Virtual laboratoriya qurilmasi 4.1–rasmda keltirilgan.
Bir fazali transformator modelidan farqli ravishda bu holda asosiy xarakteristikalarni o„lchash uchun bloklar ishlatilmaydi (uch fazali transformator va bir fazali transformatorning asosiy xarakteristikalari bir xil), lekin transformatorning toki va kuchlanishini o„lchovchi Multimetr bloki qo„shilgan. Ushbu toklarning qiymatlarini Powerguiblokining oynasi hisoblab beradi. U erda kirish U1 va chiqish U2 kuchlanishlari va ular orasidagi faza farqi olinadi.
–rasm. Uch fazali transformatorning modeli
Uch fazali transformatorning parametrlarini sozlash oynasi 4.2– rasmda keltirilgan. Bir fazali transformatorning parametrlarini sozlash oynasidan farqli ravishda, unda ikkita qo„shimcha maydon mavjud:
Tajriba ishini bajarish tartibi topshiriqning barcha 4 punkti uchun o„zgarishsiz qoladi. Ta‟minlash manbasining Inductivesourceparametrlari (4.1–rasm) transformatorning parametrlariga mos qilib olinadi. Ta‟minlash manbasining parametrlarini sozlash oynasi 4.3– rasmda keltirilgan.
Modellashtirishning parametrlari 4.4–rasmda ko„rsatilgan.
Topshiriqning har bir punkti uchun modellashtirish va 4.1–jadval alohida to„ldiriladi.
4.1–jadval
–rasmda Powergui blok oynasini chulg„amlarning ulanish sxemasi “yulduz–yulduz” uchun modellashtirish natijalari ko„rsatilgan. Chap tomondagi kolonkada o„lchanadigan kattalik, o„rtada ularning haqiqiy qiymati, o„ngda esa ularning boshlang„ich fazalari keltirilgan.
Transformatsiyalash koeffitsienti va kiruvchi (U1) va chiquvchi (U2) kuchlanishlar orasidagi fazalar farqi quyidagi farmula orqali hisoblanadi:
U1, .