portal guldu uz Лазерлар ва оптика магистрлар учун маъруза
Arsiniy galliy lazerining to’lqin uzunligi λ=0,84mkm. 77°K temperaturada foydali ish koeffisiyenti 70-80 foizni tashkil qiladi. 67-rasmda yarim o’tkazgich lazerini damlash, nurlanish energetik sathilari va lazerning to`zilishi sxematik ravishda keltirilgan.
GaAs lazeri generasiyasining quyi chegarasi, 77°K temperaturada (2-3)x102A/sm2 ni tashkil egadi. Impulsli rejimda elektr toki 0,5÷1 mikrosekund davomida inversion kuchirish hosil qiladi, uning quvvati 100Vt ga yaqin. Uzluksiz rejimda esa quvvati bir necha vattni tashkil etadi. Aslida yarim o’tkazgich lazerlari eng samarali lazer bo’lishi bilan birga generasiyasi keng spektral oralikni (λ=0,3mkm dan to 30mkm) egallaydi. Damlash tokining GaAs lazeri generasiyasining quyi chegarasidan ancha yuqori qiymatida nurlanish spektri 3,5sm–1 kenglikka ega. Ikkita bo’ylama moddalarning spektral oralig’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(2.6.2)
-sindirish ko’rsatkichi, λ-to’lqin uzunligi. dn/dλ sindirish ko’rsatkichining dispersiyasi, L-rezonator ko’zgulari orasidagi masofa (yarim o’tkazgich kristallining qalinligi). Ga(As1-xPx) lazeri – boshqa yarim o’tkazgich lazerlariga nisbatan ancha keng spektral oraliqda generasiya (0,84mkm dan to 0,64mkm gacha) hosil qiladi. Toza GaAs (x=0) da generasiya λ=0,84mkm, agar moddaning tarkibi o’zgartirilsa (x=0,4), generasiya chastotasi ham o’zgaradi va nurlanish spektrining to’lqin uzunligi 0,64mkm ni tashkil etadi. Yarim o’tkazgichning temperaturasini o’zgartirish yo’li bilan ham tashqi bosim (mexanik kuch ta’sirida) ham generasiya chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjuddir.
67- rasm, a) Yarim o’tkazgich lazerining to`zilishi sxemasi: 1 — elektr toki beriladigan simning kontakti, 2 — yarim o’tkazgich kristali. b) Damlash sxemasi.
Shunday qilib, yarim o’tkazgichlarning tarkibini, temperaturasini o’zgartirib va bosim ta’sirida generasiya chastotasini (to’lqin uzunligini) uzluksiz o’zgartirish mumkin. Shu sababli yarim o’tkazgich lazeri spekroskopiyada keng ko’lamda ishlatiladi.