6-sinf tarixidan savol -javoblar


MILLODDAN AVVALGI VI—MILLODIY IV ASRLARDA O’RTA OSIYO



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#118538
1   2   3   4   5
6-sinf-tarix-savolnomasi

MILLODDAN AVVALGI VI—MILLODIY IV ASRLARDA O’RTA OSIYO

  1. Qaysi sulola birinchi bo’lib dunyo xalqlarini bo’ysun dirmoqchi bo’ladilar? Ahmoniylar

  2. Kir II davrida Eron qayerlarni bosib olgan? Midiya, Lidiya (Kichik Osiyo), Bobil (Mesopotomiya)

  3. Mil. avv. 545-540 yillarda Kir II qayerlarni bosib olgan? Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani

  4. Massagetlar yurtining Kir II tomonidan bosib olishini qaysi tarixchi yozib qoldirgan? Geradot

  5. Kir II hujum qilganda masagetlar malikasi kim bo’lgan? To’maris

  6. Mil. Avvalgi 530-yilda…. Kir II massagetlar ustiga yurish qildi

  7. “..bu jang barcha janglardan ham daxshatlirog’i edi” shu jumla qaysi jang haqida va kimaytgan? Kir II va massagetlar o’rtasidagi urish haqida Geradot aytgan

  8. Doro I qaysi yillari hukronlik qilgan? Mil avv 522-486 yillarda

  9. Frada qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lgan? Mil avv 522-yilda Marg’iyonada

  10. Frada qachon qatl qilingan? Mil avv 521-yilda

  11. Skunha kim? Saklar sardori

  12. Shiroq kim?

  13. Doro Ining saka- tigrahaudalar ustiga yurishi haqida kim ma’lumot bergan? Poliyen

  14. Doro I saka-tigrahaudalar ustiga qachon yurish qilgan? Mil avv 519-yilda

  15. Doro I saklar ustiga hukmronligining nechanchi yilda yurish qilgan edi? Uchinchi yili

  16. Satraplar nima? Viloyatlar

  17. Viloyat boshlig’i nima deb atalgan? Satrap

  18. Kserksning hukmronlik qilgan yillarini aniqlang? Mil avv 486-465 yillar

  19. Marafon jangi qachon bo’lgan? Mil avv 490-yilda

  20. Marafon jangida saklar nimalar bilan qurollanganlar? Xanjar va oybolta

  21. Marafon jangida baqtriyaliklar nimalar bilan qurollanganlar? kamon va nayzalar

  22. Marafon jangida Xorazmliklar va So’g’diylar nimalar bilan qurollanganlar? kamon va nayzalar

  23. Marafon jangidagi forslar tarkibi haqida bizga kim ma’lumot qoldirgan? Geradot

  24. Saklarning harbiy jasorati qaysi jangda yuqori baholangan? Marafon

  25. Marafon jangida forslar qo’shining markaziy qismida qaysi qabila bo’lgan? Saklar

  26. “Forslar” trgediyasining mualifi kim? Esxil

  27. O’rta Osiyoda Ahmoniylar hukmronligi qancha vaqt davom etgan? 200 yil

  28. Saklar va massagetlar qachonda o’zlarini Ahmoniylar fuqarolari deb hisoblamay qo’ydilar? Mil avv IV asrda

  29. Oltin bilaguzik qaysi hazinadan topilgan? Amudaryo hazinasidan

  30. Amudaryo hazinasi hozir qayerda saqlanmoqda? Lodonning Britaniya muzeyida

  31. Xeroneya yaqinidagi jang qachon va kimlar o’rtasida bo’lgan? Qanday natija bilan tugadi? Mil avv 338-yili

  32. Filip II qanday vaziyatda o’ldirilgan? Mil avv 336-yilda teatrga borgan

  33. Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa yurishini qachon boshlagan? Mil avv 334-yilda

  34. Aleksandr Ulkan hududda yunon madaniyatini tarqalishiga imkon yaratish maqsadida …. bosib olgan shaharlariga yunonlarni joylashtirgan

  35. Aristobul nima haqida ma’lumot beradi? A.Makedonskiy yurishlari haqida

  36. Aqinak nima? Xanjar

  37. Sagaris nima? jangovar oybolta

  38. Barg’ustuvon nima? Otlar ustiga va ko’kragiga yopiladiga temirdan to’qilgan sovut

  39. Qadimgi O’rta Osiyoda dushmanlarga yurishni kimlar boshlab berganlar? Suvoriylar

  40. Aleksandr Eron qo’shinlarini qachon tor mor ettirgan? Mil avv 330-yilda

  41. O’sha davr O’rta Osiyo shaharlari mudofaa devorlari qanday bo’lgan? Qalin va handaq bilan

  42. Aleksandr O’rta Osiyoda birinchi bo’lib qayerni bosib olgan? Baqtrani

  43. Baqtra shahrini yunonlar nima deb ataganlar? Zariasp

  44. “Amudaryoni… KirII va DoroI kechib o’tgan ikkalasiham mag’lubiyatga uchradi”- ushbu jumla mualifi kim? Yunon faylasufi Aristotel

  45. A.Makedoniskiy O’rta Osiyoga qachon bostirib kirgan? Mil avv 329-yilda

  46. Kurushkat shahriga kim asos solgan? Fors shohi Kir II

  47. Makedoniskiy Maroqandni qachon egallaydi? Mil avv 329-yilda

  48. Nautaka qaysi hudud hisoblanadi? Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi

  49. A.Makedoniskiy So’g’diyonada qancha aholini qirg’in qilgan? 120 ming aholini

  50. A.Makedoniskiy Aleksandra Esxata shahrini nima uchun qurdirgan? Tayanch qal’a

  51. Aleksandrga qarshi kurash olib borgan Spitamen qayerda makedonlarga qarshi pistirma qo’ygan edi? Qadimgi “Politemet” deb ham atalgan Zarafshon daryisi bo’yiga

  52. Makedoniskiy va Spitamen o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan? Mil avv 328-yilda

  53. Spitame kim tomonidan o’ldirilgan? Ko’chmanchi qabilalar boshliqlari

  54. Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida mahali zodagonlari Xorien va Oksiyartning qal’alari qayerda joylashgan edi? Hisor tog’larida

  55. Makedoniskiy kimning qiziga uylangan? Oksiartning qizi Ravshanakka

  56. A.Makedoniskiy qaysi O’rta Osiyo hududlarini bosib ololmagan? Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona

  57. Qaysi yildan boshlab mhaliy aholi yunonlar uchun askarlikka olina boshlagan? Mil avv 324-yildan

  58. Yunon—Makedoniyaliklarning armiyasi qaysi davrdan boshlab Baqtryalik va So’g’dlik yoshlar hisobiga to’ldirila boshladi? mil avv 324-yildan

  59. A.Makedoniskiy qaysi hududlar hisobiga askarlari safi to’ldirilgan? Baqtriya va so’g’diyona

  60. A.Makedonskiy O’rta Osiyoda nechta shahar qurdirgan? 12 ta

  61. A.Makedonskiy.qachon vafot etgan? Mil avv 323-yilda 13-iyunda

  62. А.Makedonskiy davlati qanday qismlarga bo’linib ketgan? Uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga

  63. Salavka qaysi yili Bobil davlatining podishosi bo’lgan ? Mil avv 312- yili

  64. Salavka qanday qilib taxtga o’tirgan edi? Uzoq davom etgan urushlardan keyin

  65. Bobil davlati hududiga qaysi davlatlar kiradi? Mesopatamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya , So’g’diyona, Marg’iyona kiradi

  66. Salavkiylar davlat tarixida mil avv 293-yili qanday voqea ro’y bergan? Sharqiy viloyatlar

  67. Salavkiylar davlatining sharqiy hududlariga qaysi viloyatlar kirgan? Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona

  68. Salavka qachon vafot etgan? Mil avv 280 yilda

  69. Salavkiylar davlatidagi yirik shaharlar va madaniyat markazlarini belgilang? Baqtra, Maroqanda, Antiox Marg’iyonasi(Marv), Termiz

  70. Ellinlashtirish nima? Sharqda yunon madaniyatini kirib kelishi

  71. Baqtriya Salavkiylar davlatidan qachon ajiralib chiqdi? Milloddan avvalgi III asr o’rtalarida

  72. Yunon-Baqtriya davlatining birinchi podshosi kim? Diodot

  73. Diodot o’zini kim deb ataydi? Mingta Baqtriya shahri hukmdori deb

  74. Parfiya Salavkiylardan qachon ajiralib chiqdi? Milloddan avvalgi 250-yilda

  75. Yunon-Baqtriya davlati podsholaridan qaysi biri sezilarli iz qoldirmagan? Yevtidem

  76. Demitriyning hukmronlik yillarini aniqlang ? Milloddan avvalgi 199-167- yillar

  77. Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanishining sababi nima? Tinimsiz urushlar olib borishi

  78. Parfiyada qaysi hukmdor hokimiyatni qo’lga olish bilan Baqtriyaga harbiy taziyqni kuchaytiradi? Mitridat I

  79. Yunon-Baqtriya davlati qaysi qabila zarbasi ostida parchalanib kеtgan? Yuechji qabilalari zarbasidan

  80. Yunon-Baqtriya davlati qachon parchalanib kеtgan? Milloddan avvalgi 140-130-yillar

  81. Yunon-Baqtriya davlati nеcha yil yashagan? 120 yil

  82. Yunon-Baqtriya davlati davrida qanday savdo yo’li qurildi? Dajla daryosi bo’yi – Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo’li qurildi

  83. Yunon-Baqtriya tangalari qanday tasvir bilan zarb etilgan? Hukmdor tasviri

  84. Xorazm Ahamoniylardan qachon ajralib chiqqan? Milloddan avvalgi IV asrda

  85. Xorazmda mahalliy hukmdor qarorgohi qaysi manzilgohdan topilgan va qaysi davrga oid? Qal’aliqir Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid

  86. Xorazmda o’ziga xos madaniyatning vujudga kеlishi sababi nima? Mil. avv. III-II asrlarda Xorazm Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigi tarkibiga kirmaganligi

  87. Qaysi Xorazm yodgorligidan aylana shaklidagi ibodatxona topilgan? Qo’yqirilganqal’adan

  88. Tuproqqal'a qachon qurilgan? Milodiy II-III asrlarda

  89. Xorazmning qadimiy shaharlarini an-ng? Ko’zaliqir, Jonbosganqal’a, Qo’yqirilganqal’a va Tuproqqal'a

  90. Tuproqqal'a saroyi zallaridan birida nеchta odamning chordana qurib o’tirgan haykalchalari topilgan? 20 ta

  91. Xorazmda kumush va mis tangalar qachon zarb etilgan? Mil. avv. I asrda

  92. O’rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunasi Xorazmning qaysi yodgorligidan topilgan? Oybo’yirganqal’a (Mil. avv. V-IV asrlar) va Qo’yqirilganqal’adan(Mil. avv.IV-III asrlar) topilgan

  93. Xorazmda mahalliy taqvimdan qachongacha foydalanilgan? VIII asrgacha

  94. Xorazmda mahalliy taqvim qachon ishlab chiqilgan? I asrda

  95. Qang’ davlatiga kimlar va qachon asos solishgan? Mil. avv. III asrda saklar asos solishgan

  96. Qang’ davlatining poytaxtini an-ng? Qang’dez

  97. Qang’dez shahri hozirda qayerda joylashgan? Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Qang’ha shahar xarobasi o’rnida bo’lgan

  98. Qang’dez shahrini Xitoyliklar qanday nom bilan ataganlar? Bityan deyishgan

  99. Qang’ davlatining asosiy shaharlariqaysi daryo bo’ylarida joylashgan? Sirdaryo bo’ylarida

  100. Qang’ davlati qachon qudratli davlatga aylandi? Mil. avv. II asrda

  101. Qang’ davlatida iqtisodiyotning gullab-yashnashiga nima sababchi bo’lgan? Buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’i shu davlatdan o’tganligi

  102. Qang’ davlati qachon parchalanib ketdi? Milodiy III asrda

  103. Dovon davlati mavjud bo’lgan sanani aniqlang? Mil. avv. III asrdan to milodiy II asrgacha

  104. Xitoy tarixchilari aytishlaricha Dovon davlati aholisi nechta shaharda yashashgan? 70 dan ortiq

  105. “Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shaharlar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. O’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishga mohir” ushbu so’zlar kimga tegishli? Dovonda bo’lgan xitoy sayyohi Chjan Syanga tegishli

  106. Boshqa Xitoy solnomasida Dovon davlati shaharlarini qaysi davlat shaharlariga o’xshashligi aytiladi? An’si (Eron) davlatidagi shaharlarga

  107. Dovon davlatining poytaxtini an-ng? Ershi

  108. Sho’rabashat ko’hna shahri xarobalari qayеrda joylashganligini aniqlang? Farg’onada

  109. Farg’ona davlati qachon barham topgan? Milodiy II asrda

  110. Yuеchji qabilalari O’rta Osiyoga qachon kеlganlar? Mil. avv.140-130-yillarda

  111. Kushon davlati qachon tuzilgan? Mil. avv. I asrda

  112. Kushon davlatining birinchi hukmdori kim? Kudzula Kadfiz

  113. Kudzula Kadfiz davrida qaysi hudud Kushon davlatiga qo’shib olingan? Afg’oniston va Kashmir

  114. Kudzula Kadfizdan so’ng taxtga kim o’tiradi? Vima Kadfiz

  115. Qaysi podsho davrida Kushon davlatining yerlari yanada kengayadi? Vima Kadfiz

  116. Kushon davlatining ilk poytaxti qayеr bo’lgan? Baqtriya

  117. Kushon davlatining poytaxtini Baqtriyadan Peshovarga ko’chirgan podshoni an-ng? Kanishka

  118. Kushon davlatining hududini an-ng? Hindiston va Ho’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan hududlar

  119. Kushon davlati qachon parchalanib kеtgan? Milodiy III asrda

  120. Kushonlarning ilk tangalari qaysi hukmdor davrida zarb etilgan? Vima Kadfiz

  121. Kanishkaning hukmronlik yillarini an-ng? Milodiy 78-123-yillar

  122. Kushon podsholigining eng kuchaygan davri qaysi hukmdor davriga to’g’ri kеladi? Kanishka davriga

  123. Kushon podsholigi iqtisodining asosini...- .sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etadi

  124. Kushon podsholigi qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini o’rnatgan? Hindiston, Xitoy va Rim

  125. Kushonlar davriga oid suyakdan yasalgan haykalchalar qaysi qadimgi shahar xarobalaridan topilgan? Pompey shahri harobalaridan

  126. Kushonlar davrida hunarmandchilik yuksak taraqqiy etgan shaharlarni aniqlang? Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalar

  127. Kushonlar davrida suvga bog’liq nima kashf etilgan? Suv tegirmoni

  128. Oromiy yozuvi qayеrda paydo bo’lgan? G’arbiy Osiyoda

  129. Oromiy yozuvi qanday shaklda bo’lgan? Alifbo shaklida

  130. Kushon davlatidagi ikkinchi yozuv qanday shaklda bo’lgan? Kushon shaklli yozuvi bo’lib bunda harflar burchakli, to’rtburchakli va aylana shaklida bo’lgan

  131. Kushon davlatida yozuvning qadimdan mavjudligini qanday bilib olamiz? Surxko’tal yodgorligidagi qadimgi bitiklardan bilsak bo’ladi

  132. Surxko’tal yodgorligi qayerda joylashgan? Afg’onistondagi qunduz shahri yonida

  133. Surxko’taldagi kushon yozuvi qaysi alifboda bo’lgan? Yunon alifbosida

  134. Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo vohasida qanday yozuvlardan kеng foydalanilgan? Oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so’g’diy yozuvlaridan keng foydalanganlar

  135. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya va So’g’diyona aholisi qaysi dinga sig’inar edi? Zardushtiylik

  136. Buddaviylik va otashparastlik O’rta Osiyoda qachongacha saqlanib qolgan? Milodiy VIII asrgacha

  137. O’rta Osiyoning qaysi qadimgi shaharlarida mustahkam ibodatxonalari bo’lgan? Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada

  138. Kushonlar davrida asosiy e'tibor nimaga qaratilgan? Saroylar va ibodatxonalar qurilishiga qaratilgan

  139. Xolchayon qayеrda joylashgan? Surxon vohasida

  140. Eski Tеrmizdagi qaysi yodgorliklardan buddaviy ibodatxona qoldiqlari topilgan? Qoratepa, Fayoztepa

  141. Friz nima? Devor(bino) peshtoqidagi naqshli bo’rtma tasvirlar (odamlar yoki naqshlar)

  142. Fil suyagidan ishlangan shaxmat donalari qayеrdan topilgan? Dalvarzindan

  143. Ud chalayotgan qizlar tasvirlangan friz qayеrdan topilgan? Ayritomdan

  144. Buyuk Ipak yo’li atamasini fanga kim va qachon kiritgan? 1877-yilda nemis geografi F.Rixtogofen

  145. «La'l yo’li» qachon amalda bo’lgan? Mil. avv. III-II ming yilliklarda

  146. La'l yo’li qaysi hududlar orqali o’tgan? U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda

  147. Eng qadimgi yo’llardan bo’lgan «La'l yo’li» qayеrdan boshlangan edi – Pomir tog’laridan.

  148. Lojuvard so’zining ma’nosini an-ng? Pomirdan olinadigan yarim nodir la’l toshi

  149. Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar qayerlardan topilgan? Misr firavnlari maqbaralaridan

  150. Shoh yo’li qachon amalda bo’lgan? Mil. avv. VI-IV asrlarda

  151. Shoh yo’li qayеrlarni bir-biri bilan bog’lagan? Kichik Osiyo shaharlarini, O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri Suza bilan bog’lagan

  152. Tog’li Oltoydagi Paziriq qo’rg’oni qaysi davrga oid? Mil. avv. V-VI asrlarga

  153. Tog’li Oltoydagi Paziriq qo’rg’onidan nimalar topilgan? Kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar

  154. Paziriqdagi matolar nеcha yil davomida muzlik ostida qolgan? 2500 yil

  155. Buyuk Ipak yo’lining umumiy uzunligi qancha? 12 kilometr

  156. Buyuk Ipak yo’lining Xitoydan O’rta Osiyoga qaysi hudud orqali o’tgan? Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rtayer dengizi sohillarigacha kirib brogan

  157. Buyuk Ipak yo’lida qanday shaharlar bo’lgan? Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro,Termiz, Marv hk

  158. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan nimalar olib kеtilgan? Jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlariva qimmatbaho toshlar

  159. Buyuk Ipak yo’li orqali Baqtriyadan nimalar olib kеtilgan? Tuyalar

  160. Buyuk Ipak yo’li orqali Farg’onadan nimalar olib kеtilgan? Naslli otlar

  161. Buyuk Ipak yo’li orqali Badaxshondan nimalar olib kеtilgan? La’l

  162. Buyuk Ipak Yo’li orqali Hindistondan O’rta Osiyoga nimalar kеltirilgan? Ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar

  163. Buyuk Ipak Yo’li orqali Xitoydan O’rta Osiyoga nimalar olib kеtilgan?guruch keltirilgan

  164. Buyuk Ipak Yo’li orqali O’rta Osiyodan Xitoyga nimalar olib kеtilgan? Uzum, yong’oq, anor va h-k

  165. Buyuk Ipak Yo’li mavjud bo’lgan sanalarni an-ng? Mil. avv. II asr va mil. XVI asrlar

  166. Buyuk Ipak yo’lining qaysi tarmog’i Qang’ hudularidan o’tgan edi? Shimoliy tarmog’i

  167. Mil. avv. 138-yili Xitoy imperatori U Di xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchilar hamda hamkorlar topish kimni elchi qilib yuboradi? Chjan Syanni

  168. “Kumush yo’l”ining yo’nalishini an-ng? Xazar xoqonligi va Bulg’or davlati orqali Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan

  169. Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i qachon ishga tushgan? VI asrda

  170. Buyuk Ipak yo’lining ahamiyatini aniqlang? Madaniy va savdo aloqalari rivojlangan


Yüklə 369,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin