20-tapsırma. Ózbekshe tekstti qaraqalpaqshaǵa awdarıp, sóylep beriń. 1992 yil mart oyida Ózbekiston va Janubiy Koreya wrtasida diplomatik aloqa wrnatildi. 1992 yil 19-iyunda Ózbekiston Prezidenti I.Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat órtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga asos soldi. Ózbekiston bilan Janubiy Koreya wrtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari tóǵrisida deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, Ózbekiston iqtisodietini rivojlantirishga mablaǵ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, saexat, sport saholarida bahamjixat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mwljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korparatsiyasi rahbariyati bilan Asaka avtomabil` zavodi qurishga kelishildi. 1992-1996 yillarda «UzDEU avto» Ózbekiston-Janubiy Koreya qwshma avtomabil` zavodini loyihalashtirish va qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996 yil 25 mart kuni avtomabil` ishlab chiqarishni boshlab yubordi.
Ózbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati-Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda.1994 yili 16-19 may kunlari Ózbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bóldi. Safar paytida Ózbekiston bilan Yaponiya órtasida munosobatlarning asosiy printsiplari haqida qóshma bayonat, tashqi ishlar bóyicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. Ózbekiston delegatsiyasi mashxur Panasonik kontsernida bóldi va uning rahbariyati bilan Ózbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarda Panasonik mahsulotlarini sotish yólga qóyildi.
Ózbekistonda Yaponiyaning dunega mashxur «Mitsui va KO, LTD», «Sumitoto korpereyshn», «Tomen korpereyshn», «Chori» kabi kompaniyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat kórsatmoqda. Ular bilan Ózbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi órtasida hamkorlik tóǵrisida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati Kukdumaloq neft`-gaz kondensati konini ózlashtirishda, Buxorada neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farǵona neftni qayta ishlash zavodini támirlashda, telealoqa tarmoqlarini támirlashda óz sarmoyalari bilan qatnashmoqda. Faqat 1994 yili 40 nafardan ortiq eshlar Yaponiyada malaka oshirib qaytdilar.