7-ma’ruza: didaktika ta’lim nazariyasi. Pedagogik jarayon. Ta’lim tamoyillari va qoidalari. (2 Soat)



Yüklə 96,11 Kb.
səhifə20/29
tarix28.11.2023
ölçüsü96,11 Kb.
#169254
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
7-ma\'ruza PVP

2. Ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi;
3. Ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq;
4. Ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog’liq;
5. Ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq;
6. Ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq.
Pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud:
1. Gnoseologik: ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga; ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga; bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq;
2. Psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq;
3. Kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog’liq;
4. Sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-biriga o’rgatishning jadalligiga; o’qituvchi va o’quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog’liq;

Yüklə 96,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin