7-amaliy mashg‘ulot mavzu: atmosferani avtotransportlardan ifloslanishini aniqlash. Mashg’ulot rejasi: Darsning maqsadi



Yüklə 17,44 Kb.
səhifə1/4
tarix10.04.2023
ölçüsü17,44 Kb.
#95566
  1   2   3   4
7-амалий машғулот


7-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: ATMOSFERANI AVTOTRANSPORTLARDAN IFLOSLANISHINI ANIQLASH.
Mashg’ulot rejasi:
Darsning maqsadi: Atmosfera havosiga avtotransportlardan chiqadigan gazlar miqdorini aniqlash.
Mashg‘ulot vazifalari:

  • avtotransportdan chiqadigan havoni ifloslantiruvchi gazlar hamda 1 soat mobaynida yо‘ldan о‘tgan avtomashinalar sonini aniqlash;

  • 1 soat mobaynida yо‘lning shu qismida avtotransportdan qancha gaz chiqqanligini hisoblash;

  • Bir kecha-kunduzda bir transportdan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalar miqdorini bilishdan iborat.

Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar:

  • avtotransportdan chiqadigan havoni ifloslantiruvchi gazlar, 1 soat mobaynida yо‘ldan о‘tgan avtomashinalar sonini va 1 soat mobaynida yо‘lning shu qismida transportlardan qancha gaz chiqqanligini hisoblay oladi.

  • Bir kecha-kunduzda bir transportdan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalar miqdori tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘ladi.

Material va jihozlar: Laboratoriya mashg‘ulotining dars ishlanmasi, ma’ruza matni, jadval, rasmlar, kalkulyator, chorrahadan о‘tgan transportlarning turi va soni berilgan jadval, soat.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 6, 14, 22, 25
Nazariy material. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarish va avtotransportlar hisoblanadi. Havoga kо‘p miqdorda karbon kislota, uglerod oksidlari, sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda kо‘zga tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.
О‘zbekistonda atmosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi moddalarning miqdori keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, ya’ni jon boshiga yiliga 90 kg ni tashkil etmoqda. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdoriga nisbatan 51,9% SO2, 16% NO2, 17,9% uglevodorodlar, 8,9% CO, 6,1%-qattiq moddalar va 0,2% boshqa maxsus zararli moddalarga tо‘g‘ri keladi. Shu bilan birga ba’zi bir shaharlarda ifloslanishning sanitar-gigiyenik normadan ortiqligi kuzatilmoqda. Masalan Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent kabi shaharlar – changlar; Olmaliq – CO; Olmaliq, Navoiy, Marg‘ilon, Termiz, Angren, Farg‘ona – fenol; Andijon, Navoiy, Chirchiq, Toshkent ammiak bilan ifloslangan. Respublikada eng ifloslangan shahar Navoiy shahri hisoblanadi.

Yüklə 17,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin