Biometrika (Biometrics) -bu shaxsning fizik va biologik xususiyatlarini oʻrganish va shular asosida shaxsni tanib olish usullarini oʻzida ifodalovchi bilim sohasidir [1, 2]. Unda biometrik ma’lumotlar solishtiriladi va xulosalar qilinadi.
Oʻz navbatida shaxsning biometrik xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: barmoq izi, qoʻl (kaft) geometriyasi, koʻzning rangdor pardasi, nutq (ovoz) signallari, yuz shakli, quloq shakli, yurish uslubi va h.k. (7.1-rasm).
7.1-rasm. Biometrik xususiyatlarning manbalari.
Shaxsni tanib olish uchun ma’lumotlar bazasidagi “imzo” namunalari bilan berilgan biometrik namunani taqqoslash zarur (7.2-rasm).