Peptizatsiya Peptizatsiya deb, gidrofob kolloidlarning koagulyatsiya mahsu-loti bo’lgan cho’kmalarni malum elektrolit tasirida yana qaytadan kolloid eritma xoliga qaytishiga aytiladi. Masalan, koagulyatsiyalangan Fe(OH)3 zoliga FeCI3 ning suvdagi eritmasi tasir ettirilsa, qaytadan temir (III) - gidroksidning kolloid eritmasi hosil bo’ladi. Bu protsess koagulyatsiyaga teskari bo’lgani uchun dekoagulyatsiya ham deyiladi. Cho’kmalarni zolga aylantiruvchi moddalarga peptizatorlar deyiladi.
Sovunnning yuvish tasiri ham peptizatsiya bilan bog’liq. Bunda sovunning kolloid ionlari kir zarrachalari tomonidan adsorbiya-lanadi va bu zarrachalarni zaryadlab, ularni kolloid eritma holiga o’tkaziladi.Zol holiga kelgan kir esa, suv bilan chiqib ketadi.
Yuqori molekulyar birikmalarning, masalan, agar - agar, jelatina eritmalari hamda bazi bir gidrofob kolloid eritma-lar - temir (III) gidroksid va boshqalar malum sharoitda fazalarga ajralmagan xolda iviqlanishi yoki jelatinlanishi mumkin, bunda hosil bo’lgan maxsulot iviq yoki gel deyiladi.
Bunday o’zaro bog’langan mitsellalar oralig’i dispers faza bilan to’lgan bo’ladi. SHunday qilib iviqlar va gellar ichki strukturalar hosil bo’lganligi sababli o’z oquvchanligini yuqotgan kolloid sistemalardir.
Masalan, kauchuk, elim, jelatina, xamir, marmeladlardir.
Ko’p gellar va iviqlar mexanik tasirlar, aralashtirish, silkitish natijasida suyuq holga, yani zol holiga o’tadi. Bular tinch holatda qoldirilsa, malum vaqtdan keyin gel yoki iviqqa aylanadi.
Gel yoki iviq, tiksotropiya va sinerezis. Gelning yoki iviqning zol va polimer eritmasiga, zol yoki eritmaning qaytadan gel yoki iviqqa aylanishi izotermik, yani temperatura o’zgarishi bilan boradigan protsess bo’lib, buni tiksotropiya grekcha tiksis - silkitish, tropos - o’zgarmoq so’zlaridan olingan deyiladi.
Tiksotropiyani sxematik ravishda quyidagicha ko’rsatish mumkin.
Gel ¬¾= zol; iviq ¬¾= eritma
Dispers faza zarrachalari asimmetrik yani tayoqchasimon va plastinkasimon sistemalarda tiksotropiya xodisasi ko’proq namoyon bo’ladi.
Neft va gaz konlarini burg’ilashda tiksotrop xossasiga ega bo’lgan loy eritmasi ishlatiladi.
Gel va iviqlarda vaqt o’tishi bilan protsess eskiradi, natijada sistema ikki fazaga - dispersion va dispers fazalarga ajraladi, shu xodisaga sinerezis deyiladi.
Sinerezis natijasida hosil bo’ladigan suyuq faza toza erituv-chi emas, balki o’tasuyultirilgan eritmadir. Ajralib chiqadigan dispers faza esa, ko’p miqdorda erituvchiga ega bo’lgan iviqdir.
Sinerezis amalda katta ahamiyatga ega. Bu xodisa, masalan, lak, buyoqlar, atsetat tolalar va sovun tayyorlashda kuzatiladi.