Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
3-chorak
6- sinf Sana
Mavzu Ona yurt posbonlari. Vaqtni ifodalash. Butun va kasr sonlar Dars maqsadlari: 1.Ta’limiy:o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash. Tarbiyaviy: O’quvchilarda Vatanga muxabbat,sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish, Vatanimizga sodiq farzandlarni tarbiyalash .
3.Rivojlantiruvchi:o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: aqliy hujum , klaster, guruhlarda ishlash
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Darsning shiori : ”Fidoing bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” Rasm ustida ishlash. savollarga javob bering va rasm asosida suhbatlashing.
1. Ushbu rasmda kimlar tasvirlangan?
2. Zobitlar nima qilyapti?
3. Zobitning tiz cho‘kib o‘tirishida qanday ma’no bor?
4. Siz «Vatan posboni» deganda nimani tushunasiz?