Bunga mos ravishda relening ishlash vaqti avval birdaniga kamayadi, keyin esa deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi (relening xarakteristikasiga qarang).
Relening cho‘lg‘amidan elektromagnit elementning ishlash tokiga teng yoki undan katta tok o‘tsa, unda yakorning o‘ng tomoni magnit o‘zakka to‘g‘ridan – to‘g‘ri tortiladi. Rele sabr vaqtisiz ishlab xarakteristikani kesganday bo‘ladi. SHuning uchun elektromagnit element “tokli kesim” deyiladi.
Kesimning ishlash toki vint 10 yordamida o‘rnatiladi, uning shkalasidagi sonlar kesimning ishlash toki induksion elementning ishlash tokidan necha marta kattaligini ko‘rsatadi (2 dan 8 gacha).
Rele cho‘lg‘amidagi tok kamaysa yoki yo‘q bo‘lsa relening barcha qismalari avvalgi xolatiga qaytadi.
RT – 80 RELESI HAQIDA TEXNIK MA’LUMOTLAR
CHo‘lg‘amning nominal toki 5A va 10A
Induksion elementning ishlash toki ustavkalari:
2; 2.5; 3; 3.5; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10A
3. Ishlash vaqti ustavkalari: 1, 2, 3, 4 sek.
4. Tokli kesimning karralik ustavkalari: 2; 4; 6; 8
Diskning aylanishi induksion element ishlash tokini 30% ga to‘g‘ri keladi.
Induksion elementning ishlash tokidagi xatolik 5% dan oshmaydi.
Tokli kesimning tokidagi xatolik 30% dan ko‘p emas.
Induksion elementning qaytish koeffitsienti 0.8 dan kam emas.
Ustavka tokidagi iste’mol qilinadigan quvvat 10 VA dan ko‘p emas.
ISH DASTURI Relening tuzilishi bilan tanishib chiqing, magnit sistemasiga, induksion va vaqtni o‘zgartirish usullariga e’tibor bering, pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yozib oling.
Induksion elementdagi har bir ustavka uchun ish toki va qaytish tokini, qaytish koeffitsientini aniqlang.
Elektromagnit qism uchun shkaladagi bir necha ustavkada ish tokini aniqlang.
Rele ishlash vaqtini tokning karraligiga bog‘liqlik grafigini tuzing.
SHu grafikni tokli kesim ishlamay turgan hol uchun tuzing.