To’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi.
Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi.
Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo’qotishlarga olib keladi.
Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o’lchash.
Tavakkalchilikni o’lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog’liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo’ladi:
1. Matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo’lgan ehtimol
2. Statistik ehtimol.
Kutiladigan miqdor
- bu mumkin bo’lgan barcha natijalarning o’rtacha o’lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o’lchovi.