7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)


Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar



Yüklə 96,11 Kb.
səhifə22/29
tarix28.11.2023
ölçüsü96,11 Kb.
#169254
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
7-ma\'ruza PVP

Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar:

  1. Ijimoiy-tarixiy.

  2. Tabiiy-tarixiy.

  3. Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg'or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, Ya.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko'ra guiuhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.«Ta'lim va oson o'qishning asosiy qoidalari» («Buyuk didaktika» -XVII bob);
«Tabiiy o'qish va ta'limning asosiy qoidalari»; «Fanlarga o'qitish san'atining to'qqiz qoidasi» (XX bob) va boshqalar. Dsterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo'lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko'ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh - o'qituvchiga nisbatan, ikkinchisi - dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi — o'quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.


5. Ilmiylik, tizimlilik va izchillik prinsiplari, ta'limning amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi, ta'limda onglilik va faollik prinsipi, ko‘rsatmalilik prinsipi, tushunarlilik prinsipi, mustahkamlilik prinsipi, o‘qitishda individual yondashish prinsipi.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi.
Ta’limni insonparvarlashtirish – uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o’zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o’quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo’shiluvi va madaniyatni o’zlashtirishi hamma-hammasi so’nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo’nalishda so’nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat’iy belgilash, ularga qattiq ta’sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo’lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko’plab innovatsiyalar yo’naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi o’laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo’naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta’limni insonparvarlashtirish», ya’ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta’lim esa, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.

Yüklə 96,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin