6-sinf tarix 1-mavzu: qadimgi dunyo tarixi bugungi kunda olimlar insoniyat tarixini



Yüklə 28,61 Kb.
səhifə1/3
tarix15.04.2023
ölçüsü28,61 Kb.
#98530
  1   2   3
6 sinf 1-dars





6-sinf TARIX


1-mavzu: QADIMGI DUNYO TARIXI
Bugungi kunda olimlar insoniyat tarixini 4 davrga bo‘lishadi.
Bular 1-qadimgi dunyo tarixi, 2-o‘rta asrlar tarixi, 3-yangi davr (yoki yangi tarix) , 4- eng yangi davr ( yoki eng yangi tarix).
Biz siz bilan o‘rganayotganimiz QADIMGI DUNYO TARIXI.
Qadimgi dunyo tarixi deyilganda - odam yer yuzida paydo bo‘lgandan to G‘arbiy Rim imperiyasi qulagungacha (476-yil) bo‘lgan davr tushuniladi.
Ilk odamlar o‘z mehnat qurollarini toshdan yasaganliklari sabab olimlar odamzod ibtidosini “tosh asri “ deb atashadi.Tosh asri quydagi davrlarga bo‘linadi:
1.PALEOLIT (yunon. “paleos” – qadimgi, ”litos” – tosh ) ---- Qadimgi tosh davri
2.MEZOLIT – (yunon. “mezos” – o‘rta, ”litos” – tosh )------------- O‘rta tosh davri
3.NEOLIT – (yunon. “neos” – yangi, ”litos” – tosh )-------------- Yаngi tosh davri
4.ENEOLIT – (lotin. “eneus” –mis , ”litos” – tosh )---------- - Mis-tosh davri

Yuqoridagi davrlarning har biri inson taraqqiyotida alohida o‘rin tutdi.SHu bois har bir davrga alohida to‘xtalib o‘tish joiz.


PALEOLIT
Bu davr 3 davrga bo‘linadi.Bular:
A) ILK PALEOLIT (miloddan 1million – 100 ming yil avval).
- avsrolopitek,zinjantrop,pitikantrop va sinantrop odamlari yashagan.
- asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachili bo‘lgan
- bu davr oxiridan buyuk muzlash boshlangan
B) O‘RTA PALEOLIT(miloddan 100-40 ming yil avval)
- neandertal odami yashagan
- buyuk muzlik davri davom etgan
- bu davr manzilgohi – Boysun tog‘laridagi Teshiktosh g‘ori
- asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachilik

Yüklə 28,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin