7-maruza: Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini o`rganish va kamaytirish Reja



Yüklə 424,14 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü424,14 Kb.
#180902
1   2   3   4   5   6
маруза7

Paylarning cho’zilishi va uzilishi. Simptomlari. Birinchi tibbiy yordam va davolash.
Paylarning cho’zilishi tashqi kuch ta’sirida to’qimalarning haddan tashqari zo’riqishi natijasida ro’yberadi. Tashqi kuch ta’sirida bo’g’im yuzalari vaqtincha fiziologik me’yordan chiqqan holda bir-biridan uzoqlashadi va bunda bo’g’im xaltasi va uni ushlab turuvchi pay va muskullar zararlanmaydi. Ko’pincha boldir-tovon bo’g’imi paylari cho’ziladi. Paylar cho’zilganda ularning anatomik butunligi buzilmaydi, qon tomirlar uzilishi mumkin. Natijada bo’g’im atrofida shish va aseptik yallig’lanish ro’y beradi. Dastlabki vaqtlarda qon quyilishi bilinmasligi mumkin, keyinchalik esa tqq ko’kimtir dog’lar paydo bo’ladi. Bo’g’im harakati yo’qolmasa ham, harakat vaqtida og’riqni zo’rayishi harakatni chegaralaydi. Birinchi tibbiy yordam xuddi lat eyishdagiga o’xshash bo’lib, qon quyilishini kamaytirish maqsadida dastlab (muz xaltasi, sovuq jismlar, sovuq kompress) bosiladi. Uchinchi kundan boshlab, iliq muolajalarga o’tiladi. Bemor tinch yotgan holatda oyoqlari ko’tarilgan bo’lib, siqib turuvchi bog’lam qo’yiladi. Ko’rilgan choralar taxminan 10 kunlardan keyin bemor yurishiga imkon yaratadi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi to’satdan bo’ladigan keskin harakat natijasida ro’y beradi. Muskul, pay va boylamlarning uzilishi qisman yoki to’liq bo’lishi mumkin, boylamlar suyak to’qimasining bo’laklari bilan uzilib ketishi ham mumkin. Muskul, pay va boylamlarning uzilish belgilari engil, o’rta darajada va og’ir formada namoyon bo’lishi mumkin. Hamma darajaga xos bo’lgan umumiy belgilar: boylam va paylarning suyakka birikkan joyida va muskulning uzilgan joyida kuchli og’riqni bo’lishi;bo’g’imni o’rab turgan to’qimalarga qon quyilishi, yoki bo’g’im bo’shlig’iga qon quyilishi (gemartroz) oqibatida shikastlanish joyi atrofida gematoma va shish paydo bo’lishi;bo’g’im qo’lyoki oyoq harakati funksiyasini buzilishi, shikastlangan muskulning funksiyasini buzilishi.Ko’pincha bloksimon bo’g’imlarning (boldir-tovon, tizza,bilak- panja) kamroq sharsimon bo’g’imlarning boylamlari zararlanadi. Birinchi tibbiy yordam shikastlangan joylarni tinchlantirgan holatda siqib bog’lash, shina yoki qo’l ostidagi materiallar bilan harakatni chegaralab, qimirlatmaslik (immobilizasiya qilish), kuchli og’riq bo’lganda shpris yordamida og’riq qoldiruvchi vositalarni in’eksiya qilish, shikastlangan joyga sovuq jism yokimuz qo’yish va o’z vaqtida tibbiy muassasalarga evakuasiya qilish. Tibbiy muassasada shikastlangan joyga tinch holat yaratib beriladi. 1-darajali uzilishda 7-10 kun, 2-darajada 21 kun, 3- darajada 4-6 haftacha immobilizasiya qilish tavsiya etiladi. SHikastlangan joyni immobilizasiya qilish shinalar, mahkamlovchi bog’lamlar va gipsli longetlar yordamida amalga oshiriladi. Muskul, pay va bo’g’imlarning to’liq uzilishi ro’y berganda jarrohlik yo’li bilan tikib qo’yiladi. Keyinchalik davolash gimnastikasi, uqalash (massaj), fizioterapiya (quruq issiq, parafin va balchiqli applikasiyalar) tavsiya etiladi.

Yüklə 424,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin