3. MS Excelda diagrammalar hosil qilish Diagramma – sonli jadval ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni ko‘rgazmali namoyish etish usulidir. Ma’lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni tez tushunishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko‘rmazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydali hisoblanadi. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi varaqda kerakli ma’lumotlar kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. Diagrammalar va ma’lumotlar asosan bir ishchi varaqda saqlanadi. Diagrammalarning bir necha turlari mavjud, masalan, gistogramma, chiziqli, doiraviy, halqasimon va boshqalar. Diagrammalar qurish. Har qanday diagramma maxsus elementlar to‘plamidan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning ba’zilari aks ettirilmasligi ham mumkin. Ular bilan tanishib chiqamiz.
Diagramma sohasi.
Diagramma chiziladigan soha.
Diagrammani shakllantiruvchi elementi.
Diagrammaning qiymatlarini gorizontal va vertikal o‘qlari.
Diagrammadagi ranglarga izoh.
Diagramma yoki o‘qlar sarlavhasi.
Diagrammada keltirilgan qiymatlar belgisi.
Diagrammani shakllantirishda tasmaning “Вставка” qismining “Диаграммы” bandi tanlanadi.