V. Psixologik xizmat xonasida yuritiladigan va saqlanadigan hujjatlar
Psixologik xizmat xonasida quyidagi ish hujjatlari boʻlishi va oʻrnatilgan tartibda yuritilishi lozim.
Psixologik xizmat koʻrsatish xonasidagi rasmiy, meʼyoriy va ish hujjatlari
Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik maʼrifat, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik korreksiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yoʻnaltirish) yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yoʻnalishlar doirasidagi ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.
Mazkur yoʻnalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat birinchidan, psixologning oʻzi uchun oʻquvchi shaxsining barcha jihatlari, uning oilaviy muhiti, atrofdagilarning taʼsiri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi oʻzgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida toʻplangan maʼlumotlar tizimining yaratilishiga, ushbu maʼlumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan xulosalarning toʻplanib borishiga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining bosqichma-bosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga erishilishini taʼminlaydi.
Rasmiy va meʼyoriy hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlimga, voyaga yetmaganlar huquqlarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi muassasalarida psixologik xizmat toʻgʻrisida Nizom.
3. Oʻzbekiston Respublikasida oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi.
4. Meʼyoriy hujjatlar toʻplami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar).
5. “Maktab va hayot” jurnalining toʻplamlari.
6. Hisobotlar. Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish daftari yuritiladi.
Tarqatma (didaktik) materiallar
1. Testlar
2. Soʻrov varaqalari
3. Javob varaqalari
4. Trening dasturlariga doir turli tarqatma materiallar
5. Korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarga doir tarqatma materiallar
6. Psixologik tashxis qilishga doir tarqatma materiallar
Xonaning oʻquv metodik taʼminoti
1. Psixologik-pedagogik tashxis metodikalari majmuasi
2. Kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi tashxis metodikalari majmuasi.
3. Korreksion mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar.
4. “Psixologik salomatlik maktabi” korreksion mashgʻulotlar toʻplami (2002, 2005, 2007 yillar)
5. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlik darajasini aniqlash boʻyicha metodikalar toʻplami.
6. Trening mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha metodikalar majmuasi.
7. Iqtidorli va isteʼdodli bolalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash boʻyicha test savollari, uslubiy qoʻlanmalar.
8. Tarbiyasi ogʻir bolalar bilan ishlash, individual suhbat boʻyicha metodikalar.
9. Iqtidorli va isteʼdodli, shuningdek, tarbiyasi ogʻir, pedagogik qarovsiz bolalar, ularning oilalari toʻgʻrisida maʼlumotlar banki.
10. CD disklari (testlar, koʻrgazmali materiallar, metodikalar).
Psixologik maʼrifatga doir hujjatlar
1. Pedagogika kengashi, seminar, metod birlashma, ota-onalar majlislari uchun tayyorlangan psixologik materiallar va maʼruzalar.
2. Pedagog xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish boʻyicha tadbirlar materiallari.
3. Oʻquvchilarning psixologik bilimlarini oshirish boʻyicha tadbirlar materiallari.
Psixologik-pedagogik tashxisga doir hujjatlar
1. Psixologik tashxis metodikalari:
iqtidorli bolalarni aniqlashga doir metodikalar;
pedagog xodimlar bilan ishlashga doir metodikalar;
6 yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini oʻrganishga doir metodikalar;
oʻzlashtirishi past, ruhiy ogʻish va kechikishlarni tashxis etishga doir metodikalar;
jamoada ijtimoiy muhitni oʻrganishga doir metodikalar;
oʻquvchilarni kasb-hunarga qiziqishi, qobiliyati, layoqatini tashxis qilish boʻyicha metodikalar.
2. 6 yoshli bolalarni hisobga olish jurnali.
3. Tarbiyasi qiyin bolalar va oʻsmirlarning psixologik xususiyatlarini oʻrganish natijalari.
5. Psixologik tashxisning qayta ishlangan natijalari, rasmiylashtirilgan xulosalar, berilgan tavsiyalar.
6. Guruhiy psixologik tashxisning qayta ishlangan natijalari, rasmiylashtirilgan psixologik xulosalar.
7. “Psixologik-pedagogik tashxis daftari”.
Psixologik profilaktikaga doir hujjatlar
1. Pedagoglar uchun maʼruza, suhbat va trening materiallari.
2. Darslarning psixologik tahlili va beriladigan tavsiyalar.
3. Psixologning maktabda psixologik muhitni oʻrganish va uni barqarorlashtirish xususida olib borgan tadbirlari materiallari.
4. Pedagogik konsiliumlar materiallari.
Psixologik korreksiya va rivojlantirishga doir hujjatlar.
1. Korreksion va rivojlantiruvchi metodikalar:
Fanlarni sust oʻzlashtirayotgan yoki oʻzlashtira olmayotgan bolalar bilan individual va guruhlashtirilgan korreksion mashgʻulotlar;
ziddiyatli va nizoli vaziyatlarni yumshatish boʻyicha korreksion mashgʻulotlar;
oʻquvchilarning psixik rivojlanishida sodir boʻladigan salbiy oʻzgarishlar, ruhiy ogʻish va kechikishlarning oldini oluvchi korreksion mashgʻulotlar ishlanmalari.
Psixologik maslahatga doir hujjatlar
1. Psixologik maslahat daftarlari:
oʻquvchilar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;
oʻqituvchilar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;
ota – onalar bilan olib boriladigan individual suhbatlar;
rahbar xodimlar uchun individual suhbatlar.
Kasb-hunarga yoʻnaltirishga doir hujjatlar
1. Tashxis xaritalari
2. Kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar
3. Kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi treninglar dasturlari
4. Kasb-hunarga yoʻnaltirish komissiyasining bayonnomalari
5. Tavsiyanomalar berilishini qayd qilish jurnali
6. Respublikada, viloyatda va hududda faoliyat koʻrsatayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari toʻgʻrisida axborotnomalar, oʻquv filmlari, video roliklar.
Toʻplangan barcha maʼlumotlar maxsus papkalarda psixologik xizmat xonasida saqlanadi. Oʻquvchilar, ota-onalar, muassasa rahbarlari, oʻqituvchilar shaxsi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar psixolog tomonidan sir saqlanishi va qulflanadigan shkaflarda jamlanishi shart.
Dostları ilə paylaş: |