Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687).
Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch ta’sir qilmaguncha u o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi (Inersiya qonuni).
Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi ko‘paytmasi) ning o‘zgarishi jismga ta’sir qiluvchi kuchga proporsional, yo‘nalishi esa ta’sir etadi.
Uchinchi qonun — ikki jismning o‘zaro ta’sir kuchi bir-biriga teng, yo‘nalishi esa qarama-qarshi bo‘ladi (Ta‘sir va aks ta‘sir qonuni).
Nyutonning mexanika qonunlari G.Galiley, X.Gyuygens hamda I.Nyutonning o‘zi o‘tkazgan ko‘plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug‘lik tezligiga yaqin moddalar uchun o‘rinli emas.