7-MA’RUZA. MASOFALI OʻQITISHNI TASHKIL ETISH VA OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR.
REJA:
Masofadan o‘qitish tizimlari. Masofaviy o‘qitishni tashkil qilish va yuritish
Masofaviy ta’limda o‘qituvchi aloqasi. Masofaviy ta’limda o‘zaro aloqa.
Masofaviy o‘qitish modellari va ularning turlari
Internet orqali mustaqil ta’lim.
Elektron pochta orqali ta’lim.
Ta’lim sohasiga mo‘ljallangan kompyuter vositalarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: umumiy foydalanishga mo‘ljallangan xizmatchi dasturiy vositalar, o‘rganuvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshiruvchi dasturiy vositalar, elektron trenajerlar, matematik va imitatsion modellashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar, virtual laboratoriya dasturiy vositalari, ma’lumot-qidiruv tizimlari, avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari, elektron darsliklar, ekspertli o‘qitish tizimlari, aqliy (intellektual) o‘qitish tizimlari, avtomatlashtirilgan kasbiy faoliyat vositalari (ishlab chiqarish tizimlari yoki ularning o‘qitish vositalari).
Kompyuter texnologiyalari asosidagi masofaviy o‘qitish (MO‘) texnik infratuzilmaga asoslangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: kompyuter (o‘quv ma’lumotini joylashtirish va namoyish qilish vositasi sifatida) va kompyuter tarmog‘i (o‘quv ma’lumotidan foydalanish imkonini beruvchi vosita sifatida). Hozirgi paytda yaratilayotgan masofadan o‘qitish tizimlari bir qancha tamoyillarga asoslanadi. Bu tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quv materialining tarqalishi tamoyili, o‘quv materialining interaktivligi tamoyili, o‘quv materialining multimediaviy tasvirlanishi tamoyili, o‘quv materialining o‘rganuvchi shaxsiy xususiyatlariga moslashuvchanligi tamoyili va h.k. Axborot o‘quv manbalarini ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: o‘rganuvchi kompyuterida mavjud bo‘lgan (lokal komponentlar) va o‘quv markazi kompyuterida joylashgan (tarmoq komponentlari) o‘quv manbalari.
Hozirgi vaqtda Oliy o‘quv yurtlarida (OO‘Yu) MO‘ kurslarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kursni yaratish protsedurasini yengillashtiruvchi va ko‘p sonli talabalarni o‘qitish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar uskunasini tanlash muammosi bilan duch kelinmoqda. Aksariyat elektron nashrlarda materiallarni HTML tili (yoki XML) yordamida
yaratilmoqda. Bunda qo‘shimcha ravishda Java va boshqa tillarda online testlari, interaktiv so‘rov shakllari, animatsiya, veb-forum va chatlar ham yaratilmoqda. Bunday qo‘l mehnati o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ijobiy tomoni – bu kurs interfeysi soddaligi, veb-sahifaning yuqori tezlikda yo‘qlanishi, shrift va stillarni tanlash, veb- o‘quv materiali yoki foydalanuvchidagi mavjud ma’lumotlar matnini tahrirlashda qulaylik tug‘dirsa, salbiy tomonlariga bunaqa kurslarni yaratish uchun ko‘p mehnat sarflanishi, kurs sahifasidagi materiallarni yangilash, tahrirlashdagi noqulayliklar, dizaynning ko‘rimsizligi, bitta kurs bo‘yicha uning interaktivligini oshirish uchun – chat-serverlar, veb-forumlar, onlaynli kutubxona tizimi va turli ma’lumotlar bazasidan foydalanish zarurligini keltirish mumkin.
Keyingi paytlarda kasbiy darajadagi MO‘ kurslarini yaratish bo‘yicha integrallashtirilgan uckunaviy dasturiy qobiqlar ko‘plab yaratilmoqda. Ular masofaviy kurslarni yuritishda quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi: uskunaviy modul – veb-sahifa, test, so‘rovlar yaratish vositalari, turli kurs elementlarining bir-biri bilan bog‘lanishi va boshqalar;
interaktiv modul – chat, veb-forumlar, kursning ichki elektron pochtasi, e’lonlar doskasi, individual sahifalar;
boshqaruvchi modul – o‘rganuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, o‘rganuvchilar faolligini kuzatish vositalari, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish ma’lumotlar bazasi va boshqalar;
namoyish qilish moduli – o‘rganuvchilar foydalaniladigan veb-o‘quv materiali; arxiv modul yoki kurs mediatekasi – o‘rganuvchi o‘quv maqsadida qo‘llashi mumkin bo‘lgan matnlar, rasmlar, animatsion, video- va audio- fayllar va shu kabi materiallar kollektsiyasi.
Aksariyat qobiqlarda o‘qituvchi yoki kurs yaratuvchisi yoki o‘rganuvchilar uchun har xil ruxsat darajalari va albatta interfeyslar o‘rnatiladi. Masalan, o‘rganuvchi faoliyat jarayonida o‘qituvchi, administrator va kurs yaratuvchisi uchun ruxsat berilgan uskunaviy va administrativ modulni “ko‘rmaydi”.
Hozirgi paytdagi kurs yaratish qobiqlari yo‘qsak murakkablikka ega. Murakkablikni tanlashda qobiq nafaqat hozirgi oliy o‘quv yurtlari va MO‘ kursini yuritish talablariga javob berishi, balki keyinchalik MO‘ tizimining ham son jihatdan (o‘qitish hajmining kengligi, o‘quv kurslarining ko‘pligi), ham sifat jihatdan (kurslar interaktivligi oshishi, o‘qitish texnologiyasi va metodikasining hamkorlikda, kichik guruhlarda va boshqalarda qo‘llab- quvvatlanishi) rivojlanishiga ham ta’sir qilishi lozim.
Quyida biz oliy o‘quv yurti xodimi yoki dasturchisi MO‘ kursini yaratishida uskunaviy dasturiy vositalarni tanlashda yuzaga keladigan ba’zi
muammolarni keltirib o‘tamiz: Oliy o‘quv yurtining iqtisodiy imkoniyatlari, MO‘ dasturiy vositalarini joriy qilishda qanday vositalar rejalashtirilgan, ya’ni, MO‘ kursining ayni paytda va keyinchalik texnik kuzatuvi uchun rejalashtirilgan budjet taqsimoti qanday? Yaratilayotgan qobiq qancha o‘rganuvchiga (talabaga) mo‘ljallangan? Aniq bir sondagi o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan yoki o‘rganuvchilar soni cheklanmagan qobiqlarni litsenziyasi bilan birga sotib olinishiga talab qanday? Kurs foydalanuvchisi, o‘qituvchisi, administratori ish joyini tashkil qilishdagi mavjud minimal texnik talablar darajasi qanaqa? Universitet MO‘ markazida kerakli uskunalar - server, Internetga chiqish kanallari, dasturiy ta’minotlar uchun mavjud minimal va maksimal talablar ta’minlanganmi? Tuzilgan qobiq O‘zbekiston va xorijning yetakchi Oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanilayotgan boshqa dasturlar bilan mos tushishi, qabul qilingan xalqaro meyorlarga to‘g‘ri keladimi? Ushbu qobiq qaysi tilda tuzilgan? Foydalanuvchi uchun qo‘llanma, foydalanuvchining yordam oynasi va boshqalar mavjudmi? Ushbu qobiq yordamida o‘quv jarayonini boshqarish mumkinmi? Dasturda “elektron dekanat”, “elektron buxgalteriya” vazifalari mavjudmi? Ushbu tizim bilan ishlashda kerak bo‘ladigan MO‘ markazi xodimlari soni, tizimni o‘rganish va qayta ishga tushirish qiyinligi yoki buni tarmoq administratori bilimiga ega bo‘lgan har qanday xodim amalga oshira oladimi? Ushbu qobiqdan foydalanish mobaynida MO‘ kurslarining yangi model va ko‘rinishlarini rivojlantirish mumkinmi? O‘quv kursiga ushbu qobiq asosida tuzilgan multimediaviy komponentlar va tasviriy illyustratsiyalarni qo‘shish imkoniyati bormi? Qobiqda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida aloqa o‘rnatishni tashkil qilish: ichki elektron pochta, e’lonlar taxtasi, chat (virtual sinflar), veb-forumlardan foydalanish mumkinmi? Qobiqda o‘qituvchi va talaba o‘zini yengil his qilishi, sodda va do‘stona foydalanish interfeysi mavjudmi?
Shu o‘rinda bu muammolarning ba’zilariga javoban mumkin bo‘lgan yechimlarni keltirib o‘tamiz. Masofaviy o‘qitish tizimini yaratishda dasturchi uchun qulay muhit yaratish va minimal texnik imkoniyatlar bilan ta’minlash muhim muammolardan biridir. Dasturchining qaysi dasturlash tili yoki texnologiyasidan foydalanishini hisobga olib, uni zarur bo‘lgan minimal texnik holatdagi kompyuter bilan ta’minlash kerak. Hozirda zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanishda quyidagi holatdagi kompyuterlarni ishlatish mumkin: 128 Mb hajmdagi tezkor xotira, 1.4 MGts chastotali protsessor, 20 Gb hajmdagi doimiy xotira, 64 Mb hajmdagi video xotira, 15 dyumli monitor, CD,DVD-ROM, Floppylardan iborat bo‘lgan kompyuter. Bunday texnik holat har tomonlama o‘rtacha texnik holat hisoblanadi. Kompyuterlarning texnik holatini tanlashda unga o‘rnatiladigan dasturlarning kamchiliksiz ishlashini
ta’minlash ham hisobga olinadi. Zamonaviy tarmoq texnologiyasida (JSP, ASP, PHP) dastur yaratishda Java5.0, Visual Basic Net, Delphi 8.0 kabi dasturlash tillari, Apache Tomcat 5.9, PHP server, ColdFusion kabi klient- server dasturlari, Oracle 9.0, Microsoft SQL Server, Mysql kabi ma’lumotlar bazasi dasturlarini turli belgilangan talablarga javob beradigan kompyuterga o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun har bir dastur uchun alohida talablari o‘rganilib chiqiladi.
Masofaviy o‘qitish tizimini yaratishda uchraydigan muammolardan yana biri bu tizimda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zini erkin his qilishi uchun keng imkoniyatning mavjudligidir. Ma’lumki masofadan o‘qitish tizimining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun foydalanish interfeysi turlicha tashkil qilinadi. Shunday ekan, o‘quvchi interfeysi faqat vazifalar oynasidan iborat bo‘lmasdan, mustaqil fikr, munozaralar oynasi, ichki chat, elektron xabar almashish, savol- javob kabi imkoniyatlar ham kiritilishi lozim. O‘qituvchi ham o‘ziga biriktirilgan o‘quvchilar bilan ish yuritishida keng imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi tizimning yutug‘i hisoblanadi. Bunday imkoniyatli masofadan o‘qitish tizimiga misol sifatida www.virtual-university-eurasia.org manzildagi Internet tarmog‘ida qo‘llanilayotgan e-Saboq masofaviy o‘qitish platformasini keltirish mumkin.
Masofaviy ta’lim tizimida o‘qitishni olib borishda yangi axborot texnologiyalari (YaAT) vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada MO‘ kursi o‘qituvchisiga o‘qitishni olib borishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar mavjud bo‘lib, bu talablarni quyidagicha izohlash mumkin: shaxsiy kompyuter va uning qo‘shimcha qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilishi, zamonaviy dasturiy ta’minotlar (kamida MS Word matn muharriri, namoyish yaratuvchi MS Power Roint dasturiy va boshqa MS Office paketidagi standart dasturlar) bilan ishlay olishi, Internet tarmog‘i va dasturiy ta’minoti (kamida, MS Explorer veb- brauzeri va MS Outlook Express elektron pochta dasturi)ning asosiy ishlash tamoyillarini bilishi, o‘qitishda YaAT vositalaridan foydalanish muammolari bo‘yicha metodik materiallar va ilmiy adabiyotlarga egaligi, o‘quv jarayonini boshqarishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini tushunishi va shu kabilar. Bundan tashqari bunday talablarga quyidagilarni ham qo‘shimcha sifatida kiritish mumkin: dasturiy ta’minotni didaktik imkoniyatlari nuqtai- nazaridan analiz qila olish, YaAT vositalaridan foydalanishda talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish va uni tashkil qilish uslubiyatini yuritish, Internet, turli elektron ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi, axborot-qidiruv tizimlari, lug‘atlardan mustaqil ravishda kerakli ma’lumotlar qidira olish, ma’lumot saqlanishi, uni tahlil qilish va uni tasvirlashda mos shakllarni tanlashni tashkil qila olish, qo‘yilgan topshiriqni yechish uchun olingan ma’lumotni ishlata olish va shu kabi masofaviy kurs o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablarni masofaviy ta’lim tizimini tashkil qilishning muhim muammolari sifatida qarash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan talablarga axborot-telekommunikatsiya vositalari bilan ishlashda maxsus bilim va tajribalarni ham qo‘shish mumkin. Bunday talablar turli Internet xizmatlari – elektron pochta, telekonferentsiya va boshqalar bilan ishlash, aniqrog‘i, foydalanuvchilarning Internetda o‘zaro aloqa qilishlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Masofaviy o‘quv kursi o‘qituvchisining Internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko‘nikmalari quyidagi talablarga javob berishi zarur: telekommunikatsiya tizimlari vazifalarining asosiy ko‘rinish va umumiy tamoyillarini bilishi, Internetga turli darajada ulanish imkoniyati haqida tushunchaga ega bo‘lishi, telekonferentsiyani o‘tkazish va tashkil qilishni bilishi, telekommunikatsiya etiketiga ega bo‘lishi, boshqa foydalanuvchilar bilan ma’lumot almashish uchun turli telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiya, aniq bir vaqtda aloqa o‘rnatish (chat) va boshqalar) dan foydalana olishi, tarmoqda ma’lumotni “namoyish qilish” malakasiga ega bo‘lishi, tarmoq ma’lumot manbalari bilan ishlay olishi, masofadan o‘qitish nashrlarini tuzishda qo‘llaniladigan uskunaviy dasturiy vositalar haqida tushunchaga ega bo‘lishi, elektron pochta bilan ishlay olishi, tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan munozara o‘rnata olishi, zamonaviy gipermatnli va gipermediaviy tizimlar bilan ishlay olishi, Internetdagi mavjud axborot manbalardan o‘qitish maqsadiga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib, tanlay olishi, turli amaliy dasturlar (matn tahrirchilari, grafik, HTML tahrirchilari) va ayrim utilitalar (arxivatorlar, kodlovchi dasturlar va boshqalar) yordamida tarmoq bo‘ylab ma’lumot yuborishni bilishi va shu kabilar.
Masofaviy ta’limda yuzaga keladigan muammolardan yana biri bu o‘quv materialining foydalanuvchi uchun moslashuvchan bo‘lishidir. O‘quv jarayoni samarasini ko‘tarishda o‘rganuvchi imkoniyatlariga moslashuvchan o‘quv materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialida 2- D, 3-D tasvirlar, izoh, ko‘rsatma, taqdimotlardan tashqari video, audio ma’lumotlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Yuqorida keltirilgan masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilish borasidagi mas’ul xodimlar, dasturchilar, masofaviy kurs o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar tizimni tashkil qilishda muhim muammolardan biri sifatida qaraladi. Biz bu bo‘limda masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilishda duch keladigan va yechilishi lozim bo‘lgan muammolarning asosiylarini ko‘rib chiqdik. Bu borada mavjud bo‘lgan muammolar juda ko‘p. Masalan, texnik (kompyuter va texnik qurilmalar, aloqa kanallari bilan ta’minlash) , tashkilotchilik (yuqori
malakali boshqaruvchi, o‘qituvchilar, mutaxassislar bilan ta’minlash) va uslubiy (ko‘rgazmali qurollar, ma’ruzalar matni, multimedia, animatsiya, test ma’lumotlari bilan ta’minlash) jihatdan muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Bunday muammolar to‘liq hal etilgandagina tizimni masofaviy ta’lim sohasida samarali o‘qitish tizimi sifatida amalda qo‘llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |