7-ma’ruza. Hozirgi o’zbek adabiy tilida urg’u va bo’g’in Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar



Yüklə 98,9 Kb.
səhifə1/33
tarix12.07.2023
ölçüsü98,9 Kb.
#136415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
ONA TILI OCHIQ MASHG`ULOT


7-ma’ruza. Hozirgi o’zbek adabiy tilida urg’u va bo’g’in 

 

Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar: so’z urg’usi, gap urg’usi, ochiq 
bo’g’in, yopiq bo’g’in,
Reja 
1. Urg’u va uning turlari 

2. Urg’u so’z oxiriga tushmaydigan holatlar 


3. Bo’g’in va uning turlari 
4. Bo’g’in tiplari
5. Bo’g’inning ahamiyati 


 

Urg’u va uning turlari. Co’z tarkibidagi bo’g’in yoki gap tarkibidagi 
biror so’zga zarb berib, ta‘kid bilan aytilishiga urg’u deyiladi. Urg’u tushish 
o’rniga ko’ra so’z urg’usi va gap urg’usiga bo’linadi.
Gap urg’usi adabiyotlarda ma‘no urg’usi, mantiqiy urg’u, logik urg’u 
terminlari bilan ham yuritiladi. Gap urg’usi gapdagi so’zni mazmun jihatidan 
ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Gap urg’usi gapdagi barcha so’zga tusha 
olishi mumkin. Urg’u tushgan so’zni talaffuzda ta‘kidlab aytilishi bilan
yozuvda esa kesim oldida qo’llanilishi bilan ajratish mumkin: 


Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi 
o’tkazildimi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o’tkazildi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi 
o’tkazildimi?
Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi 
o’tkazildimi?
Yoki:

Biz yozda Samarqand shahriga sayohatga boramiz.


Yozda Samarqand shahriga sayohatga biz boramiz. 
Biz Samarqand shahriga sayohatga yozda boramiz. 
Biz yozda sayohatga Samarqand shahriga boramiz.
So’z urg’usida, odatda so’zning ma‘lum bir bo’g’inidagi unli tovush 
boshqalariga qaraganda kuchliroq talaffuz qilinadi.
O’zbek tilida urg’u, asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zga 
qo’shimcha qo’shilsa, urg’u keyingi bo’g’inga ko’chadi: ishchi – ishchilar – 
ishchilarimiz – ishchilarimizning. Urg’u tushgan bo’g’in urg’uli bo’g’in deb 
yuritiladi.
Urg’u quyidagi belgilariga ko’ra tasnif qilinadi: 
1. Erkin urg’u va bog’liq urg’u 
2. Dinamik urg’u va musiqaviy urg’u 
So’z bo’g’inlaridan bo’g’inlarga ko’chib uning ma‘nolarini farqlash 
uchun xizmat qiladigan urg’u erkin urg’u deyiladi: hozir – ravish, hozir – sifat, 
yangi – ravish, yangi – sifat, yozma – fe‘l, yozma – sifat. 
So’zning oxirgi bo’g’iniga tushadigan urg’u bog’liq urg’u deyiladi. 
Іavo oqimining kuchi bilan ifodalangan urg’u dinamik urg’u deyiladi. 
O’zbek, rus, tojik tillarida urg’u dinamik xarakterli bo’lib, urg’uli bo’g’in 
21 

44 



Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabatlari ikki xildir. Masalan, [daraxt] va 
[tana], [ildiz], [barg], [shox] birliklarining o‘zaro munosabati [daraxt] va 
[olma], [o‘rik], [nok], [gilos] leksemalarining o‘zaro munosabatlaridan farq 
qiladi. 
Avvalgi pog‘onali munosabatda [daraxt] butunni va qolganlari qismni 
ifodalab, keyingisida [daraxt] turni ifodalasa, mevaning muayyan nomlarini 
ifodalovchi birliklar turning ko‘rinishlari - jinslar sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ikkinchi munosabatdagi birliklar [daraxt] leksemasining xususiy ko‘rinishlari - 
juziylashishidir. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan 
«Gilos daraxtdir» tarzidagi hukmni aytish mantiqiydir. Biroq «Ildiz daraxtdir» 
deyish mumkin emas. 
Tilshunoslikda lisoniy birliklarning butun-bo‘lak munosabati 
Yüklə 98,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin