Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya - o'zaro uzviy bog‘liq bo’gan sharqona tushunchalardir. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o'zgarib-yangilanib boraveradi». Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi, avalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir». Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O’zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablaishtiradi. Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan 2020-yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda. Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda uzluksiz ta’lim tizimida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Ma’naviyat asoslari», «Milliy istiqlol g‘oyasi», «Axloqshunoslik», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» va shu kabi fanlar mazmuni mustaqillik mafkurasi asosida qayta tayyorlanganligi va boshqa turli fanlar mazmuniga ma’naviy qadriyatlar ruhining singdirilishi yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida buyuk burilish bo‘ldi. Ular orqali yoshlarimiz butun insoniyat, jumladan, Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari, shuningdek, o‘zbek xalqi yaratgan ma’naviy boyliklar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, buyuk vatandoshlarimiz (qomusiy va hadischi olimlarimiz)ning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissalarini yoritish orqali ularga milliy-ma’naviy merosda faxrlanish tuyg'usini tarbiyalash, qadriyatlar va urf-odatlarimizga ongli munosabatda bo’lishni singdirish imkoniyati yaratildi. Hozirgi demokratik jamiyatdagi tarbiyaning maqsadi yuksak ma’naviyatli, milliy taraqqiyot mafkuramizda qat’iy turuvchi, ona-Vatan ravnaqi fidoyisi, o‘zini va yon-atrofdagilarni yot g‘oyalardan asrovchi, yurt tinchligi, davlatimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida dovyuraklik va tashabbuskorlik bilan faoliyat yurituvchi barkamol shaxsni tayyorlash asosida barkamol avlodni shakllantirishdan iboratdir. Bunday tarbiyaviy faoliyat uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismidir va jamiyat taraqqiyotiga mos tarbiya vositalari, metodlari, usullari, yo‘llari va shu kabilar yuksalib boraveradi. Bunda:
xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati va umumbashariy qadriyatlarga suyangan holda tarbiyani rivojlantirish;
tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;
oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish Iozim.
o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va shu yo'nalishdagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishlarini yagona dinamik tizim sifatida ifodalab olish va uni muvaffaqiyatli faoliyat yuritish mexanizmlarini ishlab chiqish;
-jamiyat taraqqiyoti saviyasi va darajalarini e’tiborga olgan holda yoshlarning tarbiyasidagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish muammolari bilan muntazam qiziqib borish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni jamiyat taraqqiyoti mosligini kuzatish va nazorat qilishni va bu sohada monitoringni yo‘lga qo‘yish hamda uning natijalari asosida tarbiyada rostlash va tuzatishlar kiritish mexanizmlarini ishlab chiqish;
oliy o‘quv yurti talabalarining ma’naviy shakllanganligini aniqlashni modellashtirish Iozim va bu modelning obyektiga adekvatligini nazorat qilish orqali yoshlarning ma’naviy shakllanganligini aniqlashning tizimini yaratish. Ulardan kerak bo‘lganda ayrim talaba yoki guruh, kurs, fakultet va shuningdek, oliy o‘quv yurtining talabalarining ma’naviy yetukligini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish va uni yuksaltirishga uslubiy tavsiyalar tizimini ishlab chiqib, joriy etishga erishish va hokazo.