7-mavzu: jamiyat va oila falsafasi reja


Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix03.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#64471
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
7-mavzu jamiyat va oila falsafasi reja

Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi. Tarixiy jarayon 
mazmuni va uning yo’nalishi muammosi tarix falsafasining muhim 
muammolaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati kishilik jamiyati o’zgaradimi, 
agar o’zgarsa, bu o’zgarish qaysi yo’nalishda yuz beradi va mazkur o’zgarishlarni 
qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat.
Mazkur muammo qadimgi dunyo mutafakkirlaridayoq qiziqish uyg’otgan. 
Antik faylasuflar chiziqli tarix falsafasining uch muhim yo’nalishi: progressiv, 
regressiv va siklli yo’nalishlarni farqlaganlar. Shuni qayd etish muhimki, bu 


yo’nalishlarning barchasi hozirgi vaqtda ham o’z izdoshlariga ega. Shu bilan bir 
qatorda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy rivojlanishning nochiziq 
konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo’nalishlarni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit 
jamiyatning rivojlanishi asosan yovvoyilikdan «oltin asr» sari yuksalib boruvchi 
yo’nalishda kechgan deb hisoblagan. Ularni progressiv yo’nalish asoschilari deb 
hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (Gesiod, Seneka), aksincha, jamiyatning 
rivojlanishi regressiv yo’nalishga ega, ya’ni u «oltin asr»dan jamiyatning tanazzuli, 
axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir asr» sari rivojlanadi, 
degan fikrni ilgari surgan. Yana bir toifa faylasuflar (Platon, Aristotel, Polibiy) 
jamiyat yuksalib boruvchi yo’nalishda, lekin tutash doira bo’ylab harakatlanadi va 
har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan.
O’rta asrlar faylasuflari, tarix muayyan yo’nalishda rivojlanuvchi jarayon 
ekanligini rad etmagan holda, uning yo’nalishini Xudo belgilaydi, deb 
hisoblaganlar.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va 
rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan 
dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambattista Viko (1668-1744) 
bo’lgan. O’zining «Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari» deb 
nomlangan risolasida u jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan 
tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko 
fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi (ibtidoiy 
varvarlik («xudolar asri»)dan feodalizm («qahramonlar asri») orqali demokratik 
respublika yoki konstitusiyaviy monarxiya («sivilizasiya asri») sari harakatlanadi). 
Har bir sikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. 
Sikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, 
lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Shunday qilib, Viko g’oyalari madaniyatlar va 
sivilizasiyalarning rivojlanishida sikllilik nazariyalari (Danilevskiy, Shpengler, 
Toynbi)ga asos bo’lgan.
Hozirgi zamon tarix falsafasida tarixiy jarayon mantig’i va yo’nalishini 
tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formasion va sivilizasion 
yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to’xtalamiz.
Formasion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. 
U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat 
yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o’zining 
«Kapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks 
nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin: 
1) ijtimoiy-iqtisodiy formasiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim 
bo’lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o’rtasida 
o’rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va 
munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning o’zaro aloqasida moddiy 
munosabatlar yetakchi rol o’ynaydi. Ularning o’zagini ishlab chiqarish 
munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim 
faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi; 


2) ijtimoiy-iqtisodiy formasiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining 
muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos bo’lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. 
Kapitalizmni o’rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va ma’naviy 
munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning ko’pgina tomonlari 
takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – 
kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan; 
3) ijtimoiy-iqtisodiy formasiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. 
Ko’p sonli ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, 
ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy 
organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo’lishi ham, har xil ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilishga ega bo’lishi ham mumkinligi (ya’ni har xil tipdagi ishlab 
chiqarish 
munosabatlari) 
aniqlangan. 
Shunday 
qilib, 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab 
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o’zgarishi esa jamiyat rivojlanishining 
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formasiya – bu jamiyatning 
muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy 
taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to’xtamga 
kelish mumkin.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formasiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni 
davriylashtirish imkonini bergan. U jami formasiyalarning besh tipini farqlagan: 
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy 
jarayoni bir formasiyadan boshqa formasiyaga yuksalishdan iborat bo’lgan chiziqli 
jarayon sifatida tavsiflagan.
XIX asrda ishlab chiqilgan formasion yondashuv o’zini oqlamadi. Bunda 
tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, 
balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar 
formasion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd 
etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o’rinli bo’lmaydi. Ikkinchidan, 
bir formasiyadan boshqa formasiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur 
inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo’llarini tanlashga o’rin 
qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib 
boruvchi chiziq bo’ylab formasion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur 
yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizasiyaning o’ziga xosligi va 
betakrorligi yo’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti 
sifatidagina amal qiladi.
Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy 
formasiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir 
yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur 
nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan 
o’zgacha, nochiziq yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizasion yondashuv 
tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Falsafani tushunishga nisbatan sivilizasion yondashuv XIX-XX asrlarda 
vujudga kelgan. U asosan ko’p sonli madaniyatlar va sivilizasiyalar mavjudligi, 


ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu 
yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy 
(1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt 
muhim shakli yoki sivilizasiyalar «asosi» - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizasiyalar) 
haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar 
kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga 
kelish, voyaga yetish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Jahon 
tarixining mazmunini Danilevskiy o’zining alohida qonunlariga binoan 
rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining o’z-o’zini namoyon etish 
xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar 
rivojlanishining ayrim qonunlarini ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o’xshash tillarda 
so’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip 
vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) 
sivilizasiyaning muvaffaqiyatlari madaniy-tarixiy tipning turli elementlariga 
bog’liq bo’ladi; 4) sivilizasiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning 
ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) sivilizasiyalar alohida va berk sharoitda 
rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir ko’rsatmaydi, degan ma’noni 
anglatmaydi.
Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald Shpengler (1880-
1936) rivojlantirgan. U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik 
sxemasiga tanqidiy yondashgan. Shpengler falsafasida madaniyat asosiy 
kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda o’ziga o’xshash boshqa 
«organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. Bundan 
yagona umuminsoniy madaniyat yo’q va bo’lishi mumkin emas degan xulosa kelib 
chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda 
«o’zgarmas va umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida 
sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa 
va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy 
organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, 
shundan so’ng u sivilizasiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z 
teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. 
Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan 
iborat, deb hisoblaydi.
Lokal sivilizasiyalar nazariyasining yana bir tarafdori ingliz tarixchisi va 
sosiologi Arnold Toynbi (1889-1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning 
tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o’ziga xos 
va nisbatan berk sivilizasiyalar tarixlarining yig’indisi sifatida tushungan (dastlab u 
23 sivilizasiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi 
sivilizasiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida yondashib, har bir 
sivilizasiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, 
tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, 
sivilizasiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizasiya egallaydi.


Toynbi bu sivilizasiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni 
o’xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida 
yuz beradigan voqyealarni bashorat qilish imkonini beruvchi ijtimoiy rivojlanish 
takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib chiqarishga harakat 
qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya hamda insoniyatning 
ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.
Shunday qilib, sivilizasion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon 
hujumkor xususiyati «yuqori - quyi» ko’rsatkichlari bilan emas, balki har bir 
sivilizasiya o’z rivojlanish va o’z taqdirini o’zi belgilash jarayonida insoniyat 
filogenetik yo’lining barcha asosiy bosqichlaridan o’tishi va o’z tarixi va betakror 
individualligiga ega bo’lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan 
belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo’ladi.
Formasion va sivilizasion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga 
kelish imkonini beradi: 1) formasion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni 
qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; 
sivilizasion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizasiyani) o’rganadi, 
jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formasion yondashuv jamiyat hayotining 
iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizasion yondashuv asosiy e’tiborni 
ma’naviy omillarga qaratadi. 
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir 
talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy 
g’oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat 
qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan.
Monadaga doir yondashuvning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon 
tarixiy jarayoniga ko’p sonli tarixiy individlar (sosiumlar)dan iborat bo’lgan 
yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formasion 
elementi tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli 
mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan jihatlarga, sivilizasion element esa ijtimoiy 
organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga e’tiborni qaratadi. 
Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formasion yondashuvning 
umumlashtiruvchi 
imkoniyatlari 
va 
sivilizasion 
yondashuvning 
individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo’yish asosida emas, 
balki ularning yagonaligi va bir-birini to’ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi 
va ro’yobga chiqariladi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix 
falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni 
vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo bo’lganki, ularda tarixning mazmuni 
muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu konsepsiyalarning mohiyatiga 
qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969) yaratgan nazariyaga 
muvofiq, tarixning mazmuni tarixning chegarasidan tashqarida yotadi. Tarixning 
mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan e’tiqod bilan 
belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki 
jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din 
taklif qilolmaydi.


Yaspers jahon tarixining «vaqt o’qi» amal qilgan davrda vujudga kelgan 
falsafiy e’tiqodgina insoniyat uchun umumiy e’tiqodga aylanishi mumkin, deb 
hisoblagan. 
Faylasuf 
qadimgi 
yunon 
faylasuflari, 
yahudiy 
xalqining 
payg’ambarlari, Eronda zardushtiylik dinining, Xitoyda – konfusiychilik va 
daochilikning, Hindistonda – buddizm va jaynizmning asoschilari bir vaqtda ijod 
qilgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrni tarixning universal 
mazmunini namoyon etgan «vaqt o’qi» davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur 
davrda majusiylik o’rnini egallagan jahon dinlari paydo bo’lgan va mifologik 
dunyoqarash o’rnida falsafiy tafakkur vujudga kelgan; jahonda deyarli bir vaqtda 
ichdan o’zaro mushtarak bo’lgan bir nechta qudratli ma’naviy markazlar paydo 
bo’lgan. «Vaqt o’qi» davri insonga o’zini inson sifatida his qilishga yordam 
bergan, uning ma’naviyatini uyg’otgan, uni madaniyat va axloq asoslari bilan 
oshno etgan, uning oldiga insonning mavjudligi va hayotning mazmuni haqidagi 
masalalarni qo’ygan. Yaspers fikriga ko’ra, inson o’z-o’zini anglab yetishi, inson 
ma’naviyatining uyg’onishi shu vaqtgacha o’zaro bog’lanmagan lokal 
madaniyatlarga bo’lingan insoniyat umumiy tarixining ibtidosiga aylangan. 
Shundan beri insoniyat umumiy taqdir va yagona e’tiqod bilan bog’langan. Aks 
holda uning tarixi halokat bilan tugashi mumkin. Yaspers ta’limotiga ko’ra, 
odamlarni umumiy ma’naviy asoslarda birlashtirish, ular o’zaro til topishini 
ta’minlashda kommunikasiya ulkan rol o’ynaydi, shu bois uning tarix falsafasi 
ba’zan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi.
Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi bilan amerikalik 
faylasuf Frensis Fukuyama ham shug’ullangan. U o’zi yaratgan «tarixning 
intihosi» nazariyasini taklif qilgan. «Tarixning intihosi»ni u shunda ko’rganki, 
insoniyat oxir-oqibatda jamiyat va davlatning optimal shaklini albatta topadi. 
Fukuyama liberal g’oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e’tirof etgan, 
ularning negizida insonning barcha ehtiyojlari qondirilishi va jamiyatdagi asosiy 
ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni 
tashkil etishning oqilona shakli sifatida, o’z muqobiliga ega emas, shu sababli 
insoniyat oldida bu mafkurani boshqa mamlakatlarga yoyish va shu tariqa 
umuminsoniy davlat – siyosiy jabhada liberal demokratiyani yaratishdan boshqa 
yo’l yo’q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko’rgan.
Tarixning mazmunini tavsiflashga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham 
mavjud. Masalan, ayrim faylasuflar tarix har qanday mazmundan xoli, odamlar 
uchun jumboq deb hisoblaganlar va insoniyat kelajagiga pessimistik baho 
berganlar (Artur Shopengauer, Yakov Burgxardt). Ba’zi bir mutafakkirlar tarix 
voqyealarning oqilona tushuntirish mumkin bo’lmagan irrasional oqimidir, deb 
hisoblaganlar (Fridrix Nisshe, Eduard Gartman).
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi ham muhim o’rin egallaydi.
Taraqqiyot rivojlanish jarayonining quyidan yuksakka, noraso holatdan 
barkamol holatga o’tish bilan tavsiflanuvchi yo’nalishini anglatadi. Taraqqiyot 
haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutiladi) va uning 
ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu 
holda fan-texnika taraqqiyotini, ma’naviy sohadagi, ta’lim, sog’liqni saqlash, atrof 
muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyot nazarda tutiladi) so’z yuritish 


mumkin. Taraqqiyotning asosiy konsepsiyalarini biz yuqorida ko’rib chiqdik. Bu 
yerda shuni qayd etish muhimki, taraqqiyot o’z mohiyatiga ko’ra ziddiyatlidir, 
chunki uning teskari tomoni regress, ya’ni oliydan tubanga, barkamol holatdan 
noraso holatga o’tishdir. Insoniyat biror narsani qo’lga kiritar ekan, muqarrar 
tarzda nimanidir yo’qotadi. Shu sababli insoniyatning taraqqiyot yoki regress 
yo’lidagi harakati haqida faqat umumiy ma’noda so’z yuritish mumkin.
Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi 
davrgacha u asosan taraqqiyot yo’lidan harakatlangan va bu fikrga hozirgi tarix 
faylasuflarining ko’pchiligi qo’shiladi. Ammo ijtimoiy taraqqiyot g’oyasiga 
hamma olimlar ham ishonavermaydi, ayrimlar hatto taraqqiyotning rivojlanishga 
shikastli ta’siri haqida so’z yuritadi. Masalan, Aurelio Pechchei taraqqiyot xavfli 
jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni 
sirtdan turib tartibga solish mumkin emas va u Yer yuzida hayotning rivojlanishi 
uchun shikastli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga e’tibor bermay, jamiyat 
ehtiyojlari bilan biron-bir real aloqasiz olg’a yangi qadamlar tashlashda davom 
etadi. Bu fikrga Elvin Toffler (1928 yilda tug’ilgan) ham qo’shiladi. U taraqqiyot 
jamiyat va davlat institutlarini vayron qiluvchi, qadriyatlarni o’zgartiruvchi va 
bizning hayot ildizlarimizga putur yetkazuvchi o’zgarishlar oqimini olib kelishi 
haqida ogohlantiradi.
Taraqqiyot mezonlarini aniqlash ijtimoiy taraqqiyot nazariyasining bahsli 
masalasi hisoblanadi. XVII asr mutafakkirlari inson aqlini taraqqiyot mezoni deb 
hisoblaganlar. Keyinchalik ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish 
munosabatlarining rivojlanish darajasi shunday mezon sifatida e’tirof etilgan. 
Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko’pincha ijtimoiy-siyosiy, 
mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida 
u yoki bu ijtimoiy tizimlar, siyosiy rejimlar, ijtimoiy harakatlarning progressivlik 
darajasini aniqlash mumkin.
Ammo yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim 
tomonlarinigina tavsiflaydi va butun jamiyat taraqqiyoti haqida to’liq tasavvur 
hosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning insonparvarlashuvi darajasini, 
shaxsning undagi o’rnini, uning ma’naviy va ijtimoiy erkinlik darajasini, moddiy 
va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishining sifatini jamiyat rivojlanishining umumiy 
yoki umumfalsafiy mezoni deb hisoblash mumkin bo’lsa kerak. Bu mezon mazkur 
jamiyatda inson kamol topish uchun imkoniyatlarga qay darajada ega ekanligini 
ko’rsatadi. Mazkur mezon nuqtai nazaridan har bir jamiyatning progressivlik 
darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o’z 
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi 
uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi.
Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy 
makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada 
yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, 
umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, 
joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan 
birga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan 
davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday 


holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat 
a’zosi deb ataladi.
Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan so’zlar bor. Barchasining o’zaro 
yig’ilgan, to’plangan degan ma’noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan: jamoat 
jam. Odamlar jam bo’lishdi. Jami – o’n nafar. Shuningdek, jam so’zi qo’shuv 
ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror 
muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir guruh 
kishilari deganidir. 
Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli 
qarashdagi kishilar bo’lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yo’lida jam 
bo’lgan kishilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz 
o’quvchi hammahalla, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so’zining 
jamoatchilik, adabiy jamoatchilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo. 
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan 
ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, 
siyosiy va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo’ladigan, ijtimoiy ong 
shakllarini belgilaydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To’g’ri, 
jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.
9
Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-ongga til va nutqqa ega 
bo’lgan, bir-birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar 
ijtimoiy uyushmasining eng umumiy ilmiy-falsafiy atamasidir.
Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliqg’ bo’lib, odamlar 
uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab 
munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda 
rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda 
jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy mustaqillik tufayli 
jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom 
Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy 
asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga 
qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. 
Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy 
bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning 
moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini 
ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-
ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot 
qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini angalsh, 
dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura, go’zallik 
bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy 
ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli 
mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat 
va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg’unlashtirishga, 
tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. 
Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, 
9
Қаранг: Иброҳимов А., Султонов Х.,Жњраев Н. Ватан туйғуси. Т., 1996 й., 94-бет.


muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z 
ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’liqona qondirish imkoniga ega 
bo’ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining 
sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy 
hayoti kishilarning 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi. 
Jamiyat ham makro va mikro jismlar kabi o’z-o’zini tashkillovchi va 
boshqaruvchi tizimdir. Binobarin, bu tizim muayyan qonunlar asosida mavjud 
bo’ladi va takomillashib boradi.
Ikki jins yakka nikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’, 
qabila, elat (xalq, millatlarning vujudga kelishi va shu birliklarda o’z moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining 
muayyan bosqichida davlatlarning kelib chiqishi, mulkiy munosabatlar, ishlab 
chiqarish munosabatlari, har bir jamiyatning o’z bazis va ustqurmasi bo’lishi, 
bozor iqtisodi munosabatlari, (bularning iqtisod nazariyasi va sosiologiya fanlari 
batafsil o’rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida 
tarixan o’z-o’zidan shakllangan.
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli 
faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va 
xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va 
kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy 
hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar, 
tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat 
tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart-sharoitlarda 
birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan, 
moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik 
qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan 
manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati 
to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy 
qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi 
malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat 
ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan, 
sobiq Sho’rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning 
harakati yo’li shu davlat tugashi bilan to’sib qo’yildi. Yoki talab va taklif 
o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy 
qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga 
xususiylik baxsh etadi. Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor iqtisodiga 
o’tishning besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o’ziga xoslik baxsh 
etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-biri bilan 
dialektik aloqadorlikda bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham istisno etadi.
10
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli 
nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi 
10
Қаранг: Каримов И. Фалсафа фанидан ваъз (лекция) матнлари. Тошкент, 2003 йил, 115-116-бетлар.


davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo 
etishni olg’a surgan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan. 
Qadimgi turk mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida 
e’tiborga sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun 
takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb 
hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy o’zining 
«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari 
haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi 
mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi sabablarini insonning boshqa 
mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik hissining rivojlanganligi bilan 
izohlaganlar. 
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli 
nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini 
axloqning shakllanishi bilan izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va 
rivojlanishi sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan 
bog’langan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. 
Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining uch bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan 
izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy 
o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai 
nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va 
ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga 
oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday 
nazariyaning bir yoqlama ekanini ko’rsatadi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar 
AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, 
jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial 
jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali 
yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra, har bir xalq 
o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan 
holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy 
taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga 
qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani 
kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy 
rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish 
imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy 
turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli 
alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan 
almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy 
sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach,ijtimoiy imkoniyatlar ro’yobga 


chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi 
va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. 
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. 
Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish 
davrida keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan chiqishi kishilar 
psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy 
burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va 
mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, 
ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish 
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini 
topadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin