Sanitariya-gigieniksabablar.Ob-havo sharoitining qoniqarsiz bo’lishi, korxonadagi havo muhitining changlanganligi, ish joylarini etarlicha yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, sanitariya- gigenik xonalarining etarli emasligi yoki ularning sanitariya talablariga javob bermasligi va b.
Iqtisodiy sabablar.Mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek,oylik maoshlarni o’z vaqtida berilmaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilashga etarli mablag’ ajratilmasligi tufayli kelib chiquvchi sabablar hisoblanadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo’ladiganbaxtsiz hodisalarga uning ehtiyotsizligi, intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi sabab bo’ladi.
Kasbiykasalliklar– ishlovchi uchun zararli va xavfli ish sharoitlarining ta’siri natijasida hosil bo’ladigan kasallik. SHikastlanishlar va kasbiy kasalliklarning sabablari:
Tashkiliy ish joyini qoniqarsiz tashkil qilish.
Ishlab chiqarishda chang eng ko’p tarqalgan noqulay omil hisoblanadi. Sanoat, transport, qishloq xo’jaligidagi ko’plab texnologik jarayonlar chang hosil qilishga sabab bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra organik (o’simlik va hayvonot), noorganik (metall, mineral) va aralash changlar mavjud. Ayniqsa, changda azot kremniy ikki oksidning bo’lishi pnevmokonioz kasalligining paydo bo’lishida o’ziga xos rol o’ynaydi. CHangning kremniy erkin birikmasida mavjud bo’lgan, ayniqsa miqdori 10 % dan ortadigan kvarsli chang ta’sirida silikoz kasalligiga chalinish mumkin. Bu kasalliklar kon, shaxta, mashinasozlik, shisha, chinni va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlaydigan kishilarda ko’proq uchraydi. CHang organizmga nafas yo’llari, teri va ovqat hazm qilish yo’llari orqali kirib, ishchi xodimlarning zaxarlanishiga sabab bo’ladi hamda o’tkir va surunkali kasb kasalliklarini qo’zg’ashi mumkin. Zaxarlar o’ziga xos ta’sirdan tashqari, organizmning yuqumli va boshqa kasalli