7 – mavzu: Dinshunoslik faniga kirish


Dinshunoslik faniDinlar tarixi, ular bilan bog’liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o’zaro ta’sirlashuvini o’rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi



Yüklə 30,67 Kb.
səhifə2/5
tarix16.06.2023
ölçüsü30,67 Kb.
#131412
1   2   3   4   5
7-mavzu

Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi:
Dinshunoslik faniDinlar tarixi, ular bilan bog’liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o’zaro ta’sirlashuvini o’rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi.
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o’zining o’rganish ob’ektiga ega. U dinning paydo bo’lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o’rganadi.
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog’liqligi dinshunoslik nazariyasini boytishga xizmat qiladi.

Dinshunoslik fanini o’rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlashdagiahamiyati:
Musulmon olimlarining dinlar tarixi sohasida qoldirgan buyuk ilmiy merosidan ma’lumki, dinlar tarixi arablarda qadimdan mavjud bo’lgan ilm sohalaridan biridir. Bu haqida taniqli tarixchi dinshunos SHahrastoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki, johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi: 1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi; 2. Tush ta’birlari ilmi; 3. O’lkashunoslik ilmi.»2 SHuningdek, «Ixvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga bo’linadi: 1.Inson a’zolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.3 Ibn Nadiym yozadi: «Dinshunoslik fani IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.»4
G’arb olimlari o’zlarini birinchi bo’lib dinlarni fenomenologik (zohiriy) o’rganishga e’tibor qaratgan, dinlarni o’rganish va tarixiy, ijtimoiy, madaniy, psixologik, antropologik, adabiy va falsafiy tahlil etishda birinchi bo’lib ilmiy tamoyillarni ishlab chiqib, tadbiq etganlar, deb hisoblab, xato qiladilar. Bunday noto’g’ri xulosa din fenomenologiyasiga oid Islom ilmiy merosidan bexabarlik oqibatidir. «Aslida Islom merosi asos solgan bu dinshunoslik fani ilk islomiy fanlardan bo’lib, o’z uslubiy dasturi, xolisligi, dinning tashqi qiyofasiga mukammal tavsif berish, ma’nolarini chiqarib olib, aniq-tiniq etkazib berish borasida Evropa yo’nalishidan ustun turadi.»
Dunyodagi har bir din o’zining e’tiqodchilariga ega bo’lib, u insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanib qolgan. CHunki dunyo yaralgan ilk davrlarda sodda ko’rinishda bo’lgan diniy e’tiqodlar asta-sekin taraqqiy etib, rivojlangan. SHuning uchun ham din inson va jamiyat hayotida muhim funksiyalarni bajaradi va odamlarni faqat yaxshilikka, ezguliklarga chorlaydi.
Asrlar davomida ajdodlarimiz Qur’oni karim va hadislar asosida to’g’rilik, olijanoblik, mardlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi kodeksni ishlab chiqqanlar. Bugun u butun dunyoda "go’zal islom axloqi" degan nom bilan e’tibor topmoqda.
“Haqiqiy musulmon:

  • yolg’iz Ollohga topinadi;

  • Olloh amr etgan, Rasululloh ko’rsatgan tarzda sajda qilib, ro’za tutadi, molining zakotini (rasmiy soliqlarni) to’laydi;

—etimlarga, yo’qsil va muhtojlarga, xesh-aqrabolarga, musofirlarga samimiy yordam beradi ("silai rahm");

  • tahlikali holatlarda o’zini yo’qotmaydi, qo’rqoqlik qilmay,
    Olloh madadiga tayanadi;

  • qiyinchilik, musibat va falokatlarni sabr bilan engadi, Olloxdan umidini o’zmaydi;

  • kattaga xurmatda, kichikka izzatda, har jonzotga shafqatda bo’ladi;

  • ilmga intiladi, ustozlarini hurmat qiladi;

  • axdiga vafo qilib, boshqalarning mulkiga xiyonatdan saqlanadi;

  • o’z zimmasidagi vazifani bekamu ko’st bajaradi;

  • o’zini, yashaydigan va ishlaydigan joyini, buyumlarini kir va
    iflosdan, qalbini nojo’ya fikrlaru tuban tuyg’ulardan, tilini nojoiz so’zlar aytishdan tozalaydi;

  • o’zgalarning aybini kovlab, sirlarini yoymaydi;

  • odamlar orasida ixtiloflarni bartaraf etib, ularni tinchlantirishni burch deb biladi;

  • bilmagan narsasi haqida hukm chiqarmaydi;

  • o’zi va yaqinlarini zino, qimor, ichkilik ichish, riyokorlik, ikkiyo’zlamachilik va chaqimchilik kabi qabohatlardan asraydi;

  • boshqalarga qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, qasd va qasosdan o’zini tiyadi;

  • noma’qul ish yo gunoh qilib ko’ysa, darhol Olloxdan mag’firat so’rab, xatosini to’zatishga tirishadi;

  • tanballik qilmaydi, xastalarning ko’nglini oladi;

  • Ota–ona duosini oladi, vatanini sevadi va xalqidan ajralmaslikka harakat qiladi".

Kodeksning har bir moddasi zamirida xalqimizning ming yillik hikmati bor. Biz bu axloq normalarini xalq maqollarida ham, "Temur to’zuklari"da ham ko’ramiz. Alisher Navoiy asarlari boshdanoyoq xuddi shu g’oya bilan sug’orilgan. Jadid ma’rifatparvarlarining orzu-armoni shunday axloqli erkin jamiyat edi. Kodeksning asosiy qismi umuminsoniy qadriyatlar toifasiga kirishini ham ta’kidlash joiz,
Xo’p, yoshlar o’zidan o’zi ana shunday go’zal axloqli bo’lib voyaga etadimi? Afsuski, yo’q. Balki shart emasdir? Birinchi Prezidentimiz Islom Kari­mov "Tafakkur" jurnalidagi suhbatida Abdulla Avloniy ta’biri bilan yoshlar tarbiyasi "biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir", deb bejiz ta’kidlamadi. Axloq qaror topmagan jamiyatda iqtisodiy rivojlanish xam o’zoqqa bormaydi. SHunday ekan, yoshlarning axloqiy tarbiyasi uchun kim mas’ul? Avvalo, oila. Lekin ota–ona bunday tarbiya tizimiga tayyormi? Balki, o’zi hali tarbiyaga muhtojdir? Ikkinchisi –maktab. Lekin u bu vazifani qay yo’sinda amalga oshira oladi? SHo’ro to’zumi davrida tarbiya sohasida maktabga katta vakolatlar berilgan edi. Lekin samarasi qanday bo’ldi? Uchinchi masul – jamiyat. Lekin u qaysi ijtimoiy institut vositasida bu vazifani bajaradi? Bizningcha, shunday institutlarning eng samaralisi – din. Uxoh oila, xoh mak­tab yoxud jamiyatda bo’lsin, axloqiy tarbiya uchun mas’ul. Hatto, axloq dinning bosh va yagona vazifasi desak, xato qilmaymiz. Zotan, axloq yo’q joyda din ham yo’q. “Din (arab.-ishonch, ishonmoq)-borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamolikning oliy ko’rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni xudoga munosabat, tasavvur, urf odat va marosimlar majmuidir.”
Dinning paydo bo’lishi to’g’risida yagona fikr yo’q. Islom dini ta’limotiga ko’ra, din Alloh tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, Ayni vaqtda, insonga to’g’ri, haqiqiy hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta’limotdir. Din-ijtimoiy tarixiy xodisa, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biridir, umuminsoniy qadriyatdir degan yondashuvga ko’ra, u muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatida namoyon bo’ladigan olam, hayot yaratilishining tasavvur qilishning alohida usulidir. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg’usi yotadi. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon bo’lgan.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din asli nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din – e’tiqodi, bu har bir kishining shaxsiy ishidir. Diniy nuqtai nazarga ko’ra din Xudoga, Payg’ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, butun yaxshi- yomonlik Yaratganning irodasi bilan bo’lishi kabi diniy aqidalarga imon keltirish shayton va iblislardan saqlanishdir.
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat –ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror- bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yo’zaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir.
Diniy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din to’g’risida turli xil qarashlar bo’lib, ularning bir - biridan tafovutini anglash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishi muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan. Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa hisoblanib, ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli - tuman shakl va ko’rinish kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar rivojlanishi evalyutsiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to’g’ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Dunyoviy dinshunoslik ta’limotining asoschilari ham diniy ongda hissiyot, e’tiqod va tasavvurlarning muhim o’rin egallashini yaxshi anglaganlar va uni talqin etishning ilmiy tamoyillarini belgilab berganlar.
G. Plexanov diniy hissig’tni dinning zarur jihatlari deb hisoblagan edi. Uning fikricha, hayotda yaxshilik bilan yomonlik deb ataladigan "mangu muammolar" mavjud ekan, odamlar axloqiy kamolotga intilib, ana shu ikki tushuncha orasida gangib qoladilar; bunday fursatda dinning mohiyati o’zining yuksak axloqiy ideallarini namoyon etadi. Biroq, bu o’rinda ham qo’rquv bilan ta’qib etib turgan axloqiylik tushunchasi oxiratdagi hayot tushunchasi bilan qorishib ketardi.
Dinda ijtimoiy, tarixiy, gnoseologik va psixologik ildizlar mavjuddir. Bular orasida psixologik ildizlarni alohida ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ularga gnoseologik nuqtai nazardan va eng avvalo ijtimoiy ildizlar mavqeidan qarashimiz zarur. Asrimizning 50 - 60 yillaridagi tadqiqotlar esa, bu sohadagi ta’limotni yanada rivojlantirib, dinning maxsus psixologik ildizlari ham borligini isbotladi.
Dunyoviy dinshunoslik dinning tasalli berish funktsiyasiga nisbatan salbiy munosabatini ham shu ma’noda tushunish lozim. Kimki qulni quldorlikka qarshi qo’zg’atish o’rniga unga tasalli bersa, quldorlarga yordam bergan bo’ladi; tasalli berishning asl mohiyati va ahamiyati to’g’risida gapirar ekanmiz, cherkov tasallisi ijtimoiy vazifasini sinfiy kurash nuqtai nazaridan tahlil etish kerak. Bunda tasalli berish inqilobiy harakatni rivojlantirishga to’sqinlik qiladigan ijtimoiy - psixologik omil sifatida qarab chiqilishi kerak. Bularning hammasidan mashhur dinshunoslar tasalli berishga, boshiga falokat, musibat, baxtsizlik tushgan, alam - sitamga duchor bo’lgan kishilar taqdiriga insonlarcha hamdardlikka salbiy munosabatda bo’lganlar, degan ma’no kelib chiqmaydi. Ularga inson sifatida axloqning ana shu umumbashariy qoidasi aslo begona emas, degan xulosa kelib chiqadi.
Muammolardan yana biri shundan iboratki, diniy his - tuyg’u tug’ma degan muammo ilmiy munozara bahslarining mavzui bo’lib qoldi. Bunda diniy dunyoqarash mavqeida turadigan kishilar faqatgina diniy his - tuyg’u.
Dinning jamiyatdagi vazifalari:

Dinning vazifalari uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo’shgan hissasini ko’rsatib berishdir.
Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni Dinshunoslikni o’qitish metodikasida funksionizm rivojlantiradi. Funksionizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

Yüklə 30,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin