiq va shamolning tovushi
















  1. Nima deb o‘ylaysiz  Jayhun shamollari”she’rida nega shamol aynan Qoraqalpoq va Xorazmdan esyapti? (2 ball)

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. “Vatan “ she’rida shoir nimani “Ajdodlarim qoni tomgan daladayin”deb e’zozlaydi? (2 ball)

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­______________________________________________________

II. Epik asarni tushunish va tahlil qilish.(5 ta topshiriq)
HAZRATI INSON (romandan parcha)
Mahkamaka Chorsuga yetib kelganida choshgohga yaqinlashib qolgan edi. Samarqand darvoza tomon yurib, so‘rab-so‘rab, garang chol tushuntirgan bolalar uyini topdi. Sahni k eng hovlining o‘rtasidagi oynabandli katta bino, ichi odamlarga to‘la edi. Mahkamaka qatorasiga yonma-yon tushgan uylar oldida turgan bir-ikkita bolaga ko‘zi tushdi-yu, ulardan so‘rab ham turmay to‘g‘ri o‘sha bino tomonga yurdi. Eshikni ochib
ichkariga kirdi. Xonaning to‘ridagi qizil alvon yozilgan stol yonida ko‘krakburma ko‘ylak ustidan kiyib olgan kalta paxtaligining tugmalari yechik, shol ro‘molini yelkasiga tashlagan yoshgina juvon hayajonlanib, gapirib turardi: ...Xalqimizning bag‘rikeng, himmati zo‘r. Bolalar kelgandan buyon telefon orqali ham, o‘zlari kelib ham iltimos qilayotganlar ko‘p. Hammalari bag‘rimizga olamiz, otalik qilamiz, onasi bo‘lamiz deyishyapti. Mana, o‘zlaringiz... ...Ukrain bolasini bag‘rimizga olsak, qavm-qarindoshlarimizga quchoq ochgan bo‘lamiz. Rus o‘g‘lonini erkalasak, aziz do‘stlarimizga mehrimiz bo‘ladi. Moldovan go‘dagini voyaga yetkazsak, vatandoshimizning yarasiga malham qo‘ygan bo‘lamiz... Mahkamaka katta zalning o‘ng tomonida turgan odamlarga bir-bir qarab chiqdi. Chollar, juvonlar, kampirlar. Bir ayol oldinroqda turgan to‘rt yoshlar chamasidagi qizcha yoniga tiz cho‘kib o‘tirdi. Cho‘ntagidan g‘o‘lak turshak chiqarib unga uzatgan edi, qizning ko‘zlari jovdiradi-yu, olmay, yotsirab, birpas ayolga tikilib qoldi. Ayol turshakni qizning kaftiga solib qo‘ygandan keyingina ohista og‘ziga olib bordi. Nariroqda yana bir kampir cho‘ntagidan popuklik chiqarib, chap qo‘li bintlanib, bo‘yniga osib qo‘yilgan bolaga berdi. Bola popuklikni oldi-yu, o‘ng qo‘lini kampirning bo‘ynidan o‘tqazib, quchoqladi. Bularni kuzatib turgan Mahkamaka, qoq-quruq kelaverganidan koyindi. «Nima qilsa ham bola bola-da, shu yog‘ini o‘ylamabman-da. Mehrining ham xayoliga kelmaganini-chi...». Ish bilan bo‘lib, vaqt o‘tganini ham sezmagan Mehrinisa hayallab qolgan erini o‘ylab, do‘konxonadan chiqqan edi hamki, eshikdan bola yetaklab kirib kelgan erini ko‘rdi. Sanga o‘g‘il olib keldim, xotin,-dedi Mahkamaka va Vityaga «boribko‘rish» deganday imo qildi. Zdravstvuyte,-dedi Vitya Mehrinisaning oldiga borib. Izdirasti,izdirasti,-dedi tiz cho‘kib, bolaning ikkala qo‘lini kaftida siqarkan Mehrinisa,-voy-bo‘y.Muz-ku. Qani, yuraqolinglar. Tanchayam bozillab turibdi. Qorinlaring ham ochib ketgandir! O‘sha ertalabki choy bilan yuribman. Butun shaharni kezib chiqdim. Xotin, kelgan bolayam ko‘p, olaman degan undan ham ko‘p, ha, tavba. Vitya notanish tilda gaplashayotgan er-xotinga angrayib qolgandi. Mehrinisaning qulog‘iga gapkirmas, kavshandozda bolaning b otinkasini yechish bilan ovora edi. Katta, qo‘pol botinkaning bog‘ichi ulanaverib, tugun-tugun bo‘lib ketibdi. Mehrinisaning sabri chidamadi, qaychiniolib, qirqib-qirqib tashladi. Bir-ikki qiyqimini qo‘liga olgan Vitya hayron bo‘lib Mehrinisaga qaradi.Endi bog‘lab bo‘lmaydi-ku buni? Yangisini bog‘laysan, bolam. Botinkang ham katta shekilli? Katta bo‘lsayam butun-ku. Hammanikidan butuni o‘zimniki. Boshqalarniki yirtiqmidi?-Mehrinisa uning ko‘ngliga qarab gapiga

quloq solishga urinardi-yu, dilidan, «sho‘rliklar, ko‘nikib qolishgan shungayam», degan fikr kechardi. Seryojaniki poyezdda judayam yirtilib ketdi. Tagi ko‘chib tushdi. Men sim bilan bog‘lab berdim. Ajab qilibsan. Odam degan shunaqa o‘rtog‘iga qaraydi-da. O‘rtoq emasdi u menga. Kichkinalar otryadida edi-ku. Baribir qilib berganlarim bekor ketdi. Nega? Seryoja bomba tagida qoldi-ku. A? O‘ldimi? Butun vagon yonib ketdi. Botinkasiyam qolmagandir. Bir vagon dedingmi Ha. Bomba vizillab to‘g‘ri o‘sha vagonga tushdi. Buyerga hech bomba tushgani yo‘qmi? Buyer uzoq. Bomba tashlaydiganlar buyerga kelaolmaydi. Qo‘rqma. Voy, hali bittayam bomba tushmaganmi? Qo‘y bolam xudo ko‘rsatmasin. Bombaning tushishi judayam qiziq bo‘ladi. Vizillagani-chi, odamning ichidayam bilinib turadi, boshdan boshlanib, qoringacha tushib, oyog‘ingizgacha eshitiladi. Juda g‘alati. Innaykeyin, gum etib... Sandal yonida yostiqqa s uyanib, uyning eshigidan Vityaning gaplarini eshitib o‘tirgan Mahkamaka ko‘z oldida urush dahshatlarini chillak o‘yinidek zavqlanib gapirayotgan bolamas, frontdan qaytgan jangchi turgandek bo‘ldi. Vityaning oyog‘iga o‘ralgan qavat qavat paytava, qotib ketgan junpaypoqni yechayotgan Mehrinisaning ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Oyoqlaring karash bo‘lib ketibdi. Mayli, sandalga borib isinib o‘tirgin, saldan keyin cho‘miltirib, oppoq qilib qo‘yaman. Vitya uyga kirdi. Mahkamaka sandal ko‘rpasini ko‘tarib yonidan joy ko‘rsatdi.



Topshiriqlar (5-10)

  1. Qaysi javobda ajratib ko’rsatilgan so’zning matndagi ma’nosi keltirilgan? (3 ball)

A.qizarmoq
B. g’azablanmoq
C. lovillamoq.
D. ovoz chiqarmoq.

  1. Asarning bosh g‘oyasidan kelib chiqib asosiy ma’lumotni toping? (3 ball)

  1. Yetim bolalarning og‘ir ahvoli.

  2. Mahkam akaning jasorati.

  3. Urush dahshatlari tasviri.

  4. Mehrinsa ayaning bag‘rikengligi.

  1. Urush yillaridagi og‘ir sharoitga qaramay Mahkam akaning yetim bolalarni o‘z oilasiga qabul qilishining sababi nimada deb o‘ylaysiz? (3 ball)


Yüklə 6,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin