7-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari



Yüklə 26,35 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü26,35 Kb.
#175013
Innavatsiya 7-mavzu


7-MAVZU: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari
Reja:
1.Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etishga extiyojlarni tug’ilishi.
2.Innovatsion jarayonlarning yaratilish bosqichlari.
3.Yangi dasturlar, standartlar, darsliklarning innovatsion xarakteri.
4.Innovatsiyalarni yaratish, to’plash, tanlash, qo’llash tizimini yaratilishi.
5.Fanda o’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlarini yaratilishi.
Kalit so’zlar:Innovatsion ta’lim, yangilikning turlari, innovatsion didaktik, innovatsiyani to’plash, tanlash, qo’llash, innovatsion faoliyat, innovatsiyaning algoritmi, innovatsiyani boshqarish.
Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani yaratilishi va rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati maktablarining tez rivojlanishi, moderinizatsiya qilinishi, standartlarni takomillashtirilishi va dasturlarni yangilanishiga bo’lgan katta extiyoj tug’ildi. Yangiliklarni izlash, yaratish, qo’llash ishlari jadallashib bordi. SHu sababli yangi bilimlarga bo’lgan talab, “yangilik”, “innovatsiya” va “innovatsion jarayonlar” paydo bo’ldi va u tushunchalarni izohlash, anglash zaruriyatini keltirib chiqardi. Innovatsion jarayonlarning mikrostrukturasini o’rganib olimlar yangilik kiritishning “hayotiy qismi (davri)” kontseptsiyasini ishlab chiqdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o’tib boradigan jarayon degan fikrni ilgari surdilar. Bu jarayonda yangilikning yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo’linadi. SHu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarni quyidagi bosqichlarga ajratilmoqda:
Yangi g’oya paydo bo’lishi yoki yangilik kontseptsiyasi yuzaga kelishi bosqichi. Uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo’ladigan) natijalardan kelib chiqadigan yangilk bosqichi deb ataydilar.
Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan ob’ekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko’rinishdagi yangilik yaratish.
Yaratilgan yangilikka amaliy ko’rinish topilib, uni qo’shimcha ishlab mukammalashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. SHundan so’ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o’tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartida amalga oshadi. Yangilikdan keyingi bosqichlar ko’rinadi.
Yangilikning biror sohada tarqalishi, uning boshqa sohalarga diffuziyalanib (qo’shilib) keng tatbiq etilishi bilan yakunlanadi.
Yangilikning biror sohada xukmron bo’lishi, bunda xususan yangilik o’z yangiligini yo’qotib, yangilik sifatida mavjud bo’lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo yoki undan ko’ra yanada samaralirog’i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi.Yangilik doirasi qisqarib, uni yanada mahsuldorrog’i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi.Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir – birini vaqtlar davomida yangi bosqichga ketma – ket almashtirib, muntazam tizim, uning rivojlanib borishining soddalashtirilgan ko’rinishlarida ifodalaydi. Biroq aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o’z ichiga olib, ularning ketma – ket va bog’liqliklariga har doim rioya qilinishi shart emas. Yangilikni kiritishni yangilik yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayon sifatida qarab, uning maqsadi inson talab va extiyojlarini yangi vositalar bilan qondirilishi bo’lib, uning samaradorligi muntazam va hayotiy yangilikni ta’minlovchi uslub va tizimlarni ma’lum sifatli o’zgarishiga olib keladi.
Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga eskirib qolgan hamda vaziyat va ahamiyatlarini qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’ladi. Bir darajali qator yangiliklar yig’indisi (umumiyligi) innovatsion yaxlitlikni tashkil etadi. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonlarga kiritish to’rt bosqichda amalga oshiriladi:
Muammoni tahlil asosida aniqlash;
Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash;
O’zgarish va yangiliklarni rejalashtirish;
O’zgarishlarni amalga oshirish.
Yangilik kiritish ichki mantiq va yo’nalishlarga ega bo’lib, u yangilik g’oyasi (fikrini) tug’ilishdan to uni foydalana boshlanishigacha bo’lgan xarakterlarni rivojlantirish ham innovatsion ishtirokchilari o’rtasidagi munosabat mantig’ini belgilaydi.
SHu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim bo’lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof – muhit bilan o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tib borishi bilan o’zgarib boradi. SHu bilan yangilikning dinimaki xususiyatlaridan uning natija – yakuni va samarasi o’zaro bog’liq bo’ladi. Yangilikning yakunlanganligi va uning imkoniyatlari amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlari qanchalik muvafaqqiyatli o’tib borishiga bog’liq bo’ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan kengaytirilganiga o’tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o’tish amaliyotida ko’p hollarda amalga oshirilmaydi, bu hol qaysidir yangilikning yakunlanmasligiga sabab bo’lib, ko’pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi.
Yangilikning yakunlanganligi uni samaradorligi bilan belgilanadi, ya’ni innovatsion jarayon amalga oshirilayotgan tizim, turli ko’rsatgichlarga yangilikning amalga oshirilgan imkoniyatlari ta’sirini aniqlash mumkin, shu bilan birga ularning o’zaro bog’liqligi yaqqol ko’rinadi. SHu o’rinda yangilikni ikki turi haqida gapirish mumkin. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yangi o’rnatilgan yangi haqiqat demakdir.Avval mavjud bo’lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaviylashtirib, shu kunning talabiga moslashtirishdan iboratdir.Bu to’g’risida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida”: “Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televidinie va radioning ta’lim dasturlari intelektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o’quv, o’quv – uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi” – deyilgan. Innovatsion didaktikaning predmetini yangilikni o’rgatish, o’rganish, yangilash, uni mazmunini boyitish tashkil etadi. Bunda ishtirok etayotgan barcha komponent bir – birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birortasini chetda qoldirish mumkin emas. Savol tug’iladi: nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o’rganish yoki o’rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug’iladi: nimani (qanday yangi mazmundagi) o’quv materialani yangicha o’rgatmoqchisiz. O’rgatish ham, o’rganish ham asosiy maqsadga yo’naltirilgan ta’lim ob’ekti va pirovard natija – maxsul bo’lmish ta’lim mazmunini yangicha talqin qilishga bog’liq.
Har xil mazmun uni o’zlashtirishning o’ziga xos yangicha usullari bilan farq qilganligi uchun o’rganishning qanday bo’lishi uning mazmuniga bog’liq, bu esa o’rganishni tashkil etuvchi o’rgatuvchining yangicha yondashuviga bog’liq. SHunday qilib, didaktik tafakkur – bu o’rganish, o’rgatish va ta’lim aloqalarining doimiy aloqalari, yangicha munosabatlarni izlash, aniqlash demakdir.
O’qituvchi o’quvchini faollashtiradigan, o’zi va o’rgatuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni, yangicha uslublarni, o’qitishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalarini yangi – yangilarini izlaydi, ularni takomillashtiradi.
Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” atamalari bilan bir qatorda “innovatika”, “innovatsion pedagogika”, “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon” atamalari mustahkam o’rin olib bormoqda. Yuqorida sanab o’tilgan tarzda o’rgatish, o’rganishda ta’lim mazmunini innovatsion asosda tashkil etish asosiy o’rin tutadi. Shuning uchun ham Davlat ta’lim standartlari, dasturlar, yangi avlod darsliklari yaratildi, ta’lim muassasalariga, o’qituvchi va o’quvchilarga yetkazildi. Hozirgi kunda yaratilgan standart, dasturlar tajriba – sinov uchastkalarida sinab ko’rildi. Tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar natijasida takomillashtirilgan standartlar va moderinizatsiya qilingan dasturlar va tender asosida yaratilgan darsliklarning yangi avlodi ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Endigi kechiktirib bo’lmaydigan vazifa shu innovatsion standartlarni tezroq o’quv jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yaratish va kiritish zarur. Biroq, e’tirof etish kerakki, hali respublikamiz ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini yaratish, to’plash, ular ichidan pedagogik faoliyatimizga eng ko’p samara beradiganlarini tanlash, ularni tajriba – sinovdan o’tkazish va qo’llash – joriy etishni yo’lga qo’yadigan yaxlit yangi tizmi shakllantirilmagan. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari” talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini yangi avlodini bosqichma – bosqich amalga kirita boshlagandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo’llab – quvvatlash, yangiliklarni ta’lim tizimiga joriy etishga yetarli shart – sharoit yaratadigan tizimlarga extiyoj yaqqol ko’zga tashlandi.
Chunki davlat standartlari, yangi dasturlarni o’quvchilar bilimiga qo’yiladigan majburiy minimal darajalaridan oshirib va ta’lim sifatini kafolatlashning, ularning iqtidor, extiyojlarini ta’minlovchi yagona omil – ularni amalga kiritishga innovatsion yondashuvdir. Bu masalani ijobiy hal etish uchun ilg’or tajribalar, innovatsion texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab, tajriba – sinovdan o’tkazib, amaliyotga tatbiq bo’lgan hayotiy extiyoji yuzaga keltirdi. Bundan keladigan amaliy xulosa – ta’limdagi ilg’or innovatsion tajribalarni, ularning jamg’armalar bankini tashkil etish, sinab ko’rish, pedagogik amaliyotga tatbiq qilishning ilmiy – amaliy yondashuv va xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratishni taqozo etadi.
Ammo fanda o’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlari ishlab chiqilgan.
Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar olib qo’llaniladi.
Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim masalalar (modifikatsiyalar) metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich – yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakllari to’la ishlab chiqiladi.
To’rtinchi bosqich – o’qituvchi o’qitish va tarbiyalashning o’z kontseptsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda shunday tizimni yaratish yo’lida bir qator izlanishlar, sa’y – harakatlar amalga oshirildi.
Pedagogik tajriba – sinov ishlarining borishini analitik tahlili, umumlashtirish, ommalashtirish va tatbiq etish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;
Pedagogik innovatsion texnologiyalarni to’plash, nazorat qilish va joriy etish ishlarini, o’quv ishlarini tashkil qilish, shunga oid seminar, treninglar, qisqa muddatli o’quvlar tashkil etish choralarini ko’rish;
Innovatsion texnologiyalarni yaratish, izlash, topish haqida tegishli ma’lumotlar jamg’arma bankini yaratish, to’plash, tahlil qilish, tanlash, ta’lim muassasalariga joriy etish bo’yicha ishlarni tashkil etish.
Yuqoridagi ishlarni tashkil etish va joriy etish uchun ma’lum izlanishlar, tadqiqotlar va tashabbuslar bo’lmog’i lozim. Pedagogik innovatsiyalarni yaratish va ularni boshqarish avvalam bor ana shu dolzarb vazifalarni ijobiy hal qilib beradi. SHu boisdan ham pedagogik innovatsiyalar g’oyasini ilgari surish, kontseptsiyasini yaratish, yangiliklarni izlab topish, o’rganish, tahlillar qilish asosida eng ko’p sifat va samara beradiganlarni tanlab olish va ularni ta’lim amaliyotiga qo’llash tartibini belgilab beradigan yaxlit tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir.Pedagogik innovatsiyani hayotga tatbiq etishni quyidagi sxemada keltiramiz:
Innovatsiyalar jamg’armasini eng avvalo “izlash, to’plash” jarayonini amalga oshiriladi.
Monitoring bo’limlari:
Davlat ta’lim monitoring ma’lumotlaridan;
Xalq ta’limi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakalarini oshirish institutlaridan;
Respublika ta’lim markazidan;
Viloyat, Qoraqolpog’iston va Toshkent shahar metod kabinetlaridan;
Tuman (shahar) metodika kabinetlaridan;
Maktab metod kengashlaridan;
Internet xabarlaridan oladilar.
Innovatsion ilg’or texnologiyalar to’planib, o’rganish, qayta ishlash maqsadida ularni kompyuterda, kartoteka va maxsus yig’ma materiallar banklari tuziladi.
Ikkinchi, “tanlash” bosqichi bo’lib, innovatsiya banklaridan olib o’rganiladi. Mazkur ishlarni maktab metodika kengashlari, metod birlashmalari, tuman, shahar xalq ta’limi bo’limlarida o’rganib chiqiladi. Buning uchun pedagogik jamoa va metodik kengashlar qoshida ilg’or o’qituvchilar, novatorlar, yil o’qituvchilari g’oliblaridan iborat ekspert guruhi tuziladi. Ular to’plangan innovatsiyalarni respublika miqyosidagi konferentsiya va anjumanlar, ko’rik tanlov materiallari, avgust kengashida targ’ib qilingan innovatsiyalar, axborot va monitoring markazlarida internet xabarlaridan to’plangan innovatsiyalarni o’rganib, tanlab, eng qulayini amaliyotga qo’llash uchun moslarini topib, ta’lim muassasalariga tarqatadilar.
Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda maxsus ekspert guruhi quyidagilarga e’tiborni qaratadi:
Olingan ma’lumotlarning yo’nalishini aniqlaydi;
Joriy qilish va qo’llashda ilmiy – metodik jixatdan yordam beradi;
Metodik qo’llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuot va nashriyotlar orqali ta’lim muassasalari, tajriba – sinov uchastkalariga “qo’llash” uchun uzatadi;
Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirilgan varianti, modernizatsiya qilingan dasturlar, darsliklarning yangi avlodini amaliyotga kiritish bo’yicha ilg’or tajribalar majmuasini yaratadi;
Xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi ilg’or innovatsion tajribalarni o’rganadi, taqqoslaydi va tavsiyalar tayyorlaydi;
Amaliyotga tatbiq etish bo’yicha, o’qituvchilarning yangi tajribalarini o’rganish bo’yicha seminarlarni, treninglarni tashkil qiladi;
Pedagogik innovatika bilan shug’ullanuvchi olimlar, ilmiy izlanuvchi, tadqiqotchilar bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yadi.
Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llanish dinamikasini kuzatib boradi, tahlil qiladi;
Innovatsiyaga oid Respublika ilmiy – amaliy anjumanlar, konferentsiyalar, amaliy seminarlar o’tkazadi;
Malaka oshirish institutlari, viloyat, tuman, maktab metod kabinetlariga “Ziyonet” orqali axborotlar bilan ta’minlab turadi.
Pedagogik innovatsiyalarni joriy qilishda uni to’plab, ilmiy jixatdan xulosalar tayyorlovchi bo’g’in o’rtasidagi “pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif – muloxazalarini olish, tajriba – sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada keng joriy etish, takomillashtirish ishlari bilan shug’ullanadi.
Yuqoridagilar asosida innovatsion jarayonlarni boshqarish algoritmining sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin:

Tayyorlash jarayoni:
tashqi tahlil
ichki tahlil

Vazifalarni o’rganish, shakllantirilgan normativ, ta’limiy dasturlarning tahlili. Izlanayotgan, tatbiq etiladigan ishni innovatsion g’oyalar bankini yaratish. Ta’lim amaliyoti ahvoli tahlili asosida ijtimoiy talab etiladigan holat bilan qiyoslash asosida yangilanish, talab etilayotgan muammoli vaziyatni aniqlashtirish.

Loyihalashtirish:
andoza – me’yorlarini tatbiq etilayotgan ideal mahsulot



Etalonni tuzish, ya’ni qayta yaratilayotgan pedagogik – amaliyotni modelini yaratish (andoza - me’yori). Amalga oshirish mumkin bo’lgan g’oyani izlash, tavsiyalar yaratish (ya’ni yangi ilmiy mahsulotni yaratish asosida ta’lim jarayonini optimallashtirishni muammolarini hal etish orqali amalga oshirish).

Dasturlash:
kompleks dastur;
dastur qismlari.

Kompleks dasturni ishlab chiqish (rivojlantirish), unda innovatsion jarayonni bosqichma – bosqich rivojlanish qonuniyatlarini namoyon qilish: ishlanma, moslama, tatbiqi, tarqatish va boshqalar.

Tashkil etish:
ishlanma;
qo’llanma.

Resurs ta’minoti (didaktik, moddiy, axborot ta’minoti);
Metodik, psixologik, tatbiq etish sub’ektlarini tashkiliy tayyorlash;
Yangilikni tatbiq etuvchi muammolar va ishlab chiqaruvchilari bilan aloqa o’rnatish.

Nazorat tuzatishlar

Yangilikni tatbiq etishda uni natijalarini aniqlash maqsadida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar olib borish. Jarayonda natijalari bo’yicha chetga og’ishlarni o’z vaqtida tuzatish va bartaraf etib borish.

Eksperiment o’tkazish, me’yorlashtirish

Yangilikni tatbiq etish mumammolari bo’yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish. Natijalar bo’yicha yangiliklarni amaliyotga keng ko’lamda tarqatishni maqsadga muvofiqligini muhokama etish va ekspert xulosalar chiqarish. Yangilikni amaliyotga ommaviy tarqatish bo’yicha takliflar tayyorlash.

Umumlashtirish va tarqatish

Ta’lim muassasasi rivojlanishi xususiyatiga qarab, yangilikni ta’lim sohasiga keng joriy qilish va uni natijasini ta’lim amaliyotiga keng tarqatish va joriy qilish.

Yuqorida bosqichlar natijalariga qarab, yangiliklar bankini yaratib boriladi.
Endi ta’lim muassasalarida yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etish bosqichlarini ko’rib chiqamiz. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

Innovatsion jarayonning bosqichlari

Innovatsion jarayonni boshqarish

Innovatsiyalarning tug’ilishi extiyojining zaruriyati va uning imkoniyatlarini aniqlash

Muammoning tug’ilishi, unga xalaqit beruvchi to’siqlar, maqsadni amalga oshirishga qarshiliklarni yengib o’tish, kichik tadqiqotlar, tahlillar, hoxish va natijalar orasidagi farqlarni aniqlash. O’zgarishlarning extiyojiy holatini shakllantirish.

Kerakli yangilikni izlash

O’qituvchi va tegishli mutaxassislar ishtirokida ijodiy guruhni shakllantirish. Ular orasida innovatsiyalarni, adabiyotlarni, ilg’or tajribalarni o’rganish bo’yicha vazifalarni taqsimlash.

Innovatsiyani tanlash

Ijodiy guruh ishtirokida keng muhokama asosida, aktualligiga qarab zaruriy variantni tanlash, natija beradigan yangilikni, metodik jihatdan ishlanganlarini, tatbiq etish muddatlarini, normativ – huquqiy, me’yoriy bazalarini belgilab olish.

Innovatorlarni tayyorlash

O’z hoxish va istaklariga ko’ra ijodiy guruh qatnashchilarini tanlash. Ijodiy guruh a’zolarini o’qitish.

Yangilikni ishlab chiqish, loyihalash, maqsadni aniqlash, mazmunni ishlab chiqish, mezonlarni belgilash bo’yicha innovatsiyani baholash

O’quv rejalariga o’zgartirishlarni kiritish, seminarlar o’tkazish, tajriba – sinov ishlari dasturlarini yaratish

Tajriba – sinovlar asosida tekshirish

Tajriba – sinovni tahlil etish, nazorat etish, dasturlarga zaruriy tuzatishlarni kiritish. Ped.jamoaga ishning borishi bo’yicha axborot berish, metodik yordam va psixologik qo’llab – quvvatlash.

Turli ob’ektlarda yangiliklarni qayta takroriy sinab chiqish

Yuqori natijalarni va uning qat’iyligini sinash maqsadida qo’llanish doirasini kengaytirish

Tavsiyalarni ishlab chiqish

Yangiliklarning axborot, didaktik, metodik ta’minotini yaratish

Yangiliklarni kundalik amaliyotga kirgizish

Yangilikni tarqatish

Yangiliklarni amaliyotga keng yoyish mexanizmini ishlab chiqish

Joriy nazorat, sharoitga moslashtirish shartlarini ishlab chiqish, moderenizatsiya qilish, extiyoj va zaruriyatga ko’ra qo’llash, ommalashtirish yoki e’tiroz qabul qilish.

Innovatsion faoliyatda o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari:
O’qituvchi bilimni tashuvchi, yetkazuvchi emas, o’quvchini o’qishi, bilim olishida yordamchi, maslahatchi, tashkilotchi rahbarga aylanadi;
O’qituvchi konstruktorlash, loyihalash, algoritmlash, modullashtirish, atroflicha fikrlash sharoitida ish yuritadi;
O’quv jarayoni ikki tomonlama faol ish yuritishga o’rganishga odatlantiriladi;
O’quvchini o’zini – o’zi o’qitish, faollikda, yakka, juft, kichik, katta guruhlarda ishlashga muhit yaratishi, o’quv jarayonini individuallashtirish kerak. SHu holatlarda o’quv mazmunini, DTS talablarini to’la o’zlashtirish kafolatlanadi.
Xulosalar.
Agar innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llashni yo’lga qo’ysak:
o’qituvchilarning yangilikka intiluvchanligi, ularni izlab topish, ta’lim jarayoniga qo’llash, ko’nikma, malakalari shakllanadi.
Uzluksiz o’z ustida ishlab, yangiliklarni pedagogik faoliyatiga tizimli olib kirish ko’nikmasi shakllanadi.
Innovatsiyalar, ilg’or pedagogik texnologiya, loyihalash, interfaol, modulli ta’lim muhitida ish yuritadi.
O’quvchini faol qatnashishga, o’z fikrini bildirishga ijodiy muhit yaratadi.
O’quvchilarni o’quv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylantiradi. Bu esa ta’limda sifat va samaradorlikni ta’minlaydi.
Innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish yo’llarini yana bir yodga solamiz:
yangi g’oyalarni shakllantirish;
kontseptsiyasini ishlab chiqish;
dastur yaratish;
ijro mexanizmini ishlash;
amaliyotga joriy etish.
Innovatsion ish formalari:
yangilikning taqdimoti;
ilg’or innovatsion tajribaning namoyishi;
o’qituvchi ustaxonasida usta – shogirdlik;
innovatsion rejimidagi dars namunalari;
trening, seminar, ish namunalarini ko’rsatish.
Innovatsion ishni baholash:
innovatsion ishning dolzarbligi;
ishni naqadar yangiligi;
kontseptualligi;
ilmiy – nazariy – amaliy qiymati;
yaxlitligi;
yangi g’oyaning ilgari surilganligi;
texnologik xaritasi;
pirovard natijasi.
Mavzu yuzasidan savollar
Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish bosqichlarini sanab ko’rsating.
Innovatsion didaktika nimani o’rganadi?Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni kiritilish bosqichi (to’plash, tanlash, qo’llash, tajriba – sinov bosqichlari)ni tushuntirib bering (sxemada).Innovatsion boshqarish mexanizmini tushuntirib bering.Innovatsion jarayonda o’qituvchi va o’quvchilarni munosabatlarida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etilganda qanday natijalar kutiladi?Innovatsiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish bo’yicha Sizning fikrlaringiz.
Yüklə 26,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin