7-mavzu: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Reja: Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotlarni kodlash



Yüklə 213,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix09.10.2023
ölçüsü213,88 Kb.
#153120
1   2   3   4   5   6
7-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.

"Texnologiya"
so'zi yunoncha 
"techne"-san'at,mohirlik, hunar
va 
"logos"
-fan 
so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, 
usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma-ket 
bajarilishini ko'zda tutadi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash,saqlash, qayta ishlash va undan
foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga-usullar, 
tashqi omillarga-vositalar kiradi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan 
tashqari aloqa vositalari-telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.
Bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilingan tarmoqlar lokal(mahalliy) 
tarmoqlar deb nomlanadi.
Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyterning diskiga, printeriga va 
boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo'ladi.
Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllat 
serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi.
Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan hamda o'zaro 
tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Uzoq masofada, hatto boshqa-boshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni 
o'zaro bog'lash imkoniyatini beruvchi tarmoq mintaqaviy va global(butunjahon) 
tarmoqlaridir.
Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi barcha foydalanuvchilarni 
birlashtiradi.
Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning 
o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi. 
Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga 
o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi.
Tuzilish jihatidan modemlar ichki va tashqi ko'rinishda bo'ladi.Ichki modemlar plata
ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi.
Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega 
alohida qurilmadir.
Axborot tizimlar-bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va 
talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun 
mo'ljallangan sistemalardir.


Zamonaviy komoyuterlarni xotiraning qattiq disk ( ing.HDD, Hard-qattiq, Disk-
disk,
Drive-dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Bu xotirani asosiy 
xotira qurilmasi yoki " vinchester" deb ham atash mumkin.
Birinchi vinchester 1973-yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Hozirgi
kunlarda qattiq disklarning gigabayt va terabayt o'lchov birlikli sig'imdagi turlari 
ishlab chiqarilmoqda.
Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat 
qiluvchi qurilmalar ma'lumotlarni kititish-chiqarish qurilmalari deb yuritiladi.
Eng asosiy ma'lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga monitor va klaviatura 
kiradi.
Monitor kompyuternibg ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur 
qismini ekranda yoritib berishni ta'minlaydi.
Hozirgi davrda grafik adapteri VGA, SVGA, XGA turda bo'lgan monitorlar keng
tarqalgan. Monitorlarni yana elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD) va 
plazmali turlarga bo'lishadi.

Yüklə 213,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin