fotoapparat, videokamerani, raqamli
qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli
telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.
Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar
asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi.
Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi
uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo'llanilgan. Kodlashning
bu ko'rinishi shifrlash deb ataladi.
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan
ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir
ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa
ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim
etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi
mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning
ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada
tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun,
ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab,
har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin.
Kompyuter
dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan
turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin.
Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi
qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun
bu sonlardan harflarning
tasvirini hosil qiladi. Harflar to’plami va sonlarning mos kelishi belgilarni kodlash
deyiladi. Qoidaga ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va bir yordamida
ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik sanoq
sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar
bu qurilmalarda qayta
ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida
ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o’qish uchun chiqarishda inson
o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur
o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi.
Dostları ilə paylaş: