O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT
TЕXNOLOGIYALARI
UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
“ TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ”
FAKULTЕTI
2 - BOSQICH TT-12-22(s) GURUH TALABASI
NURQULOV INNATILLONING
DASTURLASH FANIDAN
3
-Mustaqil ishi
Fan o’qituvchisi: SAMANDAROVA .SH.M
Mavzu-1:
Chiziqli jarayonlarni tashkil etish
(Algoritm va dastur).
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga
muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalardan tuzilgan
algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart
tekshirilishi yoki biron parametrning har xil
qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz
beradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin.
Masalan: so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish;
blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash
va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash
qulay va tushunarli bo‘lgani uchun ko‘p ishlatiladi.
Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga
ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri
to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb
belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi.
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan
bilgan holda ba’zan esa bilmagan holda ishlatamiz.
Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega
bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham
ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, ovqat tayyorlash, choy
damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu
ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq
ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. Agar bu
ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida
bajarilmasa kerakli natijani olaolmaymiz. Misol
tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan
butelbrod tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik.
Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, kolbasa va
pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash
algoritmi:
1. non bo‘lagini kesib olish;
2. kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
3. kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga
qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa
yoki biror bir bosqich amalga oshirilmasa natija
bo‘lmaydi.
Algoritmik tillar
Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng
dastur tuziladi. Dastur - bu berilgan algoritmga
asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan
ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar
to‘plamidir. Dasturlash - esa bu dastur tuzish
jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan iboratdir:
1.dasturga bo‘lgan talablar;
2.qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab
chiqish;
3.dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
4.dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud.
Ularga dasturlash tillari deb ataymiz. Algoritmik til -
algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun
ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir.
Algoritmik til oddiy tilga yaqin bo‘lib u matematik
belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu
sababli yozilgan algoritmni biror bir algoritmik tilga
o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z
qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik
hisob ishlarini bajarishda Paskal, Beysik va Fortran.
Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol.
Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar.
O‘quv jarayonlari uchun Beysik, Paskal va
boshqalar.
Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan
hisoblanadi. Assembler tili mashina tiliga ancha
yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til
inson tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori
darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki
darajali tildir.
Dostları ilə paylaş: |