Loyihalash: «Garaj». Maqsad: o`yinchoqlar o`lchamiga mos qurilish amalga oshirish, nutqlarida uzun, oldinda, yonida, o`ngda, chapda so`zlarini ishlatishlariga erishish



Yüklə 8,75 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü8,75 Kb.
#106531
«Shoshilinch (t-WPS Office


«Shoshilinch (tezkor) yordam xizmati»
Qurilish va loyihalash, matematika markazi:
Loyihalash: «Garaj» .
Maqsad: o`yinchoqlar o`lchamiga mos qurilish amalga oshirish, nutqlarida uzun, oldinda, yonida, o`ngda, chapda so`zlarini ishlatishlariga erishish.
Jihoz va materiallar: qurilish materiallari, mashinachalar.
Faoliyatning borishi:
1. Suhbat: «mashinalar ishlamayotgan paytda qayerda turadi?»
2. Garaj namunalarini ko`zdan kechirish.
3. O`z tasavvurlari asosida garaj quradilar.
4. Tayyor garajlarni o`rganadilar.
Qo`shimcha: Sayr paytida garaj, avtomobil to`xtash joylarini tomosha qiladilar, ularning ahamiyatini o`zlashtiradilar.
Nimaga e`tibor qaratiladi: Tevarak-atrof, makon bo`ylab mo`ljal olish qobiliyatlarini o`stirish.
Qurilish va loyihalash, matematika markazi:
Loyihalash: «Transportlarning turlari» .
Maqsad: bolalar turli transport vositalarini boshqaradigan kasb egalarini sanab berishga o`rgatish; loyiha detallarini farqlay olishlarini amalda namoyish qilishlariga erishish. Tartib bilan sanashni bilish.
Jihoz va materiallar: qurilish materiali, turli mashinachalar. Mashinist, traktorchi, kapitan, uchuvchi, velosipedchi tasvirlangan suratlar.
Faoliyatning borishi:
1. Kasblar va transport vositalari xususida suhbat qurish, topishmoqlar topish.
2. Namunalarni ko`rish.
3. O`yin: «Qancha kerakligini hisobla» .
4. Jamoaviy ish: «Turli transport vositalari» .
5. Qurilish o`yini.
Qo`shimcha: mashinalar bilan o`ynash, sayrda kuzatish, badiiy adabiyotlar o`qish, turli transport vositalarini ko`zdan kechirish.
Nimaga e`tibor qaratiladi: bog`langan nutqni rivojlantirish; mavzuga oid lug`at boyligini shakllantirish
San`at markazi
Applikasiya: «Ko`chalarda mashinalar haraktlanmoqda» .
Maqsad: transport turlarini bilish, predmet shakllarini ajratish, predmetlar tasvirini chiza bilish. Turli qirqish usullari hamda yelimlashning o`ziga xos texnologiyalarini bilish. «Shahar ko`chalari» mavzusida jamoaviy kompozisiya yaratish.
Jihoz va materiallar: rangli qog`ozlar to`plami, yelim, mo`yqalam, qaychilar.
Faoliyatning borishi:
1. Kartinalar ko`zdan kechiriladi, mashinalarni sanab beradi.
2. Mashinaga xos detalni tanlaydi.
3. Applikasiya uchun zarur detallar tayyorlanadi.
4. Jadval asosida applkasiya yasash.
5. Umumiy kompozisiya yaratiladi.
Qo`shimcha: sayr asosida kuzatish, kitob o`qish, illyustrasiyalarni ko`rish.
Nimaga e`tibor qaratiladi: e`tibor bilan yelimlash ko`nikmasiga, obrazli tasavvurlar va tafakkurlarini kengaytirish.
Yüklə 8,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin