Ishdanmaqsad:birlamchi va ikkilamchi chulg„amlari turlicha ulangan uch fazali transformatorni tadqiq qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Transformator deb ikki yoki bir necha chulg„amga ega elektromagnit induksiya hodisasidan foydalanuvchi bir tizimning tok va kuchlanishini boshqa tok va kuchlanishga o„zgartiruvchi statik elektromagnit uskunaga aytiladi. Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda transformatorlar katta ahamiyatga ega, chunki bu holatda elektr energiya iste‟molchiga etib borguncha past kuchlanish yuqori kuchlanishga va teskarisiga bir necha karra (3–5 marta) o„zgartirishga to„g„ri keladi.
Bir fazali transformator uchun olingan energetik munosabat uch fazali tarmoqning yuklamasi simmetrik tartibda bo„lganida, uch fazali transformator uchun ham o„rinli bo„ladi.
Uch fazali transformatorning o„ziga xosligi, uning birlamchi va ikkilamchi chulg„amlarining ulanish usuli hisoblanadi. Chulg„amlar yulduz (Y) yoki uchburchak (∆) ulanishi mumkin. Transformatorning yuqori va past kuchlanish chulg„amlarining to„la ulanishlar soni 12 ta hisoblanadi.
Chulg„amlar yulduz ulanganda nol o„tkazgich ham ishlatilishi mumkin. Chulg„amlarning ulanish usuli transformatorning kirishidagi va chiqishidagi faza kuchlanishlarining nisbati va faza kuchlanishlarining siljishiga ta‟sir etadi.
Transformatorlar faza siljishiga bog„liq holda guruhlarga bo„linadi. Guruh raqami birlamchi va ikkilamchi tomondagi bir nomdagi liniya kuchlanishlarining orasidagi 300 ga bo„lingan faza siljish burchagidan aniqlanadi.