Jarohatlarvaulardashoshilinch tibbiyyordam. Mexanik ta’sir natijasida organ va to’qimalarning teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan bo’ladigan shikastlanishga jarohatdeyiladi. Jarohat beruvchi jism ta’sirida to’qimalar orasida qon ivimalari, o’lgan to’qimalar bo’laklari, suyak parchalari va yot narsalar bilan to’lgan yoriq hosil bo’ladi. Bu yoriqni jarohat kanali deb ataladi. Jarohat beruvchi jismning kuchi, shakli, harakat yo’nalishiga qarab, jarohatlar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladilar:
bo’shliqqa kirgan va kirmagan.(kalla suyagi, ko’krak, qorin, bo’g’im bo’shliqlariga)
Jarohat sababiga ko’ra:
jarrohlik (aseptik)
tasodifiy
o’q tekkan va o’q tegmagan
mikrob bilan ifloslangan (infisirlangan)
Jarohat beruvchi jismning turiga va jarohat kanalining xarakteriga ko’ra:
Sanchilgan jarohat - o’tkir uchli qurollarni sanchilishi natijasida vujudga keladi. (nina, mix, o’tkir suyak, bigiz va b). Bunday jarohatni kirish teshigi to’qimalarning qisqarishi natijasida kichik bo’lib, undan chiqadigan ajralma (qon) deyarli bo’lmaydi.
Sanchilgan jarohatlarning xavfli tomoni shundaki, hayot uchun zarur bo’lgan organlar zararlanishi mumkin (yurak, tomirlar, kovak organlar, miya) to’qima va organlar mikroblar bilan ifloslanishi mumkin.
Kesilganjarohatlaro’tkir tig’li jismlar ta’sirida vujudga keladi. (pichoq, lezviya, shisha, skalьpel). jarohatning chetlari tekis, atrofdagi to’qimalar kam zararlanadi. Jarohat chetlari bir-biriga tegmaydi, shuning uchun jarohatdan qon oqib turadi va u bilan ma’lum miqdordagi mikroblar chiqib ketadi. Bunday jarohatlar kamroq yiringlaydi, tezroq bitadi.
Lat yegan jarohatlar – birorta tumtoq jism ta’sirida kelib chiqadi (tosh, yog’och). Bu turga yirtilgan va ezilib ketgan jarohatlar ham kiradi. Bunday jarohatlarda qon ketish unchalik ko’p bo’lmaydi, atrofdagi to’qimalar zararlanishi kengroq bo’ladi. SHu sabab jarohat chetlari notekis, to’qimalari o’lgan bo’lib infeksiya rivojlanishi uchun sharoit etarli darajada.
Tishlanganjarohatlar - hayvon yoki odam tishlashidan vujudga keladi. Bunday jarohatlarga odam yoki hayvonning mikroflorasining tushishi oqibatida ko’proq yiringlaydi. Hatto tishlangan jarohat qutu- rish virusi bilan zararlangan bo’lishi mumkin.
Zaharlanganjarohatlar– ilon yoki chayon chaqishi, o’q tekkan jarohatlar - o’q otuvchi qurollar qo’llanilishi natijasida sodir bo’ladi.
O’qtekkanjarohatlardakirish teshigi, jarohat kanali yoki jaro hat bo’shlig’i, o’q teshib o’tganda esa - chiqish teshigi farqlanadi. Kelib chiqishiga ko’ra jarohatlar - ataylab qilingan va tasodifiy jarohatlarga taqsimlanadi. Hamma tasodifiy jarohatlar bakteriyalar bilan ifloslangan bo’ladi. Infisirlangan jarohatlarda mahalliy yallig’lanish kuzatilib, ular infeksiyani to’qimalar orasiga, limfatik to’qimalar orasiga, limfatik va qon tomir yo’llariga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kovakli organlar jarohatlarda jarohat infeksiyasi tez vujudga kelib, tez tarqaladi. Jarohatni mahalliy belgilari: og’riq, shish, giperemiya, mahalliy gipertermiya.
Og’riq ayniqsa jarohatlanish vaqtida kuchliroq seziladi va shu joyni sezuvchanlgiga bog’liq bo’ladi. Barmoqlar, tish, til, jinsiy organ- lar, orqa chiqaruv teshigi sohalarida og’riq kuchliroq seziladi. Jarohat bitaborgan sari og’riq kamaya boradi. Og’riqni kuchayishi jarohatni yiringlaganini bildiradi.
Jarohatning asoratlari.
Qon oqish – agar yirik qon tomirdagi qon oqayotgan bo’lsa, xavfli.
Ba’zan kuchli og’riq natijasida travmatik shok bo’lishi mumkin.
Qolgan hollarda asosiy xavf - jarohat infeksiyalanishi natijasida yiringlashi hisoblanadi. Ba’zan qoqshol, gazli gangrena va quturish kabi xavfli kasalliklarga sabab bo’ladi.
Nazoratsavollari: Ishlab chiqarishdagi qanday kasb kasalliklarini bilasiz?