7-ma’ruza. Uskunalarga texnika xavfsizligini talablari, xavfli sanoat
ob’ektlarini.
Reja
1.Sertifikatsiyalashtirish haqida ymumiy ma’lumot.
2. Uskunalarga texnika xavfsizligini talablari.
3. Texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy qonunlar. Xavfli
sanaot ob’ektlari. Xavfli sanoat ob’ektlarini (HSO) qayd qilish.
Ishlab chiqarish
sohasida faoliyat xavfsizligiga litsenziya (ruxsatnoma) berish. Texnik qurilmalarni
sertifikatlashtirish. Sanaot xavfsizligi ekspertizasi.
Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini
taminlash bo‘yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy
ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan
foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo‘llanilishi bilan harakterlanadi.
Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi,
baxtsiz hodisalarga olib
keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi.
Mehnat xavfsizligi
-bu shunday mehnat sharoitiki,
bunday ishlab chiqarishda
3ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy
omillaridan jarohatlanadi.
Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar,
uskunalarning himoyalanmagan ko‘zgaluvchan
elementlari, harakatlanuvchi
buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi
yuqori yoki pastki
haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning,
gazning
energiyasi, portlashlar, to‘lqin zarbi va shunga o‘xshashlar hisoblanadi.
Odamlarning sog‘ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va
instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug‘diradi.
Ishlab chiqarishning
xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og‘rituvchi
moddalarni ta’siri bilan harakterlanadi.
Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik
jarayon,
uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga
o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo‘lish harakteri bo‘yicha ochiq
va yopiq turlarga bo‘lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari
mavjudligi bilan harakterlanadi. Bunga mashinalarning
harakatlanayotgan
qismlari, yong‘in, ko‘tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi.