Nivelirlarni tekshirish deganda geometrik shartlarni qoniqtirishga aytiladi (N-3) Doiraviy adilak o‘qi, asbob aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. (ZZ‘ ІІ JJ‘)
Iplar to‘rining gorizontal ipi asbob aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. (HH' ┴ JJ‘)
Ko‘rish trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. (VV‘ ІІ UU‘)
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar Joyda berilgan nuqtalar orasidagi nisbiy balandlikni topishda nivelir asbobidan keng foydalaniladi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asrida nivelirlarning avtomatlashgan elektron va lazerli nivelir turlari keng tarqalgan. Ulardan foydalanish afzalligi shundaki, o‘lchash ishlarida hisoblash ishlarini o‘zi avtomatik amalga oshiradi va bu foydalanuvchilarga nisbatan ancha qulaydir.
Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qidiruvi, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish ishlarida zamonaviy geodezik asboblarning o‘rni nihoyatda muhim hisoblanadi.
Zamonaviy nivelirlardan lazerli hamda elektron(raqamli) turlari mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish qidiruv va qurilish ishlarida yaxshi samara beradi.
Lazerli nivelirlar. Lazerli nivelirlar ko‘pincha arxitektura qurilish ishlarida keng foydalaniladigan asbob hisoblanib, maydoni kichik bo‘lgan ob’ektlarda ancha qulaydir. Undagi ko‘rish trubasini lazer nuri inson tomonidan ko‘rinadi. Lazer nuri orqali loyiha tekisligi, loyiha qiyalik burchagi va gorizontal burchakni joyga ko‘chirish judayam oson va katta samara beradi.
Elektron nivelirlar. Bu turdagi nivelirlar, ishlashi yuqori aniqlikda bo‘lib, kompensatori mavjud va ko‘rish trubasidagi nurni o‘zinig mahsus shtrix kodli reykasi orqali qaytishi hisobiga undan qora sanoq va geodezik asbob bilan reyka orasidagi masofani o‘lchab beradi.
O‘quv topshiriqlar 1 ilova