Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarning qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilinishi ta’minlanadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;
ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonunchilik hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;
milliy tizim yanada mustahkamlanadi hamda moliyaviy sektor barqarorligi ta’minlanadi;
respublikaning xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.