7-MAVZU: Dorivor o‘simlik va ular asosida olingan summar substantsiyalar standartizatsiyasining o‘ziga xos uslubiyatlari. Reja: 1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi va fitopreparatlarning xozirgi kundagi axamiyati
2. Dorivor o‘simlik xom ashyosi taxlili
3. Sanoatda ishlab chiqariladigan fitopreparatlar taxlilining o‘ziga xos tomonlari
4. Dorivor o‘simlik xom ashyosi va fitopreparatlar taxlilining xozirgi kundagi muammolari
Tayanch iboralar :dorivor o‘simlik xom ashyosi va fitopreparatlarni standartlash va ularni taxlil usullari
Oxirgi o’n yil davomida turli farmakologik guruxlarga mansub sintetik dori vositalarining katta miqdorda ishlab chiqarilishiga qaramasdan dorivor o’simliklar va ulardan olingan fitopreparatlarni zamonaviy tibbiyot amaliyotida qo’llanilishi tabora kengayib bormoqda..
Dorivor o’simliklarni bunday miqyosda qo’llanilishining asosida ularni zararsiz xolda inson organizmining modda almashinuvida ishtirok etishi va sintetik preparatlarga nisbatan nojo’ya tasirini nisbatan kamligi bilan tushuntiriladi.
Xozirda farmatsevtika bozoriga ko’p miqdorda o’simliklar asosidagi: choylar, yigmalar, granulalar, tabletkalar, filtr paketlar taqdim etilmoqda. Tibbiyot amaliyotida turli xastaliklarda kullanilayotgan o’simliklar yigmalariga nisbatan talab ortib bormoqda.
Bu yigmalar asosan mikroblarga qarshi, yallig’lanishga, shamollashga , allergiyaga qarshi va boshqa xastaliklarni davolashda qo’llanib kelinmoqda.
Dorivor yig’malar tayyorlash texnologiyasida faqat uni farmakologik tasirigagina etibor berilmasdan, balki uni qanday qilib farmatsevtik taxlil etilishiga etibor berilishi lozim.
SHu munosabat bilan yigmalar tarkibidagi o’simliklar soni 7 tadan oshmasligi kerak. Bu esa preparatni nazorati va standartlash imkonini beradi.
Malumotlarga ko’ra taxlil natijalari dorivor o’simliklar sifati bo’yicha normativ xujjat talablariga javob bermayotganligi aniqlanmoqda. Bu esa tayyorlanayotgan maxsulotlar mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan vaqtda yig`ilmasligi va ularni belgilangan tartibda tayyorlanmaganligi bilan tushuntirilmoqda.
Yana bir tomondan o’simlik xom-ashyolari ko’p miqdorda tayyorlanmoqda, birok o’simliklarni qayta tiklanishi uchun yillar talab etilishini etiborga olish lozim.
Dorivor o’simliklar xom-ashyosi tayyorlash bilan bir qatorda resurslar o’rtasidagi balans bo’lishiga etibor berilishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda fitopreparatlar va dorivor o’simliklar xom-ashyosini sifatini nazorat qilish va ularni standartlash muxim axamiyatga ega bo’lib, ularni taxlilida chuqur bilimning o’zi etarli bo’lmasdan, balki amaliy ko’nikmalarga xam ega bo’lishi zarurligini taqozo etadi.
Boshqa dori vositalari singari dorivor o’simliklar xom-ashyosini xam sifati belgilangan talab organlari tomonidan belgilanadi va standart deb nomlanadi.
Bu standartlar konkrent maxsulot uchun tegishli xisoblanadi.
Vaqtinchalik farmakopiya maqolasi va Farmakopeya maqolalari dorivor o’simliklar xomashyosini sifatini belgilashdagi asosiy standartlar xisoblanadi.
Dorivor maxsulotning yuqori sifatli bo’lishi uni o’z vaqtida tayyorlash, to’gri quritish, yaxshi saqlash va boshqalarga bog’liq.
Mog`orlamagan ombor zararkunandalaridan zararlanmagan, tarkibida asosiy tasir etuvchi kimyoviy birikmalar miqdori kamaymagan xamda namligi oshmagan dorivor maxsulotlar yuqori sifatli xisoblanadi. Dorivor maxsulot tarkibida ruxsat etiladigan va ruxsat etilmaydigan aralashmalar bo’lishi mumkin. Bu aralashmalar boshqa o’simlik qismlaridan yoki shu o’simlikning meditsinada ishlatilmaydigan organlaridan xamda mineral aralashmalar (qum, tuproq v.b.)dan iborat bo’ladi. Dorivor o’simliklar taxlilida asosan dorivor maxsulotlarining identifikatsiyasi, sifati va tozaligini aniqlash yo’llari bayon etiladi. Dorivor o’simliklar xomashyosi identifikatsiyasi
a)makroskopik taxlil;
b)mikroskopik taxlil
v)kimyoviy sifat taxlili yo’li bilan amalga oshiriladi.
Makroskopik taxlilda maxsulot tashqi ko’rinishi , razmeri bo’yicha va organoleptik (rangi, xidi va mazasi) aniqlanadi.
Mikroskopik taxlil maxsulot chinligini makroskopik usulda aniqlash imkoni
bo’lmagan xollarda kesilgan yoki kukun xoldagi namunalar uchun olib boriladi.
Kimyoviy sifat taxlili – mikrokimyoviy reaktsiyalar yordamida, yani shu maxsulot uchun spetsifik bo’lgan reaktsiyalaridan foydalanib olib boriladi. Maxsulot sifatliligi a)tovarshunoslik taxlili
b)kimyoviy miqdor taxlili
v)biologik standartlash usullari bilan amalga oshiriladi.
Tovarshunoslik taxlilida – maxsulot tozaligi va yuqori sifatligi aniqlanib: maydalik darajasi, ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi, namlik va kul qoldig’i o’rganilayotgan dorivor o’simlik xom-ashyosining meyoriy xujjatlarida belgilangan tartibda taxlil qilinadi.
Dorivor o’simlik xom ashyosiga o’simlikning barglari, er ustki qismi, gullari, mevalari, po’stlog’i, urug’i, ildiz, ildizpoyalari, piyozi va yig’indilar kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan o’simlik xom ashyosi quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha taxlil qilinadi:
- tashqi belgilari;
- mikroskopiyasi;
- lyuminestsent mikroskopiyasi;
- fitokimyoviy reaktsiyalar;
- sifat reaktsiyalar;
- son ko’rsatkichlari: