62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 433-modda. Soliq to‘lovchilar



Yüklə 90,84 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü90,84 Kb.
#202337
1   2   3   4   5
Soliq kodeksi yangi tahrir

438-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(439-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq to‘lovchiga soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(439-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Yüklə 90,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin