6-sinf Sana



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə85/85
tarix24.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#121314
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
6-sinf

Mustahkamlash
Matnlar ustida guruhlarga bo’linib ishlash
1-guruh Xotira maydonidа
O‘tgan yili ustozimiz bizni Xotira maydoniga olib borgan edilar. Hamma yoq top-toza. Gullar ochilgan. Naqshlar bilan bezatilgan ayvonlar. «Xotira kitobi»ni ko‘rib qoyil qoldik. Bukitobda 431 mingdan ortiq o‘zbekistonlik jangchilar haqida ma’lumot berilgan. «Xotira kitobi» ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida nashr qilingan. Bizning baxtimiz, tinchligimiz uchun kurashgan bobolarimizga ta’zim qilamiz.
2-guruh Yaxshilik yerda qolmas
Bir ari suv ustida uchib borardi. U birdan suvga yiqilibdi. Qanotlari ho‘l bo‘lib ucha olmay qolibdi. Buni bir kabutar ko‘ribdi, ariga rahmi kelibdi va darhol cho‘p topib, suvga tashlabdi. Bechora ari cho‘pni kema qilib, suv balosidan qutulibdi. Oradan ko‘p o‘tmabdi. Bir bola tuzoq qo‘yib, kabutarni tutmoqchi bo‘libdi. Ari buni ko‘rib bolaning qulog‘ini chaqibdi. Bola og‘riqdan tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushlabdi. kabutar esa vaqtida qochib o‘limdan qutulibdi.
3-guruh Bobo va nabira
9-may — Xotira va qadrlash kunida ukam Abdulhamid bilan istirohat bog‘iga bordik. Abdulhamid arg‘imchoq uchgani ketdi. shu payt yo‘lak bo‘yidagi o‘rindiqda o‘tirgan bir otaxonni ko‘rib qoldim. jigarrang kostyumining o‘ng ko‘ksi orden va medallarga
to‘lib ketibdi. Bugun bayramga ordenlarini taqib chiqibdilar.
— Beri kel, bolam, hassam tushib ketdi, olib ber, — deb yonlariga chaqirdilar.
— Mana, bobojon, — dedim yonlariga borib.
— Rahmat, o‘g‘lim. Maktabda o‘qiysanmi?
— Ha, bobojon, Toshkentdagi 54- maktabda o‘qiyman.
— O‘qishlaring yaxshimi?
— Ha, chorak baholarimning hammasi «besh».
— Barakalla, — maqtab qo‘ydilar meni.
— Bobojon, urushda bo‘lganmisiz?
— Qo‘y, o‘g‘lim, urushdan gapirma, — dedilar otaxon.
— Urush yomon-a? Kinoda ko‘rganman.
— Juda yomon. Urush oxirlab qolganda jangga kirib Berlindan urushni tugatib qaytganman,
— Nemislar shunaqa yomonmidi?
— Nemislar emas, fashistlar yomon edi.
— Fashistlar kim o‘zi? — so‘rayman qiziqishim ortib.
— Fashistlarmi, Gitlerga o‘xshagan ajdarholar. Boshini kessang, yana bosh o‘sib chiqadi.
— ertaklardagi ajdahoga o‘xshagan deng. Hozir yo‘qmi ular?
— Yo‘q. Mabodo qolgan bo‘lsa ham, boshini yanchib tashlaymiz. endi, bor, o‘yna.
— Bobojon, sizga muzqaymoq olib kelib beraymi?
— Rahmat, bolam, o‘zing yeyaver. Arg‘imchoq uchib, o‘yna.
Ordenli bobo bilan xayrlashar ekanman, kayfiyatim ko‘tarilganini his etdim.
Uygа vаzifа Matnni o‘qish va mazmunini so‘zlаb bеrish.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________ Raxmanova F. A.
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin