7 – amaliy mashg‘ulot mavzu: alyumindan qurilgan havo liniyasidagi o’tkazgich kesimini hisoblash. Po’lat o’tkazgichdan qurilgan elektr tarmoqlarini hisoblash


PO‘LAT O‘TKAZGICHDAN QURILGAN ELEKTR TARMOQLARNI HISOBLASH



Yüklə 287,52 Kb.
səhifə5/7
tarix01.02.2023
ölçüsü287,52 Kb.
#82216
1   2   3   4   5   6   7
ALYUMINDAN QURILGAN HAVO LINIYASIDAGI O’TKAZGICH KESIMINI HISOBLASH.

PO‘LAT O‘TKAZGICHDAN QURILGAN ELEKTR TARMOQLARNI HISOBLASH.
Xozirgi vaqtda alyuminiy simlar bilan eshilgan po‘lat simlar (AS). Bu simlarni ichki qismi po‘latdan sirtqi qismi alyuminiidan. Po‘lat simlar mexanik yuklamalarni ta’siriga bardosh beradi, alyumin qismi-elektrik va mexanik yuklamalarni olib boradi.
Bir o‘ramli simlar faqat misdan yasaladi, kesim yuzasi 10 mm2 va po‘lat simni diametri 5 mm, mis simlar havo liniyalarda ishlatilmaydi. Bir o‘ramli alyumin simlar havo liniyalarda ishlatish mumkin emas.
Ko‘p o‘ramli simlar mis, alyumin va po‘lat metallardan qilinadi. Ular bir xil yuzali simlardan tashkil qilinadi. Kup o‘ramli simlar odatda bitta markazidagi simni atrofida joylashtiriladi. Ko‘p o‘ramli simlar katta mexanik mustaxkamlikka ega va egiluvchan bo‘ladi, shuning uchun xo‘jalik tarmoqlarda ko‘p ishlatiladi.
Simlarni metali va yuzalari quyidagicha belgilanadi: M, A va PS bu xarflar qanaqa metaldan qilinganligini ko‘rsatadi. Masalan A-16. Ochiq alyumin sim, yuzasi 16 mm2, PS –25 po‘lat sim yuzasi 25 mm2.
Bir o‘ramli po‘lat simlar PSO 3,5; PSO-4; PSO5 raqamlar, simni diametrini millimetrda ifodalaydi. PUE talablari asosida, qismlarni kesimini yuzasi normadan kam bo‘lsa ishlatish man qilinadi. Ruxsat etilgan ko‘ndalang kesim yuzasi liniyani kuchlanishiga bog‘liq. Simlarni ruxsat etilgan ko‘ndalang kesimni yuzalari jadvalda keltirilgan.
Axoli yashamaydigan joyda daryolarni va ko‘pchilik muxandis qurilishlarni kesib o‘tishda kuchlanishi 1-35 kV tarmoqlarda alyumin simlarini ko‘ndalang kesimini yuzasi 35 mm2 va po‘lat alyumin hamda po‘lat simlarni ko‘ndalang kesimni yuzasi 25 mm2.


1- jadval




1kV gacha

1- kV

35 kV undan yuqori

Simlar

Havo liniyalarni kuchlanishlari asosida simlarni minimal yuzalarini kesmi (mm)

Alyumin (A)

16

25

35




Po‘lat-alyumin (AS)

10

16

25




Bimetal (b)

10

ruxsat

etilmaydi




Ko‘p o‘ramli po‘lat (PS)

25

25

25




Bir o‘ramli po‘lat (PSO)

4

ruxsat

etilmaydi




*Axoli yashamaydigan joy uchun




7-rasm. Ochiq simlarning ko‘ndalang kesimi



Binolarda ichki elektr tarmoqlar asosan izolyasiyalangan yumshok mis-simlar yoki alyumin simlar asosida kuriladi.


Izolyasiyalangan alyumin simlarni yuzasi 2,5 mm2 va undan yukori bulishi kerak. Quvvat va Yoritish zanjirlarda ochiq tortiladi, po‘lat trubalarda yoki egiluvchan trubalarda.

Bir o‘ramli izolyasiyalangan simlarni kesim yuzasi 110 mm2 bo‘ladi. Ularni kamchiligidan biri bu kattikligi, montaj qilishda va ekspluatatsiyada ancha-muncha kiyinchilikka olib keladi. Ko‘p o‘ramli simlarni yuzasi 1-500 mm2 va undan yuqori qilinadi. Simni yuzasiga qarab ular oddiy va egiluvchan bo‘ladi. Egiluvchan simlarni har birini diametri alohida simni diametridan kichik bo‘ladi, lekin ularni umumiy sonlari ko‘p bo‘ladi.
Ikkita egiluvchan izolyasiyalangan simlarni bir-biri bilan eshilgani-shnur deyiladi.
Simlarni izolyasiyasi uni konstruksiyasiga va uni ishlatish kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda izolyasiyalangan PR simlar 500 va 1000 V. Kuchlanishga tayyorlangan bo‘ladi. Izolyasiyalangan simlar quyidagicha belgilanadi PR500-16 har bir simni markasini, birinchi raqami uni
mo‘ljallangan kuchlanishi keyingisi –uni ko‘ndalang kesimni yuzasi, millimetrni ikkinchi darajasi (mm2).
Kabel elektr tarmoqlarini, havo tarmoqlarga qaraganda qo‘yidagi afzaliklari bor.
a) Eksplutatsiya qilish muddatini ko‘pligi va tayanch oporalarga muxtojlik bo‘lmasligi.
b) Ekspluatatsiya davrida katta ishonchlikka egaligi, chunki ularga muxitdan kelib chiqadigan yuqori kuchlanishlar ta’sir qilmaydi.
v) Ko‘cha va dalalarga ta’sir keltiradigan simlari va tayanchlarni yo‘qligi.
g) Kabel liniyalar avariya paytlarda odamlarga hamda xayvonlarga kam zarar keltirishi.
SHu bilan birgalikda kabel liniyalarni qo‘yidagi kamchiliklari bor.
A) ularni ko‘rish va ekspluatatsiya qilishda yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlarni talab qilishi.
B) havo liniyalaraga nisbatan kabel liniyalarni ko‘p mablag‘ (2-3 marta) ishlatilishi. Oddiy konstruksiyali kabellarda rangli metallar va ko‘rg‘oshin ko‘p talab qilishi.
V) kabel liniyalar shikastlansa, uni topish ancha murakkabligi.
Eng ko‘p ishlatiladigan uch va turt tolali kabellar. Kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan kabellarni har bir tolasi mintaqaviy izolyasiyalandi va xamma tolalarini ustidan qo‘rg‘oshinli qovuq yotkaziladi. Kuchlanishi 35 kV li kabellarni har bir tolasi alohida ko‘rg‘oshinlangan kovukli qilinadi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishlar uchun bir tolali kabellar qilinadi. Tolalar mis simdan qilingan bo‘ladi. Kabelni ichida spiral shakilda o‘ralgan lenta joylashtiriladi. Uni kovug‘ini ichiga 2-3 kGs/sm2 bosimda inertli gaz bilan yoki moy to‘ldiriladi. Ular tolalarning izolyasiyasini oshiradi va tolalarni sovitib turadi.
Kabellarni qobig‘i rezinadan qilingan bo‘lsa, ularni markasiga R, vinilli V, qo‘rg‘oshin S va alyumin A xarflar qo‘shiladi.
Kabellarni markasi izolyasiyalangan simlarga o‘xshash bo‘ladi. Misol uchun SB3x70 – uch tolali, har bir tolasini ko‘ndalang kesim yuzasi 70 mm2, har bir tolasi elektrotexnik qog‘oz bilan izolyasiyalangan umumiy qo‘rg‘oshinli qobiqli, metal lenta bilan zirhlantirilgan va saqlagich iplar bilan eshilgan bo‘lgan kabel.
Kabellarni nominal toklari ularni sovish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Sovutish xususiyati kabellarni ekspluatatsiya qilinadigan sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.Mis va alyumin simlarni aktiv qarshiliklari havoni issiqligi va ulardan o‘tayotgan tokni hajmiga qarab o‘zini aktiv qarshiliklari o‘zgaradi. Lekin bu o‘zgarishlar kam miqdorda bo‘ladi, shuning uchun simlarni qarshiligini hisoblash paytida o‘zgarmas deb qabul qilinadi.
Simlarni 1 km uzunligiga (ya’ni 1000 m) aktiv qarshiligi quyidagi ifoda orqali topiladi.

Bu yerda: - 1 km simni aktiv qarshiligi (Om/km); - sim materialini solishtirma qarshiligi (Om mm2/km); - simni solishtirma o‘tkazuvchanligi m /Om mm2)



Bu yerda:F- simni kesim yuzasi (mm2);Elektr tarmoqlarni xisoblashda va ni qiymati mis sim uchun; m = 55 m /(Om mm2); m =18,9 m /(Om mm2/km);
Alyumin sim uchun a =32 m /(Om mm2); a =31,2 m /(Om mm2/km);
Bir kilometr simni aktiv qarshiligi topilganidan keyin tarmoqni to‘liq aktiv qarshiligi topiladi.

Bu yerda:l- elektr liniyasining to‘liq uzunligi.
Po‘lat simni aktiv qarshiligi undan o‘tayotgan tokka bog‘liq. SHuning uchun xisoblash paytida solishtirma o‘tkazuvchaklikdan foydalanish mumkin emas. Po‘lat simni aktiv qarshiliklarini jadvallardan yoki katalogdan olamiz, mis simlarni yuzasiga va undan o‘tayotgan tokga asoslangan shaklida, shu qarshiliklar asosida qurilgan grafiklar orqali topamiz (7-rasm).



7-rasm. Ko‘p o‘ramli po‘lat simlardan o‘tayotgan tokka nisbatan qarshiliklarini o‘zgarishi egri chiziqlar.
a) aktiv qarshiligi ( ); b) ichki induktiv qarshiligi (xo)
Simlarni induktiv qarshiliklari, ulardan o‘zgaruvchan tok o‘tganda xosil bo‘lgan sirtqi va ichki elektromagnit maydoniga bog‘liq.
Elektrotexnika asoslaridan simni induktiv qarshiligi, simdagi toklarni yig‘indisi nolga teng bo‘lganda va erga tok o‘tmaganlf.

Bu yerda: X0 – induktiv qarshilik, Om/km; MTU BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI0- burchak chastotasi; Dsr- simlar orasidagi urtacha masofa (mm); - simni radusi, mm; - po‘lat simni solishtirma magnit o‘tkazuvchanligi.O‘zgaruvchan tokni chastotasi =50 Gs ga teng bo‘lsa, burchak chastotasi va simni radiusini r =d \ 2 deb qabul qilinsa induktiv qarshilikni qo‘yidagi ifodadan aniqlaymiz:

SHu tenglamani birinchi qismi simning atrofidagi magnit maydoniga bog‘liq, shuning uchun uni simning sirtqi induktiv qarshiligi deb ataladi.Tenglamani ikkinchi qismini simning ichki induktiv qarshiligi deb aytiladi, ya’ni

Tenglamadan ko‘rinib turibdiki sirtqi induktiv qarshiligi, simni materialiga bog‘liq emas, simlar orasidagi masofasiga va uni diametriga bog‘liq ekan.Havo liniyasida simlar orasidagi masofalar 400 mm past kuchlanish liniyalar uchun, va 7000 mm yuqori kuchlanish liniyalari (220 kV), bundan simlarni sirtqi induktiv qarshiligilari liniyalarni kuchlanishiga bolg‘iqligi ko‘rinib turibdi.
Simlar orasidagi o‘rtacha masofa

Bu yerda D1-2; D2-3; D3-1 - faza simlar orasidagi masofalar.
Agar faza simlar tugri uch burchakni cho‘qqkisida joylashgan bo‘lsa

Agar simlar bir tekislikda joylashgan bo‘lsa

Simlarni ichki induktiv qarshiliklar teng, ya’ni:



Rangli materiallardan qilingan simlarning solishtirma magnit o‘tkazuvchanligi birga teng. SHuning uchun ichki induktiv qarshiliklar, sirtqi induktivga qaraganda, juda kichik sonni tashqil qiladi. Simni to‘liq induktiv qarshiligi sirtqi induktiv qarshiligiga teng deb qabul qilamiz.

Yüklə 287,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin