23. -u , (-yu) , -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida kelganida qo’shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi? A) Zidlash va ketma- ketlik
B) Zidlash va tenglik
C) Zidlash va inkor
D) Zidlash va bir paytda bo’lganlik
24. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping A) Yo’l yurib charchagan Roziq ko’rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi
B) Voajab, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi
C) U davra o’rtasiga o’tirdi-da sekin so’zlay boshladi
D) Suni unutmang-ki,yomonlarga yo’ldosh bo’laslik kerak
25. Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini goh…,goh ; dam…, dam; ba’zan… , ba’zan singari boglovchilar bog’lab keladi? A) Qoshma gap qismlarida voqea –hodisalarning galma- gal ro’y berishini ifodalaganda
B) Qo’shma gap qismlari orasida voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaganda
C) Voqea hodisalar takror amalga oshirilishini bildirganda
D) Qo’shma gap qismlarda o’xsahtish – qiyoslash unosabati ifodalanganda
26. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang A) Jondan ortiq narsa yo’q , lekin do’stlar uchun jonimiz fido
B) Men kuyladim goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to’qiyman men
C) Men yoki singlim buvimnikada qolamiz
D) U kim bo’lsa bo’lsin , men esa arxitektor bo’laman
27. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping A) Aka va singil ko’chadagi harakatni goh eshikka chiqib , goh uy derazasidan kuzatishdi
B) Boyagi izg’irin pasaygan, lekin kun sovuq edi
C) Bektemir dam to’xtab , dam xayol surib turgan generalga duch keldi
D) Yo sen ketasan , yo u ketadi
28. Qanday gapga bosh gap deyiladi? A) Mazmuni izohlanayotgan gap
B) Boshqa gapning mazmunini izohlayotgan gap
C) Ergash gapga tobelangan gap
D) Nisbiy so’zli gap