7-Kechikishli obyektlarning rostlash tizimlari


O‘tish prosessidagi kechikishlar



Yüklə 62,58 Kb.
səhifə2/2
tarix24.06.2023
ölçüsü62,58 Kb.
#134853
1   2
7-amaliy

O‘tish prosessidagi kechikishlar
Obyekt bir rejimdan ikkinchi rejimga o‘tish prosessida chiqish signali Xq(t) krish signali Xq(t) ga nisbatan kechikadi. Kechikish vaqti bir sig‘imli obyekt lardan kam, ko‘p sig‘imli obyekt larda ancha ko‘p bo‘ladi. Bu kechikish odatda obyekt ning o‘tish grafigi Xq(t) orqali aniqlanadi. Bir sig‘imli statik obyekt ning o‘tish harakteristikasidan kirish signali Xq(t) bilan obyekt dan chiquvchi signal Xq(t) orasidagi boshlang‘ich kechikish yo‘qligini ko‘rish mumkin. Bunda rezervuarga suyuqlik tushishi bilanoq, rostlanuvchi parametr suyuqlik balandligi ∆N yoki Xq(t) paydo bo‘la boshlaydi. Amalda, ko‘pincha, bunday bo‘lmaydi, rostlanuvchi parametr Xq(t) vaqt bo‘yicha bir oz kechikib, paydo bo‘ladi. Buni ikki sig‘imli obyekt misolida aniqroq ko‘rishimiz mumkin (4-rasm,b).
Ikki sig‘imli obyektda birinchi rezervuarga tushgan suyuqlik ikkinchi rezervuarga birdaniga o‘ta olmaydi, bunga birlashtiruvchi truba uzunligi va jo‘mrak qarshiligi R sabab bo‘ladi. Natijada prosessning boshlanish qismidagi vaqt oralig‘i for ichida rostlanuvchi parametr Xq(t) ning o‘zgarish tezligi kirish signali Xk(t) ning o‘zgarish tezligidan kam bo‘ladi; chiqish signali vaqt bo‘yicha kirish signaliga nisbatan for vaqtga kechikadi (4-rasm,b). Kechikishning bu turi krolik kechikishi deb ataladi. Oraliq kechikish vaqti for ni topish uchun obyekt ning o‘tish harakteristikasiga av urinma o‘tkaziladi, shunda vaqt o‘qidagi oa oralig‘i kechikish vaqtini ko‘rsatadi.



4-rasm,



Avtomatik sistemalarda oraliq kechikishdan tashqari transport kechikishi (ft) deb ataladigan signal kechikishi ham bo‘ladi. Bunday kechikish obyektga kiruvchi miqdor bironta signal o‘tkazuvchi qurilma (transportyor, truboprovod,elektr liniyasi va boshqalar) orqali o‘tganda sodir bo‘ladi. Shu sababli obyektga kiruvchi miqdor bilan chiquvchi miqdor orasidagi o‘zgarishlari orasidagi kechikish vaqti f orqali kechikish vaqti for hamda transport kechikish vaqti ft larning yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
f= for + ft (3)
Ikki sig‘imli obyektlarning o‘tish grafigi (4-rasm,b) boshlang‘ich qismida chiqish signalining juda sekin o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan sig‘imlar oralig‘ida kechikish (for) borligi bilan bir sig‘imli obyekt larning o‘tish grafigidan farq qiladi.
Agar ikki sig‘imli obyekt sof kechikishli bir sig‘imli obyekt bilan almashtirilsa,undagi oraliq kechikishi for sof kechikish bilan almashtirilgan va ikkinchi tartibli obyekt (4-rasm,a) xarakteristikasi sof kechikishli birinchi tartibli obyekt xarakteristikasi bilan aproksimatsiya qilingan bo‘ladi (4-rasm,v).Shunday qilganda berilgan yuqori tartibli obyekt uchun regulyator tanlash, avtomatik rostlash sistemasini analiz qilish birmuncha soddalashadi.
Yüklə 62,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin