Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____________ Raxmanova F. A.
6- sinf Sana
Mavzu Yaqin va uzoq o’tgan zamon fe’llarining bo’lishsiz shakllari. Dars maqsadlari: 1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash. Tarbiyaviy: O’quvchilarda milliy qadriyatlarimizga bo’lgan hurmat hissini kuchaytirish, mehr-oqibat , o’zaro hurmat kabi insoniy fazilatlarni bolalar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: aqliy hujum,guruhlarda ishlash
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Darsning shiori : Rasm bilan ishlash 2-topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va berilgan rаsmlar asosida har bir guruh bittadan kichik matn tuzing.
Grammatik mavzuni tushuntirish Uzoq o‘tgan zamon fe’lining bo‘lishsiz shakli –ma qo‘shimchasini yoki emаs to‘liqsiz fе’lini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan: Biz bu voqealarni eshitmaganmiz. Biz bu voqealarni eshitmagan edik.