7 – tajriba ishi rt 80 turidagi induksion tok relesini sinash Ishdan maqsad



Yüklə 44,45 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü44,45 Kb.
#184912
  1   2   3
Tajriba ishi 7


7 – TAJRIBA ISHI


RT - 80 turidagi induksion tok relesini sinash


Ishdan maqsad
RT – 80 turdagi induksion maksimal tok relesini ish prinsipini va konstruksiyasini o‘rganish. Asosiy texnik parametrlarini va xarakteris-tikasini aniqlash.
Umumiy ma’lumotlar
a) tuzilishi
RT – 80 seriyali relelar ikki qismdan iborat, induksion element va elektromagnit element (tokli kesim)
Induksion elementning ishlashi tokning qiymatiga bog‘liq bo‘lgan sabr vaqtli, elektromagnit qismi tokning katta qiymatlarida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, tokli kesim deb ataladi.
Relening magnit o‘zagi (5.1-rasm) 16 murakkab ko‘rinishli bo‘lib, cho‘lg‘am 12, qisqa tutashgan o‘ram 18, alyumin disk 17 va tormozlovchi magnit 20 bilan birga induksion qabul qiluvchi elementni tashkil etadi. Sirtmoq 15 va yakor 9 bilan birgalikda esa elektromagnit qabul qiluvchi elementni xosil qiladi. Kontaktlar 6 va 7 ijro qiluvchi element bo‘lib xizmat qiladi.
Qabul qiluvchi va ijro etuvchi elementlarni bog‘lovchi element chervyak 3 dan va o‘q atrofida aylanuvchi tishli segment 1 dan iborat. Richag 8 orqali tishli segment povodok 19 ga tayanadi. Vint 25 yordamida povodok sabr vaqti shkalasi 24 ning kerakli joyiga maxkamlanadi.
Harakatlanuvchan ramka 23 ga alyumin diskning o‘qi zoldir yordamida o‘rnatiladi.
Ramkaning burilish burchagi vint 20 bilan chegaralanadi. Ramkani boshlang‘ich xolatda prujina 22 ushlab turadi.
Induksion elementning ishlash tokini o‘zgartirish uchun cho‘lg‘am 12 vintli qilib yasalgan. Bu vintlar uzib ulagichga chiqarib qo‘yilgan. SHtepsel vint 14 larning xolatiga qarab tok ustavkalari aniqlanadi. Boshqaruvchi vint 10 va ustavka shkalasi 11 yordamida magnit o‘zak bilan yakorning o‘ng tomoni orasidagi masofani o‘zgartirib tokli kesimning ishlash tokini o‘zgartirishi mumkin.
b) Ish prinsipi
induksion relening ishlashi uchun kamida 2 ta bir-biridan fazasi va maydon bilan farq qiluvchi magnit oqim mavjud bo‘lishi shart. Bu shartni bajarish uchun magnit sistemasining qutblariga qisqa tutashtirilgan o‘ramlar presslangan.
Relening cho‘lg‘amidan tok o‘tayotganda magnit oqim F1 hosil bo‘ladi.
Elektromagnit induksiya qonuniga asosan F1 oqim qisqa tutashgan o‘ramda Eqt e.yu.k. va tok Iqt ni, ular esa oqim F2 ni hosil qiladi.
Har qaysi oqim diskda tok xosil qiladi. Bu toklarning magnit oqim bilan o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi.



bu erda: - F1 va F2 oqimlar orasidagi faza burchagi





Ishlash tokining 20-30 foizida disk aylana boshlaydi. Aylanayotgan diskka Mayl dan tashqari doimiy magnit bilan bog‘liq bo‘lgan tormozlovchi moment Mtrm , segmentning massasiga bog‘liq bo‘lgan tormozlovchi inersiya momenti Mishq lari ta’sir qiladi. Diskning aylanish chastotasi ana shu momentlar hosil qilgan kuchlarning muvozanatiga bog‘liq.


Rele cho‘lg‘amidan induksion elementning ishlash tokiga teng tok o‘tganda ramkani aylantiruvchi kuch prujinaning kuchini engadi. Ramka disk bilan birga soat strelkasi bo‘yicha aylanadi. CHervyak tishli segment bilan bog‘lanadi, tishli segment esa yuqoriga ko‘tarilib 8 richagni 4 shayin bilan to‘qnashtiradi. Natijada yakorning o‘ng tomoni magnit o‘zakka tortiladi, shu vaqtda 6 va 7 kontaktlar ulanib, rele ishlaydi.
Relening cho‘lg‘amidagi tok qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik disk tez aylanadi, tishli segment tezroq yuqoriga ko‘tariladi, rele tezroq ishga tushaveradi.
CHo‘lg‘amdagi tok oshgani sari elektromagnit moment ham avvaliga tokning kvadratiga proporsional bo‘lib oshaveradi, magnit o‘zak to‘yina boshlagandan keyin momentning oshishi sekinlashadi.




Yüklə 44,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin