64- rasmda n- va r- tipdagi yarim o’tkazgichlarning energetik diagrammasi keltirilgan. n-tipdagi yarim o’tkazgichda donor energetik sathi εD o’tkazuvchanlik zonasiga yaqin va Fermi sathining pastida joylashadi. r-tipdagi yarim o’tkazgichlarda akseptorning energetik sathi εA o’tkazuvchanlik zonasidan uzoqda va Fermi sathining yuqorisida joylashadi.
Shu ikki tipdagi yarim o’tkazgichlarni tutashtirib birlashtirilsa, r-n-o’tishli yarim o’tkazgich hosil bo’ladi. Termodinamikaning talabiga muvofiq energetik sathlarning ciljishi sodir bo’ladi. O’tkazuvchan va valent zonalarining energetik kengliklari bir-biridan fark qiladi. r-tipli yarim o’tkazgichning potensial energiyasi katta bo’ladi. 65-rasmda r-n-o’tishli yarim o’tkazgichning energetik sxemasi ifodalangan.
65-rasm.Kuchsiz ligerlangan r-n o’tishli yarim o’tkazgichning energiya zonalari.
Yarim o’tkazgichli lazerlar uchun r-n-o’tish sohasida elektron va teshiklar bir vaqtda ishtirok etishi katta axamiyatga ega. Bu shart kuchli legirlangan yarim o’tkazgich donor va akseptorni hosil qiladigan elementlarni yarim o’tkazgichning kristall panjarasiga kiritib konsentrasiyasini bir santimetr kub hajmda 1017—1018 ta atomga yetkazishda bajriladi. Kuchli legirlangan yarim o’tkazgichlarda Fermi sathi εF o’tkazuvchanlik zonasining ichida joylashadi. n-tipda donor sathi elektronga to’ladi va qisman o’tkazuvchanlik zonasiga xam utadi. r-tipli yarim o’tkazgichda esa akseptor sathi to’lmaydi va tirqish valent zonasida paydo buladi. Fermi sathi esa valent zonasida joy-
lashadi. Shu ikki xil kuchli legirlangan yarim o’tkazgichlar tutashtirib qo’shilsa, energetik sathlar siljiydi va Fermi sathi ikkala tip uchun bir xil qiymatga ega bo’ladi.
66-rasmda kuchli legirlangan r-n-tipli yarim o’tkazgichning energetik sxemasi keltirilgan.