7 – mavzu: Dinshunoslik faniga kirish



Yüklə 30,67 Kb.
səhifə3/5
tarix16.06.2023
ölçüsü30,67 Kb.
#131412
1   2   3   4   5
7-mavzu

Birinchidan, har bir din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik tasalli beruvchilik-kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti turmush tarzi, tabiyat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy ehtiyoj bo’lib u bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qiladi, xristianlikda esa, har bir xristian Iso masihni qaytishiga umid qilib, sabr bardosh bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ma’naviy hayotni tartibga solishga intilib, muntazamlilikni ta’minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san’atiga bog’langan.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va yagona maslak egalari bo’lib, yagona xudo yahvening sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’atidan foydalanib ikona chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik-regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o’qilishi, har hafta Jum’a namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar.
To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik-kommunikativlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o’zaro aloqalari, o’zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, dinning kommunikativlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini amerikalik sotsiolog G.Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha «har qanday ijtimoiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq choralarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay ularga bo’lgan munosabatlarni belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ladi. Dinni o’rganish bu insoniyatni o’rganishdir. Din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.

Yüklə 30,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin