Ish faoliyatidagizararli va xavfliomillar quyidagi turlarga bo’linadi:
Zararli odatlar: spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste’mol qilish, sigaret, nos, nasha chekish. Buning oqibatida insonning sog’ligi zaiflashadi, xotira va ish qobiliyati pasayadi, psixologik o’zgarishlar paydo bo’ladi. Tabiiy ofatlar natijasida insonlar ruhiyatida sodir bo’ladigan asosiy o’zgarishlar – bu uyqusizlik, vaxima, kuchli hayajonlanish, kechalari qo’rqib uyg’onish, sarosimaga tushish va boshqalar.
Fizikaviy:vibrasiya, elektr magnit to’lqinlari, shovqin, infraqizil nurlar, ulьtrabinafsha radiasiya, elektr toki, mashina, mehanizmlar, ish joyidagi mateial va jihozlarning issiq yoki sovuqligi.
Biologik:patogen mikroblar va ularning toksinlari. Hayvon, o’simliklarning o’rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi.
Psixofiziologik: asab-ruhiy – ilmiy xodimlar, o’qituvchilar, talabalar mehnati, ijod bilan shug’ullanuvchilar, operatorlar, aviadispetcherlar, noqulay vaziyatdagi ish, qo’l mehnati, og’ir yuk ko’tarish, og’ir mehnat.
Mehnatsharoiti– mehnat jarayonida insonning sog’ligi va ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni yig’indisidir. Mehnat sharoitlari 4 ta sinf bo’yicha baholanadi:
sinf: optimal mehnat sharoitlari – ular ishlab chiqarishni oshiradi va diqqat-e’tiborni kam talab qiladi.
sinf: mumkin bo’lgan mehnat sharoitlari – bu muhit va mehnat jarayonining
omillari ish joyidagi gigienik me’yorlarni buzmaydi. Bu sharoitlar
inson salomatligi va uning zurriyotiga xavf solmaydi.
sinf: zararli mehnat sharoitlari – bunda ishlab chiqarish omillari gigienik
normadan oshadi va inson sog’ligi, uning zurriyotiga zarar ko’rsatadi. Ular 4 darajali bo’ladi:
Organizmda tiklanadigan funksional o’zgarishlar bo’ladi.
Organizmda jiddiy funksional o’zgarishlar, kasalliklar keltirib chiqaradi.
Kasb kasalliklariga olib keladi va surunkali kasalliklarni o’sishiga olib keladi.
Yaqqol bo’lgan professional kasalliklarning rivojlanishiga va ish qobiliyatini vaqtinchalik yo’qotishga olib keladi.
sinf: shikastlanishga (ekstremal) olib keladigan mehnat sharoitlari.
Ish vaqtida hayotga xavf soladigan va o’tkir professional kasalliklarga olib keladigan mehnat sharoitlari:
Mehnat sharoitlari